Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
KIRISH 
 
Kursning maqsadi – talabalarga savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalari 
faoliyati bo‘yicha chuqur bilimlar berish, ularni ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uslublarini 
chuqur o‘rganishni ta’minlash, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida savdo 
korxonalari va tashkilotlarning faoliyatini rejalashtirish va prognozlashtirish tartibi bilan 
www.sies.uz
Page 4 of 356 


tanishtirish, hamda shu bilan birga bozor konyukturasi o‘zgarishini mustaqil baholay 
olishlik, tijorat muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish, iqtisodiy samaradorlikni 
hisobga olgan holda joriy va strategik qarorlarni qabul qilish, savdo va ommaviy 
ovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini 
aniqlash masalalari to‘g‘risida nazariy bilimga ega bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Kursni 
o‘qitish 
jarayonida 
o‘zbekiston 
Respublikasining 
mulkchilik
to‘g‘risidagi, korxonalar, tadbirkorlik faoliyati va savdoga ta’luqli qonunlar va bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish mexanizmini yaratish, savdo va ommaviy ovqatlanishni tashkil 
qilish sohasida tadbirkorlikni taraqqiy ettirish to‘g‘risidagi hukumat qarorlari va boshqa 
hujjatlardan foydalanish lozim. Kursda eng muhim o‘rinni bozor munosabatlariga o‘tish 
va raqobat muhitini yaratish sharoitida savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalari 
samaradorligini oshirish va rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha 
tashkiliy-iqtisodiy choralarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalar egallagan. Ushbu 
kurs iqtisodiyot nazariyasi; mikro-makroiqtisodiyot; marketing; menejment; logistika; 
buxgalteriya hisobi; iqtisodiy tahlil; audit; statistika; moliya, pul muomalasi va kredit
soliq va soliqqa tortish; sug‘urta hamda boshqa iqtisodiyotga oid fanlar bilan uzviy 
aloqadorlikda o‘rganiladi.
Talabalardan matematik dasturlash, rejalashtirishda iqtisodiy-matematik fanlarda 
o‘rgangan bilimlaridan keng foydalanish tavsiya qilinadi.  

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin