O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi


Ko’l va botqoqliklarning geologik ishi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

5.7. Ko’l va botqoqliklarning geologik ishi. Suv bilan 
to’ldirilgan okean, dengiz va ko’rfazlar bilan bog’lanmagan havzalar 
ko’llar deyiladi. Ko’llarning ishg’ol qilgan maydoni bir necha gektardan 
o’n ming kvadrat kilometrlargacha, chuqurligi esa 10 sm lardan bir 
necha ming metrlargacha o’zgarib turishi mumkin. Ko’llar turli 
balandliklarda joylashadi. Masalan, Kaspiy ko’li-dengizi dengiz 
sathidan 28 met
r pastda va Pomirdagi Sarez, Yashilko’llari esa dengiz 
sathidan 3600 metr balandlikda joylashgan. 
Ko’llarning maydoni, chuqurligi va joylashishi bo’yicha bir-
biridan farq qilishi ko’l chuqurliklarining hosil bo’lishi xilma-xilligi 
bilan bog’liq. Ko’l kotlovanlari tektonik jarayon, muzliklarning 
faoliyatidan, uchgan vulqonlar krateri, daryoning o’zanlarida va 
dengizning faoliyatidan hosil bo’lishi mumkin. 
Ko’llar suvining almashish xarakteriga ko’ra oqar va oqmas 
ko’llarga bo’linadi. Oqar ko’llarda suvining tuz tarkibi doimiy 
o’zgarmas bo’ladi. Oqmas ko’llarda suvlarining tuz tarkibi, daryoning 
quyilish joyidan uzoqlashgan sari o’zgarib boradi. Masalan Balxash 
ko’lida Ili daryosining quyilgan yerida suv chuchuk, shimoliy va sharqiy 
qismida esa sho’r. Ko’llardagi faoliyat dengiz faoliyati bilan 
o’xshashdir. Faqat geologik jarayonlarning ko’llardagi ko’lami nisbatan 
kichikdir. Ko’llarda ham dengizga o’xshash daryo suvi tashib keltirilgan 
cho’kindilar bilan bir qatorda kimyoviy yoki biokimyoviy cho’kindilar 
yo
tqiziladi. Oqmas ko’llari bug’lanish ta‘siridan ko’p miqdorda 
kimyoviy cho’kindilar to’planadi. Elton va Bosqunchoq ko’llarida juda 
ko’p hajmda natriy va kaliy tuzlari tuplangan. Ko’pincha gips va kaltsit, 
ayrim vaqtlarda temir ro’dasi minerallari va boksitlar yotqiziladi. 
Organik cho’kindilardan ko’llarda chig’anoqli, ohaktoshlar va 
diatomitlar yotqizilgan bo’ladi. 
Ko’llar uchun mexanik cho’kindilardan tashqari organik il-
sapropellar xarakterlidir. 
O’lik organizmlar, ko’l tagiga yotqizilib buziladi va kislorodsiz 
sharoitda chiriydi uglevodorodga boy organik ilni hosil qiladi. 
Botqoqlik yotqiziqlari. Ko’pgina botqoqliklar ko’llardan hosil
bo’lgan. Ko’llarning sayoz qismida suvsevar o’simliklar hosil bo’ladi 
o’layotgan o’simliklar suv ostiga cho’kadi va asta-sekin chiriy 
boshlaydi. Ko’lning asta-sekin sayozlanib borishi bilan o’simliklar 
qirg’oqdan ko’l markaziga qarab surilib boradi. Ko’l tagiga cho’kib asta-
sekin ko’lni to’ldirib boradi va botqoqlikni hosil qiladi. 
Botqoqliklar yer osti suvlari sathining xar doim yoki uqtin-uqtin 
yordamida ko’rsatiladi. Bulardan tashqari geologik xaritalarga tektonik 
yoriqlar, uzilishlar, qatlamlarning yotish elementlari va boshqalar 
tushiriladi ( -rasm). 
Geologik xaritaning mukammalligi va aniqligi ularning masshtabi 
bilan masshtab esa o’tkazilgan geologik s‘yomkaning masshtabiga qarab 
tanlanadi. Xaritalarning masshtabi yerlarning geologik tuzilishining 
murakabligiga va undan ko’zlangan maqsadga qarab belgilanadi. 
Geologik xaritalar masshtabiga va tayinlanish maqsadiga ko’ra 
to’rt turga bo’linadilar: 
1.Kichik masshtabli xaritalar, masshtabi I:500000 va undan 
kichik. Bunday xaritalarda katta maydonning (masalan, Markaziy 
Osiyoning) umumiy geologik tuzilishi tasvirlanadi; 
2.O’rta masshtabli xaritalar, masshtabi I:200000 va I:100000. 
Bunday xaritalarda ayrim ma‘muriy yoki geografik hududlarning 
geologik tuzilishi ko’rsatiladi (masalan, Farg’ona vodiysi); 
3.Yirik masshtabli xaritalar, masshtabi I:50000 va undan katta. Bu 
masshtabdagi xaritalarda xo’jalik maqsadlarida o’zlashtirish uchun 
ahamiyatga ega bo’lgan ayrim tumanlarning geologik sharoitlari 
tasvirlanadi; 
4.Maxsus yoki aniq masshtabli xaritalar. Bunday xaritalarda yirik 
gidrotexnik inshoot kurilish maydonining yoki sug’orish massivining 
geologik sharoiti to’liq ko’rsatiladi. Bunday xaritalarning masshtabi 
tayinlanish maqsadiga ko
’ra aniqlanadi. 
Geologik kesimlar yer po’stining yuqori qismida joylashgan 
qatlamlarning joylanish tartibini tik kesimda yuzada tasvirlovchi 
chizmadir. Kesimlar odatda ma‘lum ahamiyatli yo’nalishlar bo’yicha, 
ma‘lum chuqurlikkacha tuziladi. Kesimlar geologik xaritalardan, 
burg’ilash quduqlaridan foydalanib tuzilishi mumkin. 
Geologik xaritalar va kesimlar dala sharoitida olib boriladigan 
geologik s‘yomka asosida tuziladi va uning natijasida tog’ jinslarining 
tarqalishi, yotish sharoiti va tarkibi, ular orasidagi chegaralar hamda bu 
jinslarning yer yuziga chiqqan maydonlari aniqlanadi. 
Geologik s‘yomka ishlari odatda uchta bosqichda olib boriladi: 
tayyorgarlik ko’rish davri, dala ishlari, dala ishlari natijalarini qayta 
ishlash va tartibga keltirish davri. 
Tay
yorgarchilik ko’rish davrida ish olib borishni tashkil qilish 
loyihasi tuziladi, geologik partiya tashkil qilinadi va kerakli uskunalar va 
jihozlar bilan ta‘minlanadi, topografik xarita va aerofotos‘yomka 
ma‘lumotlaridan ko’chirmalar tayyorlanadi, ish tumani bo’yicha 
geologik ma‘lumotlar yig’ilgan fond ma‘lumotlari va ilmiy adabiyotlar 
o’rganib chiqiladi. 
66 
75 


ko’tarilib turishi hisobiga ham hosil bo’ladilar. 
Botqoqliklar ozuqalanish sharoitiga va o’simliklarning turiga 
ko’ra balandlik yerlardagi va pastkam yerlardagi turlariga bo’linadi . 
Pastkam yerlardagi botqoqliklar yer relefining chuqurlashgan 
qismlarida joylashadi va yassi yoki bukilgan yuzaga ega bo’ladi. 
Ularning ozuqalanishida atmosfera yog’inlaridan tashqari sizot va daryo 
suvlari qatnashadi. Hosil bo’lgan torf jinslari kam kaloriyali va o’zidan 
ko’p kul ajratadi. 
Balandlik yerlarda joylashgan botqoqliklar junlarda joylashadi 
va qabargan yuzaga ega bo’ladi. Ular asosan atmosfera yog’inlari 
hisobiga ozuqalanadi. Atmosfera yog’inlari chuchuk bo’lganligi uchun 
bunday botqoqliklarda asosan zamburug’lar o’sadi. Zamburug’larning 
chirishidan hosil bo’lgan torflar yuqori kaloriyali va kam kul hosil
qiladigan bo’ladi. 
Birinchi va ikkinchi tur botqoqliklaridan tashqari oralik 
toifadagi botqoqliklar ham mavjud. Ularga pastkam va balandlik 
yerlarga joylashgan botqoqliklarning xususiyatlari xarakterlidir. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin