3 - bob. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy - iqtisodiy asoslari.
www.sies.uz
Page 44 of 356
45
3.1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati.
3.2. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy asoslari.
3.3. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari.
3.4. Tadbirkorlik faoliyati samaradorligi mezoni va ko‘rsatkichlari.
3.1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati.
Iqtisodiyot har xil faoliyatlar majmuasi bo‘lib, uning natijasida moddiy
boyliklar yaratilib iste’molchiga yetkaziladi.
Iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi vositalar «er – kapital - mehnat va
tadbirkorlik».
Tadbirkorlik nima? qanday sharoitlar uni vujudga keltirgan?
Ushbu sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
v har bir ayriboshlash qatnashuvchisini o‘z manfaatiga (birlamchi
iqtisodiy manfaatini) erishishga intilishi, ikkinchi tomon manfaatidan
qat’iy nazar;
v ayriboshlashda shaxsiy yoki jamoa tashabbusini olg‘a surish;
v foydali
almashuvga
erishish
uchun
shaxsiy
yoki
jamoa
tavakkalchiligiga tayyorligini harakatga solish;
v har bir qatnashuvchi foydali natijaga erishish uchun konkret chora
tadbirlarni ishlab chiqarish qobiliyatini ishga solishi;
v ehtimol yoki haqiqiy natijalarni tabaqalashtirish qobiliyatini
ishlatishi. Ushbu alomatlar (belgilar) hozirgi zamon biznesida ham
namoyon bo‘lmoqda.
Adabiyotlarda, oddiy hayotda har xil terminlar uchraydi. Bular biznesmen,
ishbilarmon, tadbirkor, biznes, tadbirkorlik kabilar. Biznesmen, ishbilarmon,
tadbirkor deganda, biz qandaydir faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxsni
tushunishimiz kerak.
Іar qanday biznesmen o‘z qobiliyati nuqtai nazardan tadbirkor
(ishbilarmon) bo‘la olmaydi.
www.sies.uz
Page 45 of 356
46
Tadbirkor va ishbilarmon terminlari (so‘z) sinonimdir. Biznes – bu
so‘zma – so‘z ish yoki faoliyatni bildiradi. Xo‘jalik yuritish nuqtai nazardan
«Biznes» - iqtisodiy faoliyat, ish olib borish tizimi yoki faoliyat yuritish tizimi
bo‘lib, unda tovar yoki xizmat ishlab chiqarishni tashkil qilish, ularni sotish,
ishlab chiqarish omillari egasi tomonidan amalga oshiriladi. (adabiyotlarda
boshqa ta’riflar juda ko‘p)
Tadbirkorlik – bu iqtisodiy fenomen, biznesni kategoriyasi. Biznes bilan
tadbirkorlik sinonim emas, lekin yaqin tushunchalardir. Biznes kengroq.
Tadbirkorlik – biznesni dinamik yoki aktiv (faol) elementi, xo‘jalik
yutirish shakli. Tadbirkorlik – fuqaroni yoki fuqarolarning mustaqil, tashabbusli
faoliyati bo‘lib, ushbu faoliyatni ular foyda olish maqsadida o‘zining
tavakkalchiligi va moddiy javobgarligi asosida amalga oshiradi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, tadbirkorlik – iqtisodiyotni inson omili, uning
intellektual faoliyati orqali fo‘qaro yoki fuqarolarni o‘z maqsadlariga erishish
uchun xo‘jalik yuritish yoki boshqa faoliyatdir.
Tadbirkorlikni mazmuni biz yuqorida keltirgan tushunchalardan kelib
chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunida
(1991 yil 15 fevral) «Tadbirkorlik – mulkchilik sub’ektining foyda olish
maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar
doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir» deb ta’rif berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik:
v tadbirkorning shaxsiy mol – mulki asosida;
v tadbirkorning boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar, shu jumladan
ajnabiy fuqarolar hamda yuridik shaxslarning mol – mulklarini turli
shakllarda jalb etish asosida;
v tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol – mulklaridan
foydalanishi asosida;
v yuqorida qayd etilgan shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga
oshiriladi.
www.sies.uz
Page 46 of 356
47
Tadbirkorlik – bu daromad olish maqsadida ishlab chiqarishni tashkil
qilish va tayyorlangan mahsulotni sotish va aholiga xizmat ko‘rsatish hamda
oldi – sotdi bilan shug‘ullanadigan kishilar faoliyati, ya’ni foyda olish
borasidagi harakat (faoliyat) tushuniladi. Uni «Xufyona» va «Madaniy» shakllari
mavjud.
«Xufyona»si davlatdan yashirin faoliyat olib boruvchi, chayqovchilik,
yulg‘unchilik, haridorlar xaqiga xiyonat va va h.k.o.
«Madaniy»si
–
umuminsoniy
fazilatlardan
tashqari
quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
- tashabbuskorlik va imkoniyatlarni izlash;
- tavakkalchilik;
- bozorni (konyukturasini) o‘rganish;
- o‘z kuchiga ishonish.
Savdoda tadbirkorlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularga quyidagilarni
kiritish mumkin.
Birinchidan, savdoni bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqib, boshqa
tarmoq va sohalardagi tadbirkorlardan farqli funksiyalar bajaradi.
Ikkinchidan, savdoning xo‘jalik mexanizmidan kelib chiqib, uning tarkibi,
boshqarilishi xo‘jalik aloqalari, moliyaviy resurslarni shakllanishi, daromad
manbalari va harajatlari shakllanishi kabilarda savdodagi tadbirkorlik
boshqalardan keskin farq qiladi.
Uchunchidan, mehnat jarayoni ham o‘z xususiyatlariga ega.
To‘rtinchidan, savdodagi tadbirkor bir tomonda ishlab chiqaruvchilar,
ta’minotchilar bilan, ikkinchi tomonda yuzlab va minglab haridorlar bilan
munosabatda bo‘ladi, shu sababli ularni kasbiy mahorati, psixologiyasi, o‘zgacha
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |