Individ, shaxs, individuallik tushunchalari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#128134
1   2   3   4
individ-shaxs-individuallik-tushunchalari

Individuallik muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, 
betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi bilan individuallik 
umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qoʻyiladi. Dastlab, individuallik 
antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl 
va mazmunga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, 
atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida 
maʼlum boʻlgan. Qadimgi Rim faylasufi Seneka individuallik tushunchasini yanada 
takomillashtiradi. Individuallik oʻziga xos xususiyatlarni va mazmunini yoʻqotmay 
turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini eʼtirof 
etgan. Oʻrta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. XVII 
asrda individuallik bilan bogʻliq fikr-mulohazalar nemis faylasufi Leybnits taʼlimotida 
atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham oʻz ifodasini 
topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir.
Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon 
bo’ladigan o’ziga xos sifatlari hisoblanadi. Individuallik alohida holda olinganda 
insonning aniq xatti-harakati, malakasi, layoqati, odat va ko’nikmalarini ifoda etadi. 
Unda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun 
boshqalardan farqlanadi. Uning tarkibiga xarakter, temperament, iroda, iqtidor, 
qobiliyat va shu kabilar kirib, ular takrorlanmasdir. Ya’ni bir odamga xos bo’lgan 
iqtidor, qobiliyat, emotsiya, mimika, xarakterlar boshqa bir odamda aynan uchramaydi. 
Shu sababdan ham ular individualdir.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin