Berilgan detal sinehiklab o'rganib chiqiladi. Detal, asosan, silindrlardan
tuzilganligi uchun uni bitta bosh ko'rinishda chizish mumkin. Detaining ichki
tuzilishi profil qirqim orqali ko'rsatiladi. Kichik silindrik
teshiklari chiqarilgan
kesimda, silindr ichidagi qovurg'ani ham chiqarilgan mahalliy kesimda tasvirlash
kerak bo'ladi. O'lchamlari detaining o'zidan o'lchab olinadi va shaklda qo'yib
ko'rsatiladi. Shakl taxt qilinadi.
Ishchi daftariga (kataklangan) eskiz chizishni yaxshi bilasizlar. Endi oq qog'ozga
eskiz chizishni o'rganamiz. Buning uchun avval o'zaro parallel, gorizontal,
vertikal, turli holatlardagi qiya hamda o'zaro perpendikulyar chiziqlarni qo'lda
chizish mashq qilinadi.
Bundan tashqari, turli to'g'ri burchakli to'rtburchak,
kvadrat, aylana va uning yoylarini chizish orqali qo'lni shakl chizishga o'rgatih
borish tavsiya etiladi.
Masalan,
podshipnik
deb
nomlanuvchi
detaining
asliga
(bu yerda uning yaqqol tasviri berilgan) qarab tahlil qilinsa, ikkita ko'rinishda
(bosh va chapdan) chizilishi mumkin. Shunda silindrning ostki asosini plita
bilan mustahkam bog'lovchi qovurg'alarni kesim orqali,
silindrni esa profil
qirqim orqali ko'rsatish qulay hisoblanadi.
1. Eskiz chizish shartiga muvofiq ko'rinish o'rnilari to'g'ri to'rtburchaklarda
belgilab olinadi hamda detal asosi va silindrik qismi, qovurg'alar chizib chiqiladi.
2. Detal konturi aniqlab olinadi va profil qirqim hamda kesim bajariladi .
3. Shakllar o'lchamlari aslidan o'lchab olinadi. Bu yerda detaining asli
bo'lmaganligi uchun o'lcham chiziqlariga uning son qiymatlari qo'yilmadi .
Yoki ushbu detal eskizini uchta ko'rinishda chizib, qovurg'alarning o'zaro
joylashishini ustdan ko'rinishida A—A qirqim orqali tasvirlash mumkin. Shunda
detaining asosi—plitaning shakli ham to'liq ko'ringan bo'ladi.