O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


-MODUI. O’QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATI. 3-MAVZU. O ’QITUVCHI



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/95
tarix10.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#128009
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

 
2-MODUI. O’QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATI. 3-MAVZU. O ’QITUVCHI 
KASBIY FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATNING AHAMIYATI. 
Reja: 
1.Qobiliyat va bilim.
2.Qobiliyatga yaqin turadigan tushunchalar. 
3. Pedagogikada o’qituvchi qobiliyati va uning ijodkorligi.
4.Kasbiy faoliyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o’qituvchining ijodkorligida 
namoyon bo’lishi.
5.Iqtidor, iste’dod, daholik, taiant, o’qituvchi intellektining asosiy sifatlari va xususiyatlari. 
Tayanch tushunchalar: 
Perseptiv qobiliyat, didaktik, konstruktiv, kommunikativ, iste'dod
Pedagogik qobiliyat tarixidan. Pedgogik qobiliyat adabayotda birinchi bo'lib XIX asr 
o'rtalarida paydo bo'ldi. Pedagogika nazariyasida o'qituvchilar tayyorlash va perqeptiv 
qobiliyatga A. Disterverg diqqat e'tibor berdi. Shunday qilib, Disterverg pedagogik qobiliyatning 


kuchiga, pedagogik taktga va qat'iy erkinlikka ahamiyat berdi. So'ngra XIX asrning ikkinchi 
yarmida P. G. Redkin «axloqiy qobiliyat» tushunchasini ilgari surdi.
Disgerverg, Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy «Odamni 
tarbiyalashning eng asosiy yo'li ishontirishdir, odamning e'tiqodiga esa faqat ishontirish bilan 
ta'sir qilish mumkin»,-deydi.
L. N. Tolstoy: «Tarbiyalash muvaffaqiyatli bo'lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira 
to'xtamay o'zlarini tarbiyalay bilishlari kerak»-degandi. 
L. S. Makarenko aytishicha, tasodifiy rav*ishda o'qituvchi bo'lib qolgan, lekin u bu ishga 
qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko'p o'qigai Gorkiyni o'zning usgozi deb, uni asrlarini o'rganishga 
kirishgan. Makarenko o'z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u 
o'ziga nisbatan talabchan bo'lsa, u yaxshi pedagog bo'lishi mumkin, deydi. 
Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo'lib, bir tekisda bo'lmay, biri yuqori, biri o'rta va 
biri quyi darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab 
o'qituvchisining faoliyati inson shaxsini tiklantirishga qaratilgan. Muvaffaqiyatli ishlash uchun 
har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedgogik mahorat egasi oz mehnat 
sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi, 
qobiliyatni rivojlaitirsh uchun esa layoqat, zehn, iste'dod, ya'ni inson nerv tizimida anatomo-
fiziologik xususiyat bo'lishi ham zarur. O’qituvchining ba'zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos 
sifatlarining shunday komplekskni tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. 
Bu qobiliyatlarni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo'yish mumkin emas. Ta'lim-tarbiya 
ishlariniig muvaffaqiyatli bo'lishini pedagog shaxsiga xos bo'lgan bir qancha sifatlar, shu 
jumladan, uning irodasi, hissiyotlari, xarakteriga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlarini ham 
ta'minlab beradi. K.D.Ushinskiy «Faqat shaxsgina shaxsning rivojlanishiga va tarkib topishiga 
ta'sir qilishi mumkin, faqat xarakter ta'siri bilan xarakterni vujudga keltirish mumkin»,-deb 
yozgan edi. 
Qobashyat-shaxaning muayyan faoliyat yuzasidai layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli 
bajarishdagi sub'ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir. 
Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha o'zgarmas irsiyat, nasldan-naslga o'tuvchi 
alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab ingliz filosofi J. Lokk va franquz 
materialistlari tomonidan tanqid qilingan. Qobiliyatni rivojlantirishi mumkin bo'lgan anatomik 
fiziologik xususiyatlar tug’ma bo'ladi. 
Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish 
kobiliyatidir (bigalikda dardlashmoq). 
Perqeptiv qobiliyat - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birinchi bo'lib, bu idrok 
ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. Bu qobiliyat 
o’qituvchining o’quvchilar ko’z qarashlari va yuz ifodalariga qarab ularning ichki dunyosini 
ko’ra olishida namoyon bo’ladi. 
Didaktik qobiliyat - o’quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta'lim 
qonuniyatini hamda metodlarini o'rgangan holda, ta'lim bars olish va ibratli dars berish 
qobiliyatidir. 
Konstruktiv qobiliyat - o'qituvchining o'z ishini rejalashtira olishidir.
Kommunikativ qobiliyat - boshqa odamlar bi:lan bo'ladigan muloqotni 
yaxishlaydigan va birgalikdagi faoliyatni psixologik ta'minlaydigan qobiliyatdir. O’quvchi 
bilai o'zaro muloqotda bo'lish.
Bilish qobiliyati - bilimni egallash va uni o'zlashtirishni 
ta'minlaydi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin