-kuchsiz qo'zg'atuvchining ta'siri ostida
sezgirlikning ortishi ham adaptatsiya deb
ataladi.
Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a'zolarining qo'z-g'alishi ta'siri ostida
o'zgarishi
sezgilarning o'zaro munosabati deb ataladi. Sezgilarning o'zaro
munosabati
xuddi adaptatsiya kabi ikkita bir-biriga qarama-qarshi jarayonda: sezuvchanlikning ortishi
va pasayishida namoyon bo'ladi. Bu o'rinda umumiy qonuniyat shundan iboratki,
analizatorning o'zaro munosabatlarida kuchsizlari analizator-larning sezuvchanligini
oshiradi, kuchlilari esa susaytiradi.
Analizatorlar o'zaro munosabati va mashq qilish natijasida
sezuvchanlikning ortishi
sensihilizatsiya deb ataladi. Sezgi a'zolari sezuvchanligining o'zgarish qonuniyatlarini
bilgan holda maxsus tanlangan qo'shimcha qo'zg'atuvchilarni qo'llanish yo'li bilan u yoki
bu retseptorni sensibiilashtirish, ya'ni uning sezuvchanligini oshirish mumkin.
Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin.
Sezgilarning o'zaro munosabati
sinesteziya deb atalmish
yana bir hodisada namoyon
bo'ladi. Sinesteziya bir analizatorning qo'zg'alishi ta'siri ostida boshqa analizatorga xos
sezgining hosil bo'lishidir. Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi.
Idrok va uning xmusiyatlarl Idrok sezgilarga nisbatan
murakkab va mazmundor
psixik jarayon bo'lib hisoblanganligi sababli, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar,
xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko'nikmalar bir
davrning o'zida namoyon bo'ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
Narsalar yoki hodisalarning sezgi a 'zolariga bevosita ta 'sir qilish jarayonida kishi
ongida aks etishi idrok deb ataladi.
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsalar
va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi.
Qo'zg'atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o'laroq, idrok
narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok
alohida sezgilar yig'indisi-dan
iborat tarzda emas, balki emotsional bilishning o'ziga xos
belgi-lari bilan sifat jihatidan yuqori bosqich sifatida tasawur qilinadi.
Sezgilardan farqli o'laroq, idrokda narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari
bilan birgalikda aks etadi. Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar:
- predmetlilik;
- yaxlitlilik;
- strukturalilik;
- barqarorlik;
- anglanilganlik.
Idrokning predmetliligi obyektivlashtirish hodisasi deb ataladigan hodisa bo'lib,
tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga mansubligmi ifoda etadi.
Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti
harakatni
boshqarishda
alohida
o'rin
tutadi.
Odatda,
biz
narsalarni