Hasadgo‟ylik - o‘zga
shaxslarning mavqei, qobiliyati, iste‘dodi,
faoliyatidagi yutuqlari, mulki kabilarga nisbatan g‘arazgo‘ylik
munosabatida
ifodalanadigan salbiy xarakter xislat.
Shaxsiy tajriba - har bir individning yoki shaxsning turmush jarayonida
hosil qilgan tajribasi.
Shuhratparastlik - arzon obro‘-e‘tibor qozonishga jon jahdi bilan
intilishdan iborat juda past xarakter xislati.
Egoizm - o‘z shaxsiy manfaatlarini jamiyat, jamoa manfaatlaridan yuqori
qo‘yishga kuchli intilishda ifodalanadigan salbiy xarakter xislati.
Qat‟iylik - xarakterning o‘z vaqtida asosli va qat‘iy
qarorlar qabul qila
olish va ularni ikkilanmasdan ijro etishga kirishishdan iborat irodaviy xislati.
Qiziqish - shaxsning muayyan narsa va hodisaga ega bo‘lishga, bilishga
faol va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati yoki faoliyat motivi.
Qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga
bo‘lgan layoqat
darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan
individual xususiyatlari yig‘indisi.
Dostları ilə paylaş: