Innovatsion texnologiyalar quyidagi yо‘nalishlarda amaliyotga tatbiq
etiladi:
•
о‘quvchilarning e’tibori о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan bilimlar majmuiga
emas, balki bilimlarni egallashga imkon beruvchi uslub va usullarga qaratiladi.
Boshqacha aytganda, texnologiya о‘quvchilarni uqib olish kо‘nikmasi bilan
qurollantirish, ularning axborot olish va ishlov berish usullarini egallashlariga
yordam beradi;
•
texnologiya aslida fikrlashni rivojlantirishga yо‘naltirilgan bо‘lib
о‘quvchilarni о‘ylashga о‘rgatadi. О‘quvchilar texnologiyadan foydalanib о‘quv
materialini tahlil qiladilar, solishtiradilar, umumlashtiradilar, isbotlaydilar, xayol
suradilar va fikrlaydilar.
Ta’lim muassasalari amaliyotiga innovatsion modellarni samarali tatbiq
etishning boshlang‘ich shartlari :
•
umumiy maqsadlarning mavjudligi;
•
boshqaruv strukturasining qulay va demokratik xususiyati;
•
axborotlar almashinish tizimi orqali tizimosti tizimlarning gorizontal
muvofiqlashtirilishi;
•
rahbarlarning yuqori darajada professional kompetentligi (о‘z sohasining
mohir ustasi bо‘lishi);
•
jamoada psixologik muhitning ijobiyligi;
•
innovatsion faoliyatda о‘qituvchilarning samarali ishtirokini ta’minlash.
Umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni samarali
boshqarishni amalga oshirish uchun quyidagi talablar qо‘yiladi:
•
ta’lim
tizimini
boshqarishning
mavjud
tizimi
bilan
uning
integratsiyalashuvini amalga oshirish;
•
umumiy о‘rta ta’limning ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlari bilan
bog‘liqligini ta’minlash masalalariga tizimli yondashuvni joriy etish;
•
boshqaruv subyekti obyektning funksiyalari va strukturasiga mos keladigan
qulay va rivojlantiruvchi, innovatsion faoliyat modellariga ega bо‘lishi zarur.
Texnologiya о‘quvchining о‘zi о‘qishi uchun mas’uliyatini shakllantirishga
qaratilgan. Bunda «о‘rgatish mumkin emas, о‘rganish mumkin» degan haqiqatni
о‘qituvchi, lekin ota-onalar emas, balki har bir о‘quvchining о‘zi tushunib yetadi.
U ta’lim olishi uchun о‘zi javobgar bо‘ladi. Texnologiya о‘quvchini о‘quv
materialini tushunishini va bilimini о‘stirib borishga о‘rgatadi. О‘quvchilar о‘z
faoliyatlarini xolis baholashga о‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: |