1.
Taqqoslash. Bu fikrlash operatsiyasi bo‗lib,
predmet va xodisalar
orasida o‗xshashlik va farqlar, tenglik va tengsizliklar, qarama-qarshiliklarni
nomoyon bo‗lishida ko‗rinadi.
2. Analiz (taxlil)- yaxlit predmetlarni qismlarga bo‗lish
va ularni
alohida xususiyatlari va elementlarini ajratish.
3. Sakrash haqida o‗ylar ekanmiz xayolan uni biz –yugurish,itarilish,
uchish fazasiz, erga tushish kabi qismlarga ajratib analiz (tahlil) qilamiz.
4. Sintez – analiz (tahlilga) qarama-qarshi operatsiya bo‗lib, unda
analiz jarayonida ajratilgan bo‗laklar asosida predmet yaxlitlanadi.
5. Masalan yugurish, itarilish, uchish fazasi,
erga tushish kabi
qismlarning yaxlitlanishida sakrash yuzaga keladi.
6. Mavhumlashtirish – ob‘ektdan biror-bir xususiyatni aqliy ajratishda
nomoyon bo‗ladigan fikrlash operatsiyasidir. Masalan, doskaning qoraligi,
hamda harakatlanish haqida fikrlash.
7. Umumlashtirish – o‗xshash, bog‗liq xususiyatlarni bir tushunchaga
jamlash, ya‘ni bir turdan predmetlarni fikran birlashtirish. Masalan, olma,
olxo‗ri, uzum, nok-mev: dararaxt, gul, o‗t-o‗simliklar.
8. Ammo umumlashtirish va mavxumlashtirish konkretlashtirish kabi
ularga qarama-qarshi operatsiyani yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi. Masalan,
umumlashgan ―uy hayvonlari‖ tushunchasi, ―ot, ―qo‗y‖, ―mushuk‖kabi
tushunchalarda konkretlanadi. Konkretlashtirish mavjud bo‗lmasligi o‗quvchi
bilimida formalizmni yuzaga keltiradi.
Klassifikatsiya umumiy, o‗zlash xususiyatli
predmet va narsalarni
guruhlarga bo‗lish.
Masalan, kutubxonada kitoblarni joylashtirish, fanlar klassifikatsiyasi.
Sistemalashtirish umumiy qonuniyatlarga asosan fikran guruhlarga
bo‗ligan predmetlarni tartibga keltirish,
sistemalashtirish belgilari-
xronologik, fazoliy, mantiqiydir.
Tafakkurning mantiqiy shaklli tafakkur jarayonida alohida fikrlash
operatsiyalari asosida bilan alohida fikrlar xukm sifatida yuzaga keladi.
Hukm – tugallangan fikrdir. Xukm –predmet yoki xususiyatni tasdiqlash
yoki nikor etish bilan bog‗liq fikrdir.
Masalan, ―Toshkent – O‗zbekiston poytaxti‖, ―Tosh suvda suzmaydi‖.
Hukmning quyidagi turlari mavjud: birlamchi (yagona predmet haqida),
xususiy yoki qismiy (predmet yoki xodisa qismiga xos), umumiy (umuman
predmet haqida).
Xulosa – tafakkurning mantiqiy shakli bo‗lib, bir necha ma‘lum xukmdan
yagona xulosa qilinadi. Xulosalar – induktiv,
deduktiv, analogiya turlariga
bo‗linadi.
1.
Induktiv xulosa –bir necha birlamchi xukmlardan yagona xulosa
qilishdir. Masalan, ―Daraxt qizdirilganda kengayadi‖, ―Temir qizdirilganda
kengayadi‖, ―Suv istilganda kenayadi‖, xulosa ―barcha
jismlar qizdirilganda
kengayadi‖.
Deduktiv xulosa – umumiy xukmdan birlamchi xukmga xulosa qilinadi.
―Barcha metallar elektr tokini yaxshi o‗tkazadi: Alyuminiy metall‖. Demak
―alyuminiy – yaxshi elektr o‗tkazuvchidir‖.
Tushuncha. Tafakkur jarayonida tushunchalar paydo bo‗ladi, ular o‗zaro
bog‗liqlik va munosabatlarni yanada aniqroq, chuqurroq anglashga imkon
beradi. Biror bir predmet yoki xodisaning tushunchasini bilish –
bu bir necha
xukmga ega bo‗lishidir.
Dostları ilə paylaş: