53
v mulk shaklidan qat’iy nazar, ishlab
chiqarish tarmoqlarida band
bo‘ladigan xodimlarning o‘rtacha yillik soni o‘n kishigacha, savdo,
xizmat ko‘rsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa
tarmoqlarida – besh kishigacha bo‘lgan mikrofirmalar;
v mulk shaklidan qat’iy nazar, sanoat sohasida band bo‘lgan
xodimlarning o‘rtacha yillik soni qirq kishigacha,
qurilish, qishloq
xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida – yigirma
kishigacha, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va noishlab
chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida – o‘n kishigacha bo‘lgan
kichik korxonalar.
Ishlovchilarning belgilab qo‘yilgan sonini hisobot davrida oshirishga qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shartlarda yo‘l qo‘yiladi.
O‘zining yoki boshqa shaxslarning jalb etilgan mol –
mulki asosida, o‘z
mehnati yoki yollangan mehnatni qo‘llanish vositasida, tavakkal qilib, va mulkiy
javobgarlikni zimmasiga olib, tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga,
foyda oshirayotgan yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadilar.
Yuridik
shaxsni
tuzmasdan
turib
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar ham kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari
hisoblanadilar.
Tadbirkorlikning
iqtisodiy
asoslarini
bozor
iqtisodiyotining
xususiyatlaridan izlash kerak.
Birinchidan, xususiy mulkni vujudga kelishi. Mulkdorni huquqlari:
1. O‘zlashtirish
2. Egalik qilish
3. Boshqarish
4.
Foydalanish
Xususiy mulkchilik iqtisodiy fikrlashda erkinlikni vujudga keltiradi,
tadbirkorlik ruhini rivojlantiradi, raqobatga olib keladi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti prinsiplari (qoidalari)ni hayotga tadbiq
etilishi. Ushbu qoidalar quyidagilardan iborat:
www.sies.uz
Page 53 of 356
54
1. Biznes, tadbirkorlik faoliyatini
iqtisodiy, xo‘jalik erkinligi.
2. Davlat tomonidan tartibga solish.
3. Iste’mol primati.
4. Bahoni bozorda shakllanishi
5. Muammolarni shartnoma (kontrakt) asosida bo‘lishi
6. Iqtisodiyotni ochiqligi.
7. Raqobat.
8. Moliya va pul muomalasi ta’siri ostida ishlash.
9. Bozorni umumiyligi.
Uchunchidan, ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni jamiyatdagi harakati (qiymat
qonuni, talab va taklif qonuni va boshqalar).
Bu qonunlarning talablari tadbirkorlikni rivojlanishiga iqtisodiy shart –
sharoitlar yaratadi.
To‘rtinchidan, tadbirkorlikni tartibga solish mexanizmi.
Tadbirkorlik davlat tomonidan quyidagi yo‘nalishlar orqali tartibga solinadi:
v soliq, moliya – kredit tizimi (soliq hajmi, kredit %),
v soliq imtiyozi;
v bahoni shakllantirish qoidasi;
v maqsadli dotatsiya;
v iqtisodiy sanksiyalar miqdori;
v davlat narsalari (imushestva) sotish predmetlari;
v davlat rezervlari;
v litsenziya;
v ijtimoiy, ekalogik normalar, normativlar;
v ilmiy – texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, respublikaviy va xududiy
dasturlar, (tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha);
v davlat ehtiyojlarini qondirish uchun shartnomalar tuzish.
3.3. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari.
www.sies.uz
Page 54 of 356
55
Tadbirkorlikni kafolatlari va davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash
yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va
boshqa qonun hujjatlarida
belgilab qo‘yilgan.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni kafolatlari va davlat tomonidan qo‘llab
quvvatlashni yo‘nalishlarini quyida keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: