Bu, avvalo, aql-idroknnng muayyon xislatari: hozirjavoblik, tanqid ko'zi bilan qarash,
sobitqadamlik va boshqa bir qator xislatlardir.
O'qituvchining nutqi, notiqlik qobiliyatlarining mavjudligi, so'z boyligi va hokazolar ham
muhim rol o'ynaydi. Tabiatida bir qadar artistlik xususiyatiga ega bo'lishi (xayol,
fantaziya
ishlata bilish) ham o'quvchilar bilan muomalada muvaffaqiyatga erishishda muayyan rol
o'ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishinnng shartigina emas,
balki ko'p jihatdan o'qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat
bilan o'qituvchining o'zida pedagogik qobiliyatlarniig aniq maqsadini ko'zlab tarkib topish va
rivojlanishi katta rol o'ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom xaqiqiy narsa
ekanligini ko'rsatmoqa.
Masalan, shaxs persevtiv xususiyatlarning eng muhim elementi bo'lgan kuzatuvchanlik
o'qituvchining pedagogik tajriba hosil qilish jarayonida ham, uning maxsus kuch-g’ayrati
natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. O’qituvchi o'zining ijtimoiy-psixologik
kuzatuvchanligini, ya'ni o'quvchilarda turli xarakter xususiyatlari, mayllarini payqab olish
qobiliyatigina emas, shu bilan birga ularning paydo bo'lish vaziyatiga
muvofiq baho berish
mahoratini rivojlantirishga qodirdir. O'qituvchi o'z o'quvchilarining, ular muhitidagi o'zaro
munosabatlarni, o'zining ular bilan o'zaro munosabatlarini hozirgi daqiqada qanday bo'lmasin,
xuddi shunday idrok etish va ko'rish mahoratini, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayonida ro'y berayotgan
narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi lozim.
Bu esa osongina qo'lga kiritilmaydi. Gap shundaki, pedagogning idrok etishi har qanday
kuzatuvchining idrok etishiga o'xshaydi, chunki pedagog hamisha o'quvchilarga iisbatan tashqi
vaziyatda turadi, ma'lum darajada ulardan, ular faoliyatidan (uning tashkilotchisi bo'lsa ham)
uzoqlashgan bo'ladi. Shu sababli pedagog o'zi ko’rayotgan narsalarga o'zining ijtimoiy
rivojlanish jarayonida idrok qilgan normativ mulohazalarini ongli va ongsiz ravishda kelishi
mumkinki, pedagog uchun yangi bo'lgan hodisalar uning o'zida mavjud bo'lgan normalar va
tasavvurlar asosida an'anaviy tarzda talqin etilishi mumkin. Bundan tashqari, pedagogning
muayyan masalaga javob izlashga intilishi unda ahamiyatli biror faktni o'tkazib yubormaslik
uchun qulay yo'nalish hosil qiladi. Agar o'qituvchi bolalarniig xatti-harakatlarini faqat to'g’ri
idrok etib, baho bersa, ularni vujudga keltirgan sabablarni chuqur ko'ra olsagina, shu bilan birga
o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe'l-atvor xususiyatlarini rivojlantira
olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. O’qituvchining o'z o'quvchilarini: ularning; fe'l-
atvorlari, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini
turli voqealarga, muammolarga va
hokazolarga munosabatlarini doimo o'rganib va bilib borishga intilishi muhimdir. O’qituvchi
bolalarni qanchalik bilib olsa, unda bolalar bilan munosabatda xushmuomala bo'lish
imkoniyatlari shu qadar ko'proq bo'ladi. Lekiin o'qituvchi o'z o'quvchilari bilan yaqinroq
bo'lishga harakat qilar ekan, ba'zan tegishli daqiqalarda o'zi eshitmasligi lozim bo'lgan narsalarni
eshitmasdan o'tib ketishi lozim. Bunga sabab zshitish odobsizlik bo'lishi mumkinligi, yoki
vaziyat noaniq bo'lib turganda, eshitish darhol aniqlik kiritish zarurligini taqozo qilishdir.
O'quvchilar bilan o'z muomalasini baqiriq va mayda chuyda narsalarga aralashishga aylantirib
yubormaslik uchun kundalik ishlarda nimanidir sezmay qolishni o'rgatish muhimdir.
Nihoyat, ba'zan biror narsani tushunmay qolish ham foydali bo'ladi. Bularning hammasi
o'qituvchilarning o'quvchilar bilan bo'ladigan kichik ixtiloflarga barham beradi, unga o'kuvchilar
bilan bo'ladigai kelishmovchiliklarga tegishli darajada odob bilan aralashuvga yordam beradi. V.
A. Suxomlinskiy takidlab o'tganidek, pedagog bolalar, ayniqsa, katta yoshdagi o'quvchilar
o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashuvi lozim. U shuningdek ziddiyatlarning
shunday sohasi borki, unda pedagogning aralashuvi nihoyatda cheklangan bo'lishi, hamma
kelishmovchiliklar va ziddiyatlar ham jamoada muhokama qilish ob'ekti bo'lmasligi mumkin va
lozim, deb hisoblagan edi.
Pedagogning tarbiyalanuvchilar idroki, hissiyoti va tarbiyasiga ta'sir
etishning qanday
imkoniyatlari bor?
Har bir endi ish boshlovchi pedagog ta'sir etish yo’llari, o’quvchilar bilan muloqotda
bo’lish va ularga ta'sir etish yo’llarini biladimi?
Ijtimoiy-psixologik tekshiruvchilar va pedagogik muloqot malakasiga asosan ikkita
asosiy kommunikativ ta'sir etish turlarini ajratishi mumkin: ishonch hosil qilish va ishontirish.
Pedagogning har bir harakati tarbiyalanuvchining munosabatlari, fikrlari, hissiyotlari,
faoliyatlarini shakllantirishga, ya'ni ularning psixikasi va xulqiga har tomonlama ta'sir etishga
qaratilgan. Lekin ishonch hosil qilish va ishontirishning psixologik jarayoni turlichadir. Ta'sir
etishning har bir yo’li o’z spesifik xarkteriga ega.
Pedagogik adabiyotda «Pedagogik ta'sir qilish» termini qabul qilingan. Bu
tarbiyalanuvchilarning tarbiyasi bilan munosabatida uning passivligini anglatadi. Lekin bola
kelajakda har tomonlama kamol topgan inson bo’lib etishishini istasak, pedagogik o’zaro ta'sir
etishni qaysi yo’llar bilan amalga oshirishni o’ylashimiz kerak.
O’sayotgan bola ijtimoiy borliq tabiat bilan o’zaro ta'sirda bo’ladi. O’zaro ta'sir etishning
natijasi sifatida uning ishonchi shakllanadi, ya'ni bilimlar sistemasi,
qarashlari, munosabati va
xulq ta'sir etish natijasi sifatida ko’rib chiqaylik. Ishonch hosil qilish haqiqiy va noto’g’ri bo’ladi.
Haqiqiy ishonch hosil qilish real voqea-hodisalarga mos keladi. Noto’g’ri ishonch esa xavfli,
noto’g’ri ishlarni va salbiy hayotiy masalalarning sintezi tarzida namoyon bo’ladi.
Pedagoglar juda ko’p o’quvchilarning noto’g’ri ishonchlari bilan to’qnashadilar. Ba'zi
o’quvchilarning noto’g’ri ishonchlariga A.I.Kochetov quyidagilarni kiritadi.
- a'lo o’qish – me'yordan tashqari, faqat maqtanchoqlar a'lo o’qiydi;
- me'yordagi o’quvchi o’qituvchidan ogohlantirish olishi kerak, aks holda uni hech kim
mensimaydi;
- o’qituvchini aldash – aql va topqirlik belgisi;
- mas'uliyat bilan mehnat qilish – ortiqcha kuch ishlatish.
Bunday ishonchlar mustahkamlanib, aqliy va jismoniy passivlikka o’tadi. Noto’g’ri
ishonchni to’g’rilash pedagogda ko’p harakat talab qiladi. Buni 3 yo’nalishda amalga oshirish
mumkin.
1. Sinf jamoasida sog’lom ijtimoiy fikrlarni shakllantirish.
2. Maxsus shaxsiy malakani ixtiro qilish.
3. Noto’g’ri ishonchni qabul qilmaslik, rad etish. Noto’g’ri ishonchda haqiqiy fikrlar va
ustanovkalar almashinishi kerak.
Insonning ishonchi 3 ta komponentga yig’ilgan: bilim-hissiyot-xulq. Ishonch hosil qilish
quyidagi formulasi bor: tushunarli-hayotda ortda qolmoq- qabul qilmoq-ishlab berdimlar.
Ishonch hosil qilish yangi qarashlar, munosabatlarni shakllantiradi, noto’g’ri qarashlar va
munosabatlarni o’zgartiradi. Ishonch hosil qilish yangi qarashlar, munosabatlarni shakllantiradi
va noto’g’ri qarashlar, munosabatlarni o’zgartiradi. Ishonch hosil qilish shakllari: disputlar,
diskussiya, suhbat, o’qituvchi
himoyasi, shaxsiy namuna.
Ishonch hosil qilishda o’zaro ta'sir qilish metodi sifatida maksimal ta'sirli bo’lishi uchun,
u bir qancha shartlarga rioya qilish kerak:
- ishonchning mazmuni va formasi bolalarning yosh xususiyatlarining darajasiga yordam
beradi;
- ishonch hosil qilish tarbiyalanuvchining shaxsiy dunyoqarashiga mos kelishi kerak;
- tarbiyachi bolalarda ishonch hosil qilishda avvalo o’zi shu narsaga nisbatan ishonch
hosil qilish kerak.
Ishonch hosil qilishning natijasi o’qituvchining so’zlari va harakatlariga ham bog’liq.
Tarbiyachining ham so’zi bilan harakatlari bir-biriga mos tushishi kerak. Masalan, tarbiyachi jahl
ustida bolaga qattiq jazo berishini aytadi, lekin esidan chiqib ketadi. Yoki biror nima va'da qilib,
o’z so’zining ustida turmaydi. Bolalar bunday pedagogning so’zlariga ahamiyat bermay
qo’yadilar. Yanayam yomonki, agar o’qituvchi balandparvoz, to’g’ri so’zlarni gapirsa-yu, lekin
kundalik hayotida bunga amal qilmasa bunday o’qituvchilar jamiyatga zarar etkazadilar.
Ishontirishning yuqori effekti o’quvchilarning olgan bilimlarining mustahkamlaydigan
mashqlar (ruhini tetiklash, to’g’ri xulq hosil qilish)lari orqali hosil bo’ladi. Ishontirishning
usulini boshqatdan tarbiyalash, ya'ni qarash va muomalarni hosil qilish maqsadida qo’llash
mumkin, qachonki tarbiyalanuvchilar u yoki bu xususiyatlarini ko’rsata oladigan maxsus
sharoitlar yaratilsa.
Isbotlash mantiqi. Shaxs dunyoqrashining etakchi struktura elementi bo’lib, ishontirishning
o’zagi bo’lgan bilmilar hisoblanadi. Bilimlar ishontirishga oson ko’chadi. Agar ular argumentli
isbot qilinadigan bo’lsa. Shunda ularni to’g’riligiga ishonch hosil qilinadi. Isbot orqali bilim
egallayotgan o’quvchida unga to’g’ri kelmaydign hamma ishontirishni qattiqqo’llik, argumentli
isbotlash yo’li bilan qaytara olish qobiliyati rivojlanadi.
Isbotlash usuli. – tezis, argument va demokstraniyalardan tuzilgan. Tezis—bu isbot qilish kerak
bo’lgan fikr. Argument - bu tezisni isbotlashga yordam beradi. Demonstrasiya davomida turini
isbotlaydigan
teokritik chiqishlar, hayotiy va eksperimental faktlariga tayanib qilinadigan fikr
yuritishlar.
Isbotlash uchun to’g’riligiga o’quvchilar ishonadigan argumentlardan foylalaniladi.
Ishontirish - pedagogik ta'sir qilish usuli. Pedagogik ta'sir qilish usuli bo’lgan ishontirish bilan
birga pedagogik jarayonda ta'sir etish ham o’ziga xos o’rniga ega. Ta'sir etish - odamlarning ish
va muomala jarayonida bog’liqlikni belgilaydigan vositalarning biri. Uning asosiy o’ziga xosligi
shundaki, u odamning psixikasiga va xarakteriga o’zi bilmagan holda ta'sir qiladi, shaxsning
psixika strukturasiga nazoratsiz holatda kirib, kundalik ishi, xarakterida ko’rinadi. Bu paytda
bajarayotgan insonning faol roli pasayadi. Pedagogik ta'sirning foydalanish sharoitlari bo’lib:
ta'sir qilinayotganning yoshi, ta'sir qilayotgan va qilinayotganning bir-biriga munosabati va
boshqalar xizmat qiladi.
Pedagogik ta'sirning shakllari va effektiv sharoitlari. Pedagogik praktikasida ko’p
uchraydigan ta'sir formalariga to’xtaymiz. Maktab uchun eng qo’llash yaxshi bo’lgan ta'sir bu
oldindan ko’zlangan ta'sir etishdir. U buyruq, komandalar orqali ko’riladi.
O’z-o’zini ishontirish. Shaxsning o’sishda o’ziga-o’zi ta'sir etish asosiy o’rin egallaydi. Odatda
o’z-o’ziga ta'sir so’zini o’quvchi o’zining kamchiliklarini tushunib, ularni yo’qotishi deb
bilishadi. «Samovnushenie» qiyinchiliklarni engishdagi qo’rquvni o’zining
kuchiga
ishonmasligini va ichki qarama-qarshiliklarni engishda juda foydalidir.
Dostları ilə paylaş: