maktab o'qituvchisi qator va;zifalarni bajaradi. O’qituvchi - sinfdagi o'quv jarayoni
tashkilotchisidir. Jamiyatning o'qituvchi oldiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg’onish
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning
mohiyatini bilish;
- bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z Vatani tabiatiga va
oilasiga bo'lgan muhabbati;
- keng bilimga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;
- yosh va pedagogik-psixologiya, pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab
gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;
- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustaqil bilimga ega bo'lib, o'z kasbi sohasi bo'yicha
jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;
- ta'lim-tarbiya metodikasini egallashi;
- o'z ishiga ijodiy yondashishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega
bo'lishi;
- o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiyo ravishda oshirib borshi kabi talablarga to'la
javob bera olishga intalishi lozim va shart.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogak mahoratga ega bo'lishi zarur.
Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijalarga erishadi. Ijodkorlik uning
hamisha hamkori bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli
kishigina pedagogik mahorat
egasi bo'lshi mumkin. Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. Pedagog
o'quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik
muaimolarni echadi, o'quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasida ijodkorlik tub
mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan bog’liq.
O’quvchilar bilan darsda olib boriladigan ishda tarbiyaviy masalaga erishmoq uchun
o'qituvchi ular bilan hamkorlik qila olishi, bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarurki, bu
jarayon ular faoliyatining turli sohalarida - bilimda, amalda, ma'naviy faoliyatda, sportda, o'yinda
amalga oshiriladi. O’qituvchi qanday qilib o'quvchilarni o'zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta
olishi xususida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
1. Hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo'lgan ishlar
o'quvchilar uchun dolzarb bo'lishi, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga
va qiziqishlariga mos
bo'lishi lozim.
2. O'quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o'qituvchi ularga psixologik va pedagogik
jihatdan to'g’ri vazifa qo’yishi, yaxshi yo'l-yo'riq ko'rsatishi lozim.
3. O’quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o'qituvchi bir vaqtning
o'zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy ishlaydigan o'qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o'qitish va tarbiyalash,
ilg’or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdai, tadqiqotchilik
ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur. Hozirgi zamon o'qituvchiga
fan va texnika
taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, o'zining tabiiy faoliyatida yangi pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.
Pedagogik texnologiya nima? Uning ilmiy asosida qanday nazariyalar yotadi?
Amaliyotga tatbiq etish shartlari nimalardan iborat? (Dastlab texnologiya» tushunchasiga aniqlik
kiritaylik. Bu so'z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san'at, «logos»-fan,
so'zlaridan olingan bo'lib, «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya -o'qituvchi
tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb
ta'riflasak xato bo'lmaydi. 60-70 yillarda bu tushuncha chet el pedagogik nashrlarida (AQSh,
Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi va
uning ilmiy tadqiqot natijalariga, ko'ra ikki yo'nalishi ko'rsatildi:
1. O'quv jarayonida texnika vositalarini qo'llash sifatida belgilash. (M.Klark, Xokridon -
Buyuk Britaniya, D.Fini - AQSh, S.G.Shopovanenko -Rossiya).
2. «O'quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qarash. (T.Samakato
-Yaponiya, K.
Brusming - Shvetsiya, T. A. Ilina - Rossiya).
80-yillarda B.P.Bespalko tomonidan «Pedagogik texnologiya»ning ilmiy maktabi
yaratildi. Pedagogik tsxnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum bir pedagogik
tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o'zaro bog’liq bo'lgan vositalar, usullar va jarayonlar
yig’indisi bo'lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta'sir etishni amalga
oshiradi.
Ta'lim berish texnologiyasi - ta'lim berishning umumiy nazariyasi balan uning amaliy
tadbiqi orasidagi bog’lovchi bo'g’indir.
O’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalarni o'ziniig amaliy faoliyatida keng miqyosda
foydalanishi lozim. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining ijodkor bo'lishini,
fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikrlar yurita olishi, fan yutuqlarini o'kuvchilarga
etkaza olishi va nihoyat o'quvchilarni mustaqil hamda ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o'rgata
olishini talab qiladi. Shuning uchun o'qituvchi o'z ustida
doimo ishlashi, mustaqil bilim egallashi,
kasb mahoratini takomillashtirishi, malakasini oshirishi pedagogik faoliyatining samaradorligini
oshirishda zaruriy shartlardandir,
Tarbiya – ijtimoiy hodisa bo’lib, u kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan beri mavjud.
Inson yr yuzidagi eng mukammal zot bo’lishi uchun, eng avvalo, tarbiyalanishi zarur. Buyuk
mutafakkirlar, pedagog olimlar barkamol insonni kamolga ytkazish uchun tarbiya va tarbiyachi
naqadar zarurligini uning mohiyati va mazmunini asoslab berishgan.
Yuqoridagi fikrlar asosida shuni aytish joizki, Sharq va G’arb mutafakkirlari «har bir
inson ilm olib, uning mazmun va mohiyatidan voqif bo’lishi kerak, ilm olib aqliy kamol topish
kishining yoshligidan to umrining oxirigacha davom etmog’i lozim» hoyasini ilgari surishadi.
Ular barcha guruhdagi ma'naviy qadriyatlarning mohiyatida eng oliy tuyg’u – insonparvarlik
yotadi, degan fikrga kelishadi. Allomalarning ta'kidlashicha, insonparvarlik – insonning sharafi,
vijdoni va imonining mahsuli hisoblanadi.
Insonparvarlik mazmunan boy va xulq-odob qoidalarini o’zida mujassamlashtiradi. Ya'ni
insonparvarlik qadriyati negizida mehr-shafqat,
muruvvat va oqibat, saxiylik, sahovat, diyonat,
qanoat, himmat, adolat kabi axloqiy-ma'naviy xususiyatlar o’z ifodsini topgan.
Adabiyotlar:
1. Hoshimov K., Nishonova S. «Pedagogika tarixi»-T, «O'qituvchi», 1996.
2. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-
O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
3. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
4. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
Dostları ilə paylaş: