kishilar birla ulfat bo’lmak, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur” (Turkiy
guliston yoxud axloq. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil, 16-bet).
Yaxshilik-ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarning majmuini, inson faoliyati yoki
biror xatti-harakatiga ijobiy munosabatning yig’indisini aks ettiradi. Yaxshilik-kishining axloqiy
ongi va axloqiy tajribasida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib, shaxsga va
jamiyatga manfaat
keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdir.
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’iq holda,
o’qituvchining yaxshiligi shaklida aniqlik kiritiladi. Unda o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi
manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maqsadining birligi, ta‘lim va tarbiyaning samarasi
uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham,
ota-onalarning ham
yaxshi niyatli, xayrixoh, mehribon bo’lishini taqazo qiladi. Yaxshilik qaror
topishi uchun pedagoglik jarayonida yomonlikka murosasiz bo’lish
yaxshi istak bilan xush
muomala qilish, yaxshi qiliq, yaxshi xatti-harakatlarning birligi zarur.
Dostları ilə paylaş: