Tovar ayriboshlashni rivojlanishining tarixiy
evolyutsiyasi natijasida
ayriboshlash jarayonida xo‘jalik aloqalari va ijtimoiy munosabatlarning murakkab
majmui
vujudga kelib, ularning elementlari harakat jarayonida o‘zlariga mansub
maxsus funksiyalar bajara boshlaydi.
Ayriboshlash - bu insonlar o‘rtasida ularning faoliyatlari bilan o‘zaro
almashuvi yoki mehnat mahsulini o‘zaro almashuvi jarayonidir.
Bu jarayon ishlab chiqarish va uning asosida
shakllangan taqsimot bir
tomondan va ikkinchi tomondan iste’mol o‘rtasida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma narsa ayriboshlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
hamma narsa sotiladi va sotib olinadi.
Ayriboshlash jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulot va unga sarflangan
harajatlar
ijtimoiy tan olinadi, ishlab chiqarishni takrorlashga moddiy sharoit
yaratiladi,
insoniyat ehtiyoji qondiriladi, shaxsni rivoj topishiga shart – sharoit
yaratiladi, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga ko‘maklashadi, ya’ni
imkon
yaratadi, takror ishlab chiqarish jarayonini doimiy,
dinamik jarayonda harakat
qilishini ta’minlaydi va h.k.o.
Ayriboshlash
boshlang‘ich
davrlarda
hududiy
bozorlar
doirasida
chegaralangan bo‘lsa, ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojlanishi va tovar – pul
muomalasini kengayishi natijasida ayriboshlash hududiy chegaradan chiqib jahon
bozorini vujudga keltirdi. Natijada ijtimoiy iqtisodiy
munosabatlar kengaymoqda,
yer yuzida ro‘y berayotgan taraqqiyot amalga oshmoqda va h.k.
Tovar – pul muomalasi va ayriboshlash negizida bozor vujudga kelgan.
И ш ч и
к у ч и
Dostları ilə paylaş: