longityud tadqiqotlari jarayonida dearli qo‘llanilmagan.
Longityud metod bir
vaqtning o‘zida boshqa metodlarni qo‘llanilishini ham nazarda tutadi. Jumladan,
kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo.
Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga,
ish stajiga,
tadqiqot o‘tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat
turiga bog‘liq bo‘ladi. Longityud metodini kasb psixologiyasida qo‘llash orqali
shaxs kasbiy shakllanishining individual o‘zgarishlarini o‘rganish imkonini
beradi shuningdek,
kasbiy faoliyatda rivojlanish, obro‘-e‘tibor qozonishning
yo‘l-yo‘riq va vositalarini aniqlash imkonini beradi. Longityudni qo‘llashdagi
qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning
sonining ko‘pligi va kamligida bilinadi. Keyingi muammo o‘lchovlar o‘rtasidagi
oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir
yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar oralig‘ida o‘tkazilgan.
Shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda tadqiqot intervali sifatida kasbiy
rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. Longityud metodidagi
muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo‘lib, bunda u 5-yildan 50
yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi
kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish
mumkin. Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir.
Shaxsiy va
kasbiy o‘zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o‘rganilayotgan
jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining
qo‘llanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni o‘rganish uchun ko‘p
vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik
usullarni qo‘llash yordamida bartaraf etish mumkin. Biografik usul - shaxs hayot
yo‘lini o‘rganish va loyiqalashtirish usullari,
hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar,
kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Biografik usullarga tarjimai hol, ma‘lumotlarni o‘rganish, kasbiy mehnatdan
qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.
Kavzometriya - YE.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar
tomonidan taklif
etilgan usul bo‘lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub‘ektiv holatlarini
tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni o‘z
ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro‘yxatini tuzish, voqealarni
keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari
kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va
inqirozlarni yechish uchun qo‘llaniladi. Psixobiografiya -shaxslarning hayot
yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi.
Avval psixobiografiya
siyosatchilarining
obro‘-e‘tiborini,
kishilarning
individual
kasbiy
biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan. Kasb psixologiyada
psixobiografiyani qo‘llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo
bo‘lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma‘lumotlarni olish
imkonini beradi. Anamnez metod - bu insoning mehnat sub‘ekti sifatida
rivojlanish tarixi haqidagi ma‘lumotlarni yig‘adi. Bu usul YE.A.Klimov
tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. Kasbiy
anamnez mehnat motivlarini
o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro‘-e‘tibor
qozonishni oldindan tashxis qilishda qo‘llaniladi. Anamneztik tadqiqot o‘z
ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo‘yiladigan talablar bu
usulga ham tadbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: