so‘zlarning qanday yozilishi haqida izchillik bilan bilim berib boradi. Natijada
ularning lug‘at boyligi o‘tilgan mavzularga oid so‘zlar hisobiga boyiydi.
So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So‘z va so‘z birik-masi
aniq
narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud
boigan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksiko
deyiladi. Leksikologiya o‘zbek tilining lug‘at tarkibini o‘rganadigan bo‘limdir.
Leksikologiya lug‘at tarkibidagi so‘zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati,
qo‘llanish faolligi,
boyib borislii, ba’zi so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib
ketishi, ma’no ko‘chish hodisasi kabilarni o‘rganadi. Shu sababli leksikologiya
lug‘at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan,
mazmunga mos so‘z va so‘z birikmalarining ma’lum izchillikda
joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan
bo‘lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo‘ladi; o‘z fikrini aniq va ifodali bayon
etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma-
xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning
muhim
sharti hisoblanadi.
O‘quvchi lug‘atining boyishiga, birinchi navbatda, uni o‘rab olgan muhit,
tabiat, kishilarning hayoti, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqatlari
asosiy manba vazifasini bajaradi. Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda
bo‘lishi natijasida so‘z, ibora tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so‘zlarni o‘rganadi,
ularni o‘z so‘zlariga aylantiradi. Badiiy asarlar o‘quvchilar lug‘atini va nutqini
boyitishda eng ishonarli manba hisoblanadi. Ona tili darslarida badiiy asarlar
bilan
tanishish, tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar lug‘ati ma’lum mavzular
bo‘yicha ham boyib boradi.
Yozma savodxonlikni oshirish borasidagi yana bir usul “Imlo lug‘ati”
bilan ishlashdir. “Imlo lug‘ati” bilan ishlash o‘quvchilarni to‘g‘ri yozishga
o‘rgatishning muhim vositalaridan hisoblanadi.Ta’limning bu turi o‘quvchilarda
kuzatuvchanlikni tarbiyalaydi, ularning nutq madaniyatini,
fikrlash qobiliyatini
o‘stradi, lug‘at boyligini kengaytiradi, o‘quvchilarda savodli yozish malakasini
takomillashttiradi. “Imlo lug‘ati” bilan ishlashga alohida e’tibor berilishi kerak.
“Imlo lug‘ati” ustida ishlash alifboni o‘rganish bilan bog‘liq. O‘quvchilar
alifboni yaxshi o‘rganib olgach “Imlo lug‘ati” bilan ishlashga o‘tiladi. Bunda
ko‘roq imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Masalan, allaqaysi,
allaqayer, parvona, vazifa, insof kabi so‘zlar tanlanadi. O‘quvchilarda “Imlo
lug‘at’’ bor-yo‘qligini aniqlanadi, kimda lug‘at bo‘lmasa, tayyorlab qo‘yilgan
lug‘at beriladi. Darsda “allaqaysi” so‘zini toppish topshirig‘i berilsa, o‘quvchi
alifboni yaxshi bilsa, tezda topadi va yozisho‘qishni yaxshi o‘zlashtirib oladi.
Bunda shunday xam bo‘ladi-ki o‘quvchi ayrim so‘zlarning
birinchi harfini
bilmaganligi uchun qiynaladi. Bu ko‘proq p yoki f , x va H xarflarini bilan
boshlanuvchi so‘zlarda kuzatiladi. Mashqlarning bu turi, bir tomondan,
o‘quvchilarni alifbodan foydalanishda o‘rgatsa,
ikkinchi tomondan, topilgan
so‘zlarning yozilishini esda saqlab qolishiga yordam beradi. Har bir o‘quvchi
savodxonlikni oshirishda imlo lug‘atidan foydalanishi juda muhim. Lug‘at
daftarlarini yuritish ham ijobiy natija beradi. Uyga vazifalar ham ko‘proq imlo
bilan ishlashni ko‘zda tutsa, bu savodxonlikni oshirishda yaxshi samara beradi.
Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishdaginyana bir usul
“Lug‘at doskasi” dir. O‘quvchilarning savodxonligini oshirishda “Lug‘at
doskasi”dan ham keng foydalaniladi.O‘quvchilarning yozma ishlarida
ko‘pincha xato yozilgan so‘zlar, yozilishi haar xil bo‘lgan so‘zlar, Ruscha va
internotsional so‘zlar “Lug‘at doskasi” orqali o‘rnatiladi va har haftada yangilab
turiladi. O‘quvchilar ko‘proq qo‘shma otlarda
adashishlarini inobatga olib,
mashqlarni shunga qaratish kerak. Masalan: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh,
ko‘zoynak, nosqovoq kabi. Bugungi kunda texnika tez sur’atlar bilan rivojlanib
borayotganligi sababli boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni ham yozib
yuborish talab etiladi. Masalan: akademik, akkordeon, aksionerlik,
kalkulator,
kaleydoskop.
Yozma savodxonlikda “Xatolarni tuzatish” usuli alohida o‘rin tutadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning yozma ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormaasa,
o‘quvchi kekyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi yoki beparvo qaraydi.
O‘quvchi o‘zining har qanday yozma ishi o‘qituvchining e’tiborida bo‘lishini
sezib turishi kerak. Bu o‘quvchiga ruhiy dalda beradi. Xatolarni tuzatishga
o‘quvchining o‘zini jalb qilish kerak. Sinfda bajarilgan mashqlar shu yerning
o‘zida o‘qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o‘quvchi o‘z yozganlarini
tekshiradi va xatolarini tuzatadi.
Dostları ilə paylaş: