shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish maqsadga
muvofiq.
Guruhiy tabaqalanishni ko‗rsatish uchun sotsiogramma to‗rtta «maydon»ga
ajratiladi.
Qizlar doiracha bilan, o‗g‗il bolalar esa uchburchaklar bilan
belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‗g‗ri keladi.
Guruh a‘zolarining o‗zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar
bilan bog‗langanida o‗z ifodasini topadi. Eng ko‗p munosabatga ega bo‗lgan
sinaluvchi doiraning markazidan o‗rin oladi. U guruh a‘zolarining eng
yoqimtoyi hisoblanadi. SHaxslar bilan aloqa o‗rnatmagan sinaluvchi doiraning
eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o‗rtacha
va undan kamroq
tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. SHu yo‗l bilan birinchidan
shaxslararo munosabatning darajasi va ko‗lami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar
bilan o‗g‗il bolalar o‗rtasidagi ko‗rsatkichlar taqqoslanadi.
Natijalariga qarab
guruhdagi munosabatlar va ularning o‗ziga xosligi, psixologik mexanizmlari,
barqarorligi, puxtaligi, o‗zaro bir-birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar
chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik g‗oyalar,
qonuniyatlar
ilgari suriladi, amaliy ko‗rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar
bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to‗g‗risida mulohazalar yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: