ishi ekzaratsiya deb ataladi.
Muzlik ta‘siridan parchalangan tog’ jinsi bo’laklari, muz bilan
olib ketiladi va muzlikning tagida harakatchan kichik qatlamchani hosil
qiladi. Bu harakatlanuvchi tog’ jinsi bo’laklaridan tashkil topgan qatlam,
muzlikning buzish ta‘sirini harakat yo’nalishi bo’ylab kuchaytiradi.
Bunday harakatlanuvchi jins bo’laklari mahsuloti morenalar deb
yuritiladi. Muzliklarning asosida harakatlanuvchi morenalarni ostki
morenalar, qirg’oqlari bo’ylab harakatlanuvchi morenalar – yon
morenalar deb ataladi. Muzliklarning harakati vaqtida uning yuzasida
tog’ yonbag’irlaridan uvalanib tushgan tog’ jinsi bo’laklari to’dalanishi
mumkin. Bunday jins bo’laklari asta-sekin to’planishidan ustki
morenal
ar hosil bo’ladi. Agar ikki vodiy tutashib bir vodiyga aylansa,
muzliklar ham qo’shiladi. Qo’shilgan morenalar ikki morenaning
o’rtasida joylashadi va o’rta morenalarni hosil qiladi.
Har bir baland tog’ muzligi albatta uch xil morenaga ega
bo’ladi: ostki va ikkita yon morenalar. Bulardan tashqari ustki va o’rta
morenalar ham bo’lishi mumkin. Bunday morenalar harakatlanuvchi
morenalardir. Muzlik qor chizig’idan pastga tushgandan so’ng eriy
boshlaydi, olib kelingan morenalar o’z harakatini to’xtatadi va
harakatlanmaydigan morenalar yotqiziladi. Bu morenalar oxirgi,
bo’ylama va asosiy morena turlariga bo’linadi.
Yotqizilgan morenalarning tarkibi turli-tuman mahsulotlardan
iborat va juda mayda donadan yirik xarsangtoshlargacha (diametri 2-3
metr va undan orti
q) bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda tarkibining asosiy
qismini gillar tashkil qiladi. Mayda shag’al, yirik shag’al qisman
uchraydi. Ayrim hollarda esa uning tarkibini yirik donali jins bo’laklari
tashkil qiladi. Gil va qumlar esa qisman uchraydi. Muzlik yotqiziqlari
orasida yirik g’o’latosh to’plamlarini yoki yakka g’o’latoshlarni
Morena yotqiziqlari uchun mahsulot tarkibining turli
– tumanligi,
saralanmaganligi
silliqlanmaganligi
hamda
qatlamlanmaganligi
belgilariga xosdir.
Muzlik suvlari yotqiziqlari. Agar yerning relefi muzlik chekkasi
tomon qiyalangan bo’lsa oxirgi morenalarning do’ngliklari va erib
ulgurmagan muzlik massasi tabiiy to’g’onlarga o’xshash relefni hosil
qiladi. Muzlik yuzasidan oqib kelgan suvlar bu to’g’onlar bilan to’siladi
va muzlik oldi ko’llarini hosil qiladi. Yoz faslida muzlik suvlarining
miqdori ortadi va muzlik oldi ko’llariga ko’p miqdorda yirik donali
cho’kindilar (asosan qumlar) yotqiziladi. Sovuq fasllarda muzlik
suvining miqdori ozayadi va ko’lga mayda donali chang, gil zarrasi
cho’kindilari yotqiziladi. Qish faslida ko’l suvi tarkibidagi eng mayda
gil zarralari asta-
sekin cho’kadi.
Dostları ilə paylaş: