belgini ajratib kuzatish va eksperimentda shu belgisi bo‘lgan predmet yoki
hodisa paydo bo‘lsa shu holat muntazam qayd etib boriladi. Masalan, o‘qish
sabablarini o‘rganishda so‘rovnoma asosida javobning
u yoki bu variantini
tanlangan talabalar sonini aniqlashadi qayd etish natijalariga statistik ishlov
berish o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan ayrim muhim umumlashgan va
xulosalarni qilish imkonini beradi. Qayd etishning muhim xususiyati shundaki, u
psixologik - pedagogik tadqiqotlarda ko‘p uchraydigan qol bo‘lib, ya‘ni
o‘rganilayotgan xodisalarning belgilarini aniqlash, imkoni bo‘lmagan hollarda
ham miqdoriy jihatlarini tahlil qiladi. Masalan talabalarning bilim va malakalari
darajasini, u yoki bu ma‘naviy sifatlarining rivojlanishi bu ta‘lim
metodining
samarali darajasini to‘g‘ri o‘lchash qiyin. Ammo shunga tegishli voqealarni -
xatolar, o‘zini tutishi va hokazolarni qayd etib, bu sifatlarning ma‘lum miqdoriy
tavsifini olish mumkin. Demak, ular paydo bo‘lishining
qonuniyatlarini
o‘rganish mumkin. Ma‘lumotlarga miqdoriy tavsif berishning keyingi metodi -
tartibga solish operasiyasidir. Uning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan
hodisalar ma‘lum belgi hajmining o‘sish yoki pasayish tartibida joylashadi.
Keyin ob‘ektlarning har qaysi guruhiga o‘sish yoki pasayish qatoridagi bir guruh
o‘rniga tegishli bo‘lgan son bo‘ladi. Bu ob‘ektlarda o‘rganilayotgan sifatning
tartibini ko‘rsatib beruvchi sondir. Ma‘lumotlarni
tartibga solgandan keyin
ularni guruhlashadi. Buning uchun o‘rganilayotgan sifat ma‘nosini ma‘lum
intervali o‘lchov belgisi deb qabul qilinadi. O‘rganilayotgan hodisalarda belgi
ma‘nosi necha marta shu o‘lchov birligi kuzatilayotgan ob‘ektda namoyon
etilishi son bilan belgilanadi. Ma‘lum sabablarga ko‘ra, matematik apparatni
qo‘llashda va o‘lchovda qiyinchiliklar kelib chiqadi. O‘lchov natijasida olingan
miqdoriy sifatlar matematik statistika usullari yordamida ishlab chiqiladi va bu
empirik natijalarni umumlashtirishga ―Tasodifiy‖
natijalar sababini
tushuntirishga unga ma‘lum ishonarli izoh berishga imkon beradi. Amaliy
psixologiyada miqdoriy ma‘lumotlarga ishlov berishning eng keng tarqalgan
usullari - dispersion, korrelyasion va faktorli tahlil usullaridir. Dispersion tahlil -
o‘rganilayotgan o‘zgaruvchiga turli omillarning ta‘sirini tahlil etish imkonini
beruvchi
statistik
usuldir.
Dispersion
tahlilning
mohiyati
shundaki
o‘rganilayotgan sifat mustaqil tarkibiy qismlarga bo‘linib ketadi, bu qismlarning
har biri u yoki bu omilning yoki o‘zaro aloqaning ta‘sirini tavsiflab beradi.
Korrelyasion tahlil - o‘rganilayotgan sifatlar yoki omillar aloqasining shakli,
belgisi yoki zichligini baholash statistik metoddir. Faktorli tahlil - ko‘p o‘lchovli
matematik statistika metod bo‘lib, bu usul statistik jixatdan bog‘liq
sifatlarni
o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu usul ilmiy tadqiqotlarning boshlang‘ich
bosqichlarida sermahsul hisoblanadi, chunki bu paytda o‘rganilayotgan sohadagi
qonuniyatlarni ajratish kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarga matematik ishlov berishning
boshqa metod ham mavjud. Biz eng ko‘p tarqalgan usullarini ko‘rib chiqdik.
Tadqiqot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, matematik ishlov berish ko‘pgina muhim
psixologik tavsiflarni, ularning aloqalari, munosabatlari, qonuniyatlarini
o‘rnatish va tasvirlashning samarali vositasi hisoblanadi. Tadqiqot usullarini
tavsiflash xulosalarida shuni ta‘kidlash kerakki, ayrim usullarni boshqalariga
qarama-qarshi qo‘yish yoki qaysilarinidir imkoniyatlarini absolyutlashtirib
bo‘lmaydi. U yoki bu usulni tanlash tadqiqot predmeti va vazifalari bilan
belgilanadi. har qaysi psixologik tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi va
haqqoniy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi usullar kompleksi qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: