O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

 


119 
FSMU - texnologiyasi 
Oilaviy munosabatlar 
F – fikringizni 
bayon eting 
 
S – fikringiz 
bayoniga biror 
sabab keltiring 
M – ko’rsatilgan 
sababingizga 
biror nisol 
keltiring 
U – fikringizni 
umumlashtirng 
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o‘tkazishda 
yoki o‘quv–seminari yakunida (tinglovchilarning o‘quv seminari haqida fikrlarini bilish 
maqsadida), yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, 
chunki bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini 
boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchi-talabalarni 
o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga 
hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. 


120 
15- mavzu.IJTIMOIY PSIXOLOGIYANI O'QITISHNING METODIK USULLARI 
REJA: 
1. Ijtimoi psixologiya fanini o’rganish. 
2. Itimoiy psixologiya fanlarini o’tishda interfaol usullardan foydalanish.
Ijtimoiy psixologiyani o'qitish metodikasida bu fanning nisbatan yoshligini hisobga olish 
maqsadga muvofiqdir. Bu fan haqida birinchi bor XX asrning boshlarida fikr yuritila 
boshlangan. 
Sotsiologiyadagi psixologik maktab vakillari tomonidan birinchi bor ijtimoiy—psixologik 
nazariyasini yaratishga bir necha bor urinishlar bo'ldi (G.Tard, G.Lebon, U.Makdugall, 
E.Dyurkgeym) va 1908-yilda bu g'oya ishlab chiqildi. U Makdugallaming (ingliz psixologi, 
keyinchalik AQSH da faoliyat ko'rsatgan) «Ijtimoiy psixologiyaga kirish» kitobi ijtimoiy 
psixologiya bo'limi bo'yicha birinchi kitob bo'ldi. Shuning uchun bu kunni (1908) ko'pincha 
ijtimoiy psixologiyaning tarixini boshlanishi deb hisoblaydilar. Ijtimoiy hodisalarni 
tushuntirishga imkon beruvchi qandaydir umumiy qonunlarni topishga uringan olimlar (misol 
uchun, odamlar birligi va hamfikrligi manbalarni) olomonni o'rganadilar, ta'sirlanish, fikrlarni 
o'xshashligi va taqlid qilish, «jamoa tomonlarini», «ruhiy birlik qonunlarini» va boshqalarini 
o'rganadilar, lekin shu bilan birga ijtimoiy qonunlarni psixologiya qonunlari bilan almashtirib 
yuborilgani yoki unga bo'ysindirilgan, shaxs insonlar jamoasida yo'q bo'lib ketgan, mustaqil 
harakat qilish va qarorga kelish qobiliyatini yo'qotgan. 
Asta-sekinlik bilan shaxsni o'rganish zarurligi tushunib borildi, lekin yakka o'zini emas, 
guruhdagi boshqa odamlar bilan birga, odamlarning guruhdagi o'zaro munosabatlari jarayonida 
shaxsning xislatlarini odamning ijtimoiy gumhlar bilan munosabatlari natijasida kelib chiquvchi 
sifatida qarash kerakligi tushunildi. O'sha vaqtning o'zida shaxsni ijtimoiy muhitdan tashqarida 
o'rganish mumkin emas deb tanilgan edi. Ammo ijtimoiy muhit tushunchasining o'zi shunchalik 
tor bo'lganki, odamlarning o'zaro munosabatlari kichik guruh doirasidan chetga chiqmas edi, 
ya'ni bevosita «yuzma-yuz» aloqalar olib borilgan guruhlardagi o'zaro inunosabatlardangina 
iborat bo'ldi. 
Jamiyatning o'zi esa ana shunday tasavvurlar qatorida psixologik aloqalar to'plami sifatida 
tushuntirilgan. Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar umuman psixologiyalashtirildi, bu 
shaxsning va ijtimoiy muhitning haqiqiy munosabatlarini tushunishga, shaxsni ijtimoiy 
munosabatlar mahsuloti sifatida keng ma'noda har tomonlama o'rganishga imkon bermas edi. 


121 
G'arbda (AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya) 20- yillarda ijtimoiy psixologiya, 
psixologiya fanida yetakchi yo'nalish bo'lib qoladi, boshlang'ich guruhlarning o'z a'zolariga, 
ulaming faoliyatiga, odamlarning ishlab chiqarish samaradorligiga, mehnat intizomiga ijobiy va 
salbiy ta'sirni o'rganish, va umuman zamonaviy ishlab chiqarishda psixologik omillarni rolini 
o'rganish xususan norasmiy munosabatlar va boshqalar amaliy ahamiyatga ega edi. Ijtimoiy — 
psixologik hodisalarni o'rganish ayniqsa (guruhli rivojlanish jarayoni) ikkinchi jahon urushi 
davrida faollashdi (bo'limlarning birlashganligi va harbiy jangovor qobiliyat) jangning jiddiy 
ekstremantal vaziyatlari ta'sir ko'rsatish sharoitlarida guruh ichidagi aloqalarning mustahkamligi 
va boshqalar. Guruhlar psixologiyasini o'rganish faqatgina ilmiy doirada bo'lib qolmay balki 
ishlab chiqarishda boshqaruvda xodimlarni tayyorlashda, mehnatni ilmiy tashkil etishda, ishchi 
guruhlarini, ilmiy guruhlarni boshqaruv organlarini tuzishda keng qoilanila boshlandi. Bizning 
mamlakatimizda ijtimoiy psixolo- giyaning rivojlanishi taxminan o'tgan asrning 20-yillarning 
boshlarida refleksologiya ijtimoiy hayotni reflekslar to'plami sifatida ko'rsatishga harakat qilgan 
vaqtdan boshlandi. Undan key-in esa psixotexnika deyarli taqiqlab qo'yildi, bu demak, har 
qanday amaliy psixologik tadqiqotlar, shu jumladan, ijtimoiy — psixologik tadqiqotlar ham 
taqiqlandi. Shunday qilib ijtimoiy — psixologiya psixologiya fanining mustaqil amaliy sohasi 
bo'lib unga ko'p bo'lmagan vaqtlar oralig'ida rivojlanib kelmoqda. Bu fan haqida hozirgi 
kungacha ilmiy tortishuvlar tugamagan, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida umumiy qabul 
qilingan tushunchasi ham hozircha yo'q, ammo mutaxassislar tomonidan an'analar so'zsiz uning 
konsepsiyalariga kiradigan muammolar doirasi belgilab olingan. 
Shuning uchun talaba adabiyotni mustaqil o'rganishda bir savolga turlicha, ba'zan bir-biriga 
qarama-qarshi nuqtayi nazarlaiga duch kelishi mumkin, chunki fan rivojlanish holatida, ammo 
ijtimoiy psixologiyani o'rganishni boshlayotganlar uchun bu holat qiynchiliklar tug'dirishi 
mumkin, ularni o'qitish metodikasida hisobga olish kerak. 
O'qituvchi talabaga nima maslahat berishi mumkin? 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin