Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

SST = IT + YAF 
Sotilgan mahsulotlar miqdori (q
i
) va baho (r
i
) nuqtai nazaridan sotishdan 
olingan sof tushum 
SST = 

=

n
n
i
i
i
q
1
р
teng bo‘ladi. 
Bu yerda: i – mahsulotlar turi; 
n – mahsulot turlarining soni. 
Ushbu formuladan kelib chiqib i mahsulotning bahosi (r
i
) teng bo‘ladi: 


=
i
i
i
i
q
q
P
p
www.sies.uz
Page 172 of 356 


173
Bahoning asosiy elementini mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish 
tannarxi tashkil qiladi.
Mahsulot tannarxi deganda bevosita va bilvosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
moddiy, mehnat harajatlarining asosiy va nomoddiy aktivlar ammortizatsiyasi hamda 
ishlab chiqarish tusidagi boshqa harajatlar qiymatining puldagi ifodasiga tushuniladi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tarkibidagi harajatlar ularning 
iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: 

ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy harajatlar; 

ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash harajatlari; 

ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; 

asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar 
ammortizatsiyasi; 

ishlab chiqvarish tusidagi boshqa harajatlar. 
Ushbu harajatlar alohida elementlardan tashkil topadi. Ularni tarkibi yuqorida 
keltirilgan nizomda to‘la izohlangan.
Bahoning keyingi elementi korxonaning yalpi foydasi (YAF) bo‘lib 
hisoblanadi. Yalpi foyda yo‘naltirilishi nuqtai nazardan korxonaning davr harajatlari, 
moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar, favqulotda zararlarni qoplash, daromaddan 
to‘lanadigan soliq va boshqa soliqlar va to‘lovlar hamda sof foydani shakllantirish 
uchun ishlatiladi.
Ushbulardan kelib chiqib bahoning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish harajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan elementlari tarkibiga ishlab 
chiqarish korxonasining davr harajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar va 
favqulotda zararlarni kiritish mumkin.
Davr harajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lmagan harajatlar va sarflar tushuniladi.
Davr harajatlari quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 

sotish harajatlari; 
www.sies.uz
Page 173 of 356 


174

ma’muriy harajatlar; 

boshqa operatsiya harajatlari; 

hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan harajatlar. 
Bulardan tashqari baho elementiga moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar 
hamda favqulotda zararlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar – bu korxonaning moliyaviy faoliyatiga 
ta’luqli harajatlar, ya’ni: 

qarzlar va kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari; 

valyuta operatsiyalari bo‘yicha salbiy kurs tafovvutlari va zararlar; 

qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq harajatlar va boshqa 
elementalrdan tashkil topadi.

Favqulotda zararlar – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoilyatidan 
chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y 
berishi kutilmagan odatdan tashqari harajatalr moddalaridir.
7.7. Bahoni davlat tomonidan tartibga solinishi 
Insoniyat taraqqiyotida barcha ijtimoiy formatsiyalarda davlat iqtisodiyotni 
tartibga solishda katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Bozor iqtisodiyotining o‘ziga 
xos kamchiliklari, takomillashmagan tomonlari iqtisodiyotni davlat tomonidan har 
tomonlama tartibga solib turishni taqozo qiladi. Ular qatoriga quyidagi holatlarni 
keltirish mumkin.
Birinchidan, raqobatni takomillashmaganligi sababli monopoliyalarni vujudga 
kelish ehtimoli va ular o‘zlarini baholashtirish siyosati orqali jamiyat faravonligiga 
ziyon keltirishi mumkinligi.
Ikkinchidan, jamiyatga hayotiy zarur bo‘lgan, ko‘p tovarlarni mavjudligi, lekin 
bozor tomonidan ular yetarli darajada taklif qilinmagsligi. Bunday tovarlar asosan 
ta’lim sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va boshqa sohalarda ko‘plab mavjud.
www.sies.uz
Page 174 of 356 


175
Uchinchidan, atrof muhitni himoya qilish muammolari.
To‘rtinchidan, ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy barqarorsizlik, daromadlarni 
noteksiz taqsimlanishi.
Beshinchidan, aholini birlamchi zarur bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlash 
muammolari.
Oltinchidan, bolalar, yoshlar, nogironlar va nafaqaxo‘rlarni ijtimoiy himoya 
qilish zaruriyati kabi va boshqa muammolarni hal qilish zaruriyatlaridan davlat 
tomonidan iqtisodiy jarayon va hodisalarni, jumladan baholarni tartibga solishni 
ob’ektiv ehtiyoji vujudga keladi.
Davlat tomonidan bahoni tartibga solish deganda, davlatni jamiyat xo‘jalik 
faoliyatiga, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy ahvolni yaxshilash 
maqsadida, iqtisodiy-ijtimoiy siyosati orqali, huquqiy, ma’muriy, iqtisodiy richaklar, 
usullar bilan o‘z ta’sirini o‘tkazishini tushunish lozim.
Ushbu richaglar va usullarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
I. Baholarni chegaralash orqali 
1.1. Fiksirovat qilingan (belgilangan) baholar orqali; 
1.2. Baholarni o‘zgarish koeffitsiyenti chegarasini belgilash; 
1.3. Rentabellik darajasi chegarasini belgilash; 
1.4. Baholarni deklaratsiya qilish; 
1.5.Garantiyalangan harid baholar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga). 
II. har xil norma va normativlar belgilash. 
III. Tovarlar (xizmatlar)ni standartlash va sertifikatsiyalash. 
IV. Iqtisodiy richaglar (dastaklar yoki tayanchlar) – soliqlar, boj bojlari va to‘lovlari, 
bank foizlari, tariflar va h.k.
Baholarni chegaralash rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. Masalan: AЄSH, 
Avstraliya, Italiya – 10% atrofidagi baholar, Yaponiya, Gresiyada – 20 %. Ayrim 
iste’mol tovarlari qaytida maksimal chakana bahosi yozib qo‘yiladi. Undan 
yuqorisiga sotish man etiladi.
www.sies.uz
Page 175 of 356 


176
Ular asosan ayrim iste’mol tovarlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga, 
energoresurslarga, transport tashuvlariga va h.k. tarqatiladi.
Rossiyada, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlariga, qimmatbaho 
metallar baholari, yuk tashish, ularni yuklash – tushirish tariflari, pochta va elektron 
aloqa xizmatalri tarifi, aholiga va xizmat baholari – gaz, elektroenergiya, yoqilg‘i, 
kommunal xizmat, passajir transport, ayrim iste’mol tovarlariga va h.k. tegishlidir.
Davlat baholarni tartibga solishni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 
oshiradi: 
- byudjet, pul-kredit va soliq siyosatlari orqali pul muomalasini tartibga solish 
yo‘nalishi bo‘yicha; 
- iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish va takror ishlab chiqarish jarayonini 
mutanosibligini ta’minlash; 
- ijtimoiy, gumanitar, ekologik normalarni tasdiqlash; 
- antimonopol siyosatni yurgizish; 
- bevosita baholar, tariflarni normalashtirish, alohida tovarlar va xizmatlarga 
baholarni belgilash, kommunal xizmatlarga tariflar belgilash va ularni chegaralarini 
belgilash; 
- tovarlar va xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash; 
- tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va hokazolar.
Baholarni tartibga solishni quyidagi usullarini ishlatish mumkin: 
- huquqiy (qonunlar va qonuniy hujjatlarni qabul qilish); 
- moliyaviy-iqtisodiy (soliqlar, boj to‘lovlari, imtiyozlar, kreditlar foizi, 
dotatsiyalar, byudjet taqsimoti); 
- ijtimoiy (ijtimoiy himoya, ijtimoiy garantiyani ta’minlash, minimal ish haqi, 
minimal ehtiyoj savati kabilarni ta’minlash, stipendiya, pensiya, nafaqalar belgilash); 
- ma’muriy (ayrim tovarlar va xizmatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholarni belgilash 
yoki chegaralash – pastki va yuqori chegaralarni tasdiqlash). 
Ushbu usullar bevosita va bilvosita ta’sir qilish yo‘nalishlari orqali amalga 
www.sies.uz
Page 176 of 356 


177
oshiriladi.
Baho va inflyatsiya 
Baho, baholashtirish mexanizmi to‘g‘risida so‘z yuritilganda bahoga ta’sir 
qiluvchi muhim omil sifatida inflyatsiya to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish juda zarur bo‘lib 
hisoblanadi.
Inflyatsiya – lotincha infiatio so‘zidan kelib chiqib bo‘rtmoq, bo‘rttirilish yoki 
shishish ma’nosini bildiradi.
Iqtisodiyotda inflyatsiya pul birligini qadrsizlanishini, uning sotib olish 
qobiliyatini kamayishini, muomalaga pul massasini real taklifiga nisbatan ko‘p 
miqdorda ortib ketganligini anglatadi. Inflyatsiya baholarni ko‘tarilishiga, 
qimmatchilikga olib keladi.
Inflyatsiyani kelib chiqish tabiati muomaladagi tovarlar va pul (naqd va naqd 
bo‘lmagan) massasini o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib hisoblanadi. Pulning qiymati 
pasayadi, ekvivalent tovar ta’minoti ta’minlanmay qoladi.
Inflyatsiya darajasi baholarni oyda yoki yilda necha foizga ortishi miqdori bilan 
belgilanadi.
2005 yilda o‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 7,8 % tashkil qildi. Jahondagi 
iqtisodiyot amaliyotida inflyatsiyani yillik darajasi 2-3% bo‘lishligiga yo‘l qo‘yilishi 
mumkinligi va bezararligi isbotlangan. Agar har oyda baholarni ko‘tarilishi bir necha 
foizni tashkil qilsa iqtisodiy muhit buziladi.
Baholarni o‘sish miqdori oyida 50,0 % dan ortib ketsa giperinflyatsiya vujudga 
keladi.
Inflyatsiyani real namoyon bo‘lishi ostida tovarlarni sifatini yaxshilanishi bilan 
bog‘liq bo‘lmagan holda bahoni o‘sishi yotadi. Bahoni o‘zgarishi jamiyatda yoki 
region miqiyosida chakana baholarni o‘zgarishini o‘rtacha miqdori orqali hisoblanadi.
Inflyatsiya iqtisodiyotdagi negativ hodisa bo‘lib, agar juda yuqori bo‘lsa 
www.sies.uz
Page 177 of 356 


178
iqtisodiy falokatga olib keladi.
Tayanch iboralar: baho, baholashtirish, tannarx, ijtimoiy zaruriy mehnat, 
o‘lchov birligi, hisob-kitob, rag‘batlantirish, taqsimot, inflyatsiya, raqobat.
Takrorlash uchun savollar. 
1. Baho nima? 
2. Baholashtirish deganda nima tushuniladi? 
3. Baholashtirish bahodan nima bilan farq qiladi? 
4. Pul nima? 
5. Baho qanday funsiyalari bajaradi? 
6. Bahoni turlarni ayting va tushunchasini yoritib bering? 
7. Baholar qanday qilib davlat tomonidan tartibga solinadi? 
8. Bahoga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
9. Tovarning ulgurji kalkulyatsion bahosi qanday elementlardan iborat bo‘ladi? 
10. Tovarning chakana kalkulyatsion bahosi qanday aniqlanadi? 
11. Sotuvchi bahosi, sotib oluvchi bahosi va bozor bahosini bir-biri bilan 
bog‘liqligini ayting va ular qaysi omillar orqali tenglashtiriladi? 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin