Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
118049 (1)

Kayfiyatlar – ancha vaqt davomida kishining butun xatti- harakatiga tus 
berib turadigan umumiy hissiy holatini ifodalaydi. U shodlik, qayg‗u, jizzakilik 
yoki muloyimlik tarzida bo‗ladi. Kayfiyatlar odatda o‗ziga-o‗zi hisob bermasligi 
va sust namoyon bo‗lishi bilan belgilanadi. Asosiy hissiyotlar stress holati – 
inglizcha stress – tazyiq ko‗rsatish, zo‗riqish degan so‗zdan olingan qiziqish 
(emotsiya tarzida) – malaka va ko‗nikmalarning rivojlanishiga, ta‘lim olishiga 
moyillik tug‗diradigan bilimlarni egallashga yordam beradigan hissiy holatdir. 
Quvonch - qiziqish, hayratlanish, iztirob chekish, g‗azablanish, 
nafratlanish, jirkanish, qo‗rquv, uyalish – bular hissiyotning asosiy belgi va 
ko‗rinishlaridir. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo‗nalishini belgilaydigan 
barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg‗u ehtiros deb ataladi. 
Muhabbat – hissiy ijobiy munosabatning ob‘ektini boshqalarga qaraganda 
ajratib ko‗rsatadigan, hamda uni sub‘ektining barqaror hayotiy ehtiyojlari va 
qiziqishlari markaziga qo‗yadigan yuksak darajasidir.
Ta‘lim berish jarayonida talabalarda intellektual tuyg‗ularni shakllantirish, 
bilishga qiziqish va ishtiyoq uyg‗otish masalasi hamisha dolzarb hisoblangan. 
Ma‘lumki, agar talaba ta‘lim olishida bilimga ishtiyoq ustunlik qilmasa, agar u 
doimo yangi narsani bilib olayotganidan shodlik va baxtiyorlikni his etib 
turmasa, u holda talaba o‗qishda va mehnatda yuksak natijaga erisha olmaydi.
Iroda – bu kishining oldiga qo‗yilgan maqsadlarga erishishida 
qiyinchiliklarni engib o‗tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli 
ravishda tashkil qilishi va o‗z-o‗zini boshqarishi demakdir. Iroda – bu shaxs 
faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning inson 
tomonidan qo‗yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. Iroda tabiat 
qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‗z ehtiyojlariga ko‗ra o‗zgartirish 


imkoniyatiga ega bo‗ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo‗ladi. Iroda 
o‗zaro bog‗liq ikkita vazifaning undovchi va tormozlash (to‗xtatuvchi) 
vazifalarning bajarilishini ta‘minlaydi va ularda o‗zini namoyon qiladi. 
Kishining o‗z faoliyati natijalari uchun mas‘uliyatni tashqi kuchlarga va 
sharoitlarga qayd qilib qo‗yish yoki aksincha ularni shaxsiy kuch-g‗ayratlariga 
va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish 
deyiladi. (lotincha lotus –o‗rnashgan joy va fransuzchada controle-tekshirish). 
SHaxsning irodaviy fazilatlaridan biri tavakkalchilik bo‗lib,  – bu sub‘ekt 
uchun uning cheki noma‘lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin 
bo‗ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, jarohat, obro‗ni yo‗qotish va b.) haqidagi 
taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning tavsifidir. Tavakkalchilik paytida 
kutilayotgan noxushlik bunday holatdagi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay 
oqibatlar darajasining uyg‗unlashtirilishi bilan belgilanadi. Tavakkalchilikning 
ikki turi farqlanadi: oqlangan va oqlanmagan. 
SHaxsning irodaviy fazilatlariga yana bir nechta faoliyat motivlari ham 
kiradi. Ular: 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin