ahamiyati.
Ilmiy ish, ilmiy fan, xayotdagi har xil xodisalarni o‘rganadi va ular bilim
tarmoqlari o‘rtasida qat’iy taqsimlangan bo‘lishi shart. Chunki fanlar o‘z sohasini,
chegaralangan sohani o‘rganadi. (bu to‘g‘risida batafsil keyinroq to‘xtalamiz).
Inson hayotining va faoliyatining birlamchi negizini moddiy borliqqa bog‘liqligi
tashkil qiladi.
Inson qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasin, qanday ish yuritmasin, doimo o‘z
maqsadiga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalarga duch keladi.
Ko‘z oldingizga keltiring, bir guruh odamlar, yangi o‘zlashtirilmagan yerga
ko‘chib keldi. Nimadan ish boshlaydi? Ularning asosiy maqsadi nima bo‘lishidan
qat’iy nazar, ularni eng avvalo yashash uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalarni
yaratish, topish, birlamchi masalaga aylanadi. Ular nimalar?
Insonlarning
asosiy,
zaruriy
ehtiyojlari
bo‘lgan
oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy yaratish uchun ular yerni o‘zlashtirish, o‘rmonlardan daraxtlarni
kesish, uy qurish, matolar ishlab chiqish, chorvachilik va hayvonot (mol, qo‘y, tovuq,
echki kabilar) bilan shug‘ullanish kabi ishlardan boshlaydi. Keyinchalik, ularga o‘zlarini
yuqoriroq, (ma’naviy, diniy, estetik) ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir me’yorda
zarur bo‘lgan mehnat harajatlarini sarf qilish zaruriyati tug‘iladi. Bularga, nimalar kiradi?
Maktab, shifoxona, machit (serkov). Bunday inshoatlarni qurish uchun mehnat va
moddiy vositalar sarflanadi.
Ularga o‘qituvchi, mullo, vrach, (hakim, tabib) kabilar kerak bo‘ladi. Ularni
ehtiyojlarini ta’minlash kerak bo‘ladimi? Albatta kerak! Bulardan tashqari insoniyatni
ehtiyoji keng, unga madaniy xordiq chiqarish inshoatlari kerak va hokazolar.
Shunday qilib insoniyatni maqsadi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo va
har yerda, har qachon, u moddiy vositalarsiz hayot kechira olmaydi. Lekin moddiy
boyliklar inson ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan bir xil ahamiyatga ega
bo‘lmaydi.
Inson nazarida bu moddiy boyliklar ikki xil kategoriyaga bo‘linadi. Ularning
Dostları ilə paylaş: