imkoniyati vujudga keladi, «T-T» shaklida.
Іar qanday mahsulot insonga zarur bo‘lganligi sababli ishlab chiqariladi.
Iste’mol kuchiga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli boshqa mahsulot bilan
almashtirilishi mumkin bo‘ladi.
Ushbulardan kelib chiqib, tovar – mehnat mahsuloti bo‘lib, o‘z ehtiyoji
uchun emas, sotish uchun ishlab chiqarilgan, insoniyatni biron bir ehtiyojini
qondiradigan mahsulotdir. U iste’mol qiymatiga va qiymatga ega bo‘ladi.
Boshlang‘ich davrda oddiy tovar ayriboshlash (T-T) amalda ishlatilgan.
Ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlanishi natijasida faqat ayriboshlash, ya’ni sotish
uchun ishlab chiqarish shakllanib, tovar ayriboshlash uchun umumiy bo‘lgan
ekvivalent – pul vujudga kelgan. Pulni vujudga kelishi natijasida oddiy tovar
ayriboshlash (T-T) tovar – pul muomalasiga (T- P -T) aylanadi va tovar – pul
muomalasi vujudga kelgan.
Tovar – pul muomalasi, bu ishlab chiqaruvchilar orasidagi va ishlab
chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatdir.
Taraqqiyot natijasida ayriboshlash doimiy ijtimoiy jarayonga aylangan (T –P
– T; P – T – P…).
Oddiy tovar ayriboshlashda (T-T) oldi – sotdi jarayoni ajralmas bo‘lgan,
keyinchalik pul vujudga kelishi bilan bu jarayon zamon va makonda ajraldi, ya’ni
bu jarayon T – P; P –T; P –T – P; T – P – T; P –P kabilarga bo‘linadi.
Tovar ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish – iste’mol jarayonidan takror
ishlab chiqarish jarayoniga aylanib, ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va
iste’mol fazalari vujudga kelgan.
Shunday qilib, ayriboshlash jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.
Takror ishlab chiqarish jarayoni esa quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: