Xulq-atvor iqtisodiyoti omilining moliyaviy qarorlar qabul



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix05.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#127808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tadqiqot metodologiyasi.
Moliyaviy qaror-
lar qabul qilish jarayoni va xulq-atvor iqtisodiyoti 
boʿyicha mavjud boʿlgan ilmiy tadqiqotlarni oʿrga-
nish, statistik ma’lumotlarni oʿrganish va iqtisodiy 
jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy fikr-
lash, ilmiy abstraksiyalash, ma’lumotni guruhlash, 
analiz va sintez, induksiya va deduksiya kabi usul-
lardan keng foydalanilgan. 
Tahlili va natijalar.
R.Thaler aqlli hisob-ki-
tob nazariyasini ishlab chiqib, unda moliyaviy qa-
rorlarni insonlar 2 xil model asosida amalga oshi-
rishlari aytiladi. Bunga koʻra, rejalashtirish va baja-
rish jarayoni. Misol uchun odam biror joyga a’zolik 
bileti sotib olishi mumkin, bu rejalashtirish, lekin bu 
rejani bajarmasligi ham mumkin, a’zolik biletidan 
toʻliq foydalanmasligini albatta oʻziga zararligini 
bilsa ham, dangasalik qilishi yoki dam olishni afzal 
МОLIYA VA SOLIQLAR 


 Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son
 
 204
koʻrishi mumkin. Ya’ni, odamlarning tanlovi koʻpin-
cha haqiqatdan koʻra koʻproq hissiyotlarga asosla-
nadi va koʻpchilik bir xil sharoitda butunlay qara-
ma-qarshi qarorlar qabul qilishadi. Shunday qilib
o῾z ilmiy izlanishlari orqali Richard H. Thaler mo-
liyaviy qarorlar qabul qilishda his tuygʻuning va 
hissiyotlarni toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliqligini isbotlab 
berdi [7].
Bundan tashqari Richard Thaler oʻz asaridagi 
istiqbol nazariyasida, an’anaviy nazariyadigi inson-
ning xulq atvori bir vaqtning oʻzida ham me’yoriy, 
ham tavsiflovchi boʻlishi mumkin degan gʻoyadan 
uzoqlashishga intilgan. Bu nazariyaning asosida yot-
gan gʻoya Daniel Ber tomonidan 1738- yilda ilgari 
surilgan. Bernoulli deyarli hamma narsani, shu jum-
ladan fizika va matematikani oʻrgangan va uning 
ishi Sankt-Peterburg paradoksi deb nomlanuvchi 
jumboqni hal qilishga qaratilgan. Bu topishmoqni 
uning amakivachchasi Nikolay ixtiro qilgan. Aytay-
lik, sizga tanga tushguncha uloqtiradigan oʻyin 
oʻynashni taklif qilishdi. Bunda oʻyin qoidasiga koʻra 
“Burgut” tasviri yuqoriga boʻlsa gʻolibsiz. Agar tanga 
birinchi marta aylantirilgandan keyin shunday tush-
sa, siz 2 dollar olasiz, ikkinchi marta aylantirgandan 
keyin esa 4 dollar olasiz va hokazo, ya’ni har bir 
gʻalaba qozonganda gʻalabaning hajmi ikki baravar 
koʻpayadi. Sizning kutilgan daromadingiz bu V x $ 
2 +% x $ 4 + / 8 x $ 8 ga teng. Yakuniy miqdor 
noma’lum, shunday qilib nima uchun odamlar katta 
miqdorda pul sarflashga tayyor emaslar? Bernoulli 
shunday javob beradi: faraz qilaylik, boylik koʻpay-
gan sari, inson uchun keyingi oʻsish qiymati kama-
yadi, shuning uchun u tavakkal qilmaydi). Bu orqali 
Bernoulli xavf-xatardan qochish gʻoyasini ilgari 
surdi. U insonning baxtliligi yoki foydalilik inson 
boyigan sari koʻpayadi, lekin ayni paytda oʻsish 
dinamikasi pasayib boradi. Bu kamayuvchi hissiyot 
tamoyili deyiladi. Boylik oshgani sayin, bitta miqdor 
boylikning ortishi, aytaylik 100 000 dollar kamayib 
boradi. Dehqon uchun bu kutilmagan 100 000 dol-
lar miqdoridagi boylik uning hayotini oʻzgartiruvchi 
omil boʻladi, Bill Geytsga oʻxshagan badavlatlar 
uchun esa mavjud boylikning bunday oʻsishi e’ti-
bordan chetda qoladi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin