A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix03.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti

2.2.Eskiz va uni chizish 
Bu mavzu bo'yicha metodik tavsiyalar odatda, eskizlar chizish tartibini 
bayon etish yoki tasvirlash, detallarni o'lchash usullarini ko'rsatish, ularni 
tanlashga oid maslahatlarni berishdan iborat bo'ladi. Bu malumotlarning hammasi 
o'qituvchilarga ma'lum va bu ishning 8-sinfda boshlanishi o'qitish tajribasida qabul 
qilingan eskizlarni chizish usullariga tubdan o'zgartirishlar kiritishni talab qilmaydi. 
Dastlab, bolalar endigina o'zlari uchun yangi bo'lgan grafik ishlarnirig turi bilan 
tanishib kelayotganda o'quvchilaming mustaqil ishlarga bo'lgan talablari biroz 
soddalashtirilishi lozim. Masalan, asosiy ko'rinishni tanlash, predmetning shakliga 
qa*ab ko'rinishlarining sonini va eskizlarini bajarish tartibini aniqlash haqida 
o'quvchilarga tayyor holda, qisqacha tushuntirishlar berish lozim. 
Metodik adabiyotlarda eskizlar chizish tartibi to'g'risida tavsiyalar berilgan. 
O'quvchilarga predmetning zarur bo'lgan barcha ko'rinishlarini chizmaga 
joylashtirishni to'la o'rgatish maqsadida uning simmetrik o'qlarini va gabaritlarini 
qo'yishga o'rgatishning zarurligi ko'pchilik metodistlar tomonidan e'tirof etilgan. 
O'quv-chilarda predmetga jismlarning «yig'indisi» yoki «ayirmasi» sifatida qarash, 
predmet qismlarini hamrna ko'rinishlarda birin-ketin orttirish yo'fi bilan bajarish, 
ya'ni «qismdan butunga», «butundan qismga degan tamoyillarga asoslanib
predmet ko'rinishlarini yasash usullarini shakllantirish kerak. Eskizlar chizishda 


naturani kuzatish juda katta ahamiyatga ega, bu jarayonning mohiyatini yuqorida 
bayon etgan edik. 
Eskiz chizishdan oldin: 
— detalning umumiy shakli haqida tasawur hosil qilish uchun uni tezgina ko'zdan 
kechirish; 
— detal qismlarini diqqat bilan o'rganib chiqish, chiziqlar, chuqurchalar, tcshiklar 
va hokazolarning shakli hamda ularning fazoviy munosabatlarini aniqlash; 
— predmetni eskiz chiziladigan qilib qo'yilgan vaziyatida yana bir qayta ko'zdan 
kechirish kerak. Eskiz chizish jarayonida: 
— predmetning biror qismining shakllarini aniqlab olish uchun vaqti vaqti bilan 
uni ko'zdan kechirib turish zarur. Eskiz chizib bo'lingandan keyin: 
— chizilgan tasvirlarning to'laligini va to'g'riligini tekshirish uchun predmet 
shaklini diqqat bilan ko'zdan kechirish; 
— eskizga o'lchamlar qo'yish lozim. 
Tasvirlarga o'lchamlar qo'yishda o'lchov asboblaridan oqilona foydalanish, o'lchov 
olish shtangensirkulidan o'lchash ishlarida foydalanish usullariga e'tibor bermoq 
lozim. 
Darslikda eskizlar chizishga oid ko'rsatmalar va namunaviy misollar 
ko'rsatilgan. Shuni alohida ko'rsatib o'tish lozimki, bu mavzuni o'rganishda 
darslikda berilgan rasmni ko'r-ko'rona ko'chirish yaramaydi. Darslikdagi rasmdan 
faqat eskiz chizish bosqichlarini tushuntirishda foydalanish, ammo chizish uchun 
esa shu rasmdagi topshiriqqa yaqin bo'lgan modelning aslidan foydalanish kerak.
Chizmachilik 
asboblari 
ishlatilmasdan 
va 
masshtabga 
rioya 
qilmasdan 
buyumning 
nisbatlarini 
saqlagan 
holda 
ko'zda 
chamalab, 
bajarilgan chizma eskiz hisoblanadi. 
Eskizlar detallarning ish chizmalarini tuzish uchun material bo'lib 
xizmat qiladi. Eskizlar, shuningdek, buyumlar va detallami loyihalashda
ularni ta’mirlashda qo'llaniladi hamda detaining o‘ziga qarab tuziladi. 
Ishlab chiqarishda, ba’zi hollarda, detallar bevosita eskiz bo'yicha ham 
tayyorlanadi. Shunga ko'ra, eskizda detaining ish chizmasida beriladigan 
barcha ma’lumotlar berilishi shart. Eskizda tasvimingkattaligi detaining 
o'lchamiga, 
murakkabligiga 
va 
chizma 
qog‘ozining 
bichimiga 
qarab 
chiziladi, hamma kerakli o'lchamlari, belgilari, texnik talablari va boshqaqa 
ma’lumotlarni yozishga imkon berishi lozim. 


1-shakl 
Eskizlami quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi: 
- eskiz chizish uchun detalga moslashtirib shakl bichimi tanlanadi 
va bichim hOChiyasi, asosiy yozuv o'mi belgilab chiqiladi; 
detaining tashqi va ichki qiyofasi yaxshilab o‘rganiladi va ko'rinishlar 
soni 
aniqlanadi. 
Bosh 
ko`rinishning 
o'rni 
unga 
nisbatan 
boshqa 
ko‘rinishlarning joylari belgilah chiqiladi. Bu yerda detalga beriladigan 
o'lchamlarga joy qoldirilishi hisobga olinadi; 
- detaining tashqi qiyofasi barcha ko'rinishlarda ingichka chiziqlar 
bilan chizib chiqiladi; 
- detaining ichki qiyofasi ham qirqimni hisobga olgan holda barcha 
ko'rinishlarda chizib chiqiladi; 
- zarur bo‘lgan qirqim (kesim) lar bajariladi; 
- talab qilinadigan barcha o'lchamlari qo‘yib chiqiladi; 

ortiqcha 
chiziqlar 
o'chirilib, 
shakl 
chiziqlari 
ustidan 
yurgizib 
chiqiladi va shakl taxt qilinadi; 
- asosiy yozuv yoziladi va shakl yana bir marta tekshirib chiqiladi 
(1-shakl). 



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin