67
yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmagil. Bir kishiga bir yaxshilik
qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat etadi,
sening ko‘nglingga ham undan ziyodroq shodlik va yozish xuramlik
etishur. Demak, bu jahonda yaxshilik va yomonlik mukofoti, albatta,
etgulsidur. Yaxshilikning yaxshilik bilan qaytishi ayni haqiqatdir.
Kaykovusning kundalik turmushdagi xulq-odob qoidalariga oid fikrlari
asarning “Majoz” (hazil-mazah) qilmoq, shatfanj (shaxmat), nard
o‘ynamoq zikrida”, “Shikorga (ovga) chiqmoq zikrida”, shuningdek,
ovqatlanish,
dam olish, hammomga borish, mehmondorchilik, sharob
ichishga bag‘ishlangan boblarida bayon qilingan bo‘lib, hozirgi paytda
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bunday xulk-odob qoidalari
inson kamolatini ko‘rsatuvchi sevgi va muhabbat, do‘st tanlash va
dushmandan
saqlanish masalalarida, ayniqsa, namoyon bo‘ladi. “Ishq
va uning odatlari zikrida” bobida Kaykovus ishqda yanglishmaslikni,
latif ta’b bo‘lishni manzur ko‘radi.
Kaykovus inson tarbiyasiga katta e’tibor bergan, axloqiy yuksak
insonni tarbiyalash mezonlarini ham ko‘rsatib o‘tgan. U axloqlilikning
birinchi belgisi suhandonlik deb biladi, suhandonlik (notiqlikda rost
so‘zlash kerakligini ta’kidlaydi. U so‘zlarni to‘rt xilga bo‘dgani kabi
odamlarni ham to‘rt xilga bo‘ladi: birinchi xil kishilar ko‘p narsani
biladi va yana belgisi kelaveradi. Bular Olimlar bo‘lib, ularga bo‘ysunish
kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat qiladi, ular
qobil kishilar bo‘lib, bunday kishilarga o‘rgatish kerak. Uchinchisi,
bilganini ham bilmaydi, uyquda yashagandek ularni uyg‘otish kerak.
To‘rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini tan olmaydi. Bular johil kishilar
bo‘lib, ulardan qochish kerak, deydi.
So‘zlarning esa - birinchisi - bilinmaydi va aytilmaydi;
ikkinchisi
aytila digan va biladigan; uchinchisi - ham bilinadi, ham aytishga, bi-
lishga zarurati yo‘q. Ammo aytsa ham bo‘ladi. To‘rtinchisi - bilinadigan
va aytilmaydigan. Eng yaxshisi to‘rtinchisi, ya’ni bilinadigan va
ayttilmaydigani, deydi. So‘zlaganda andishalik bo‘lish, sovuq so‘zli
bo‘l maslik, kam gapirish, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so‘zini
diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlaydi.
Uning axloqiy qarashlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan bosh-
lanadi. Unda Kaykovus “Qur’on” va “Hadis”lardagi talablardan kelib
chiqqan holda o‘zining nuqtai nazarini bayon qiladi: “o‘z farzanding
sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida
68
shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida nima ish qilsang, far-
zanding ham sening haqingda shunday ish qilur, chunki odam mevaga,
ota-ona daraxtga o‘xshaydur”, deydi.
Kaykovus oilada otaning vazifasi va
burchiga alohida ahamiyat
beradi. Farzand tugilganida avvalo unga yaxshi ot qo‘yish, undan so‘ng
aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda
kasb va hunar o‘rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi yana
o‘z farzandiga adab ham o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi. U ilm, hunar
va odabni farzandga meros qoldirish har bir otaning farzandi haqqini
bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o‘z farzandlariga
nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishini talab etadi. Lekin bolalarni jazolashni
otaning o‘zi emas, murabbiy tomondan bajarilishini istaydi. Chunki
otaning o‘z qo‘li farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qiladi.
Lekin otadan farzand hayiqib tursin, agar
u hayikmasa ota-onani xor
qiladi, deb ta’lim beradi.
U Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib
toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urushmaslik;
hasadchi kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik; riyokor, ikki
yuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik; yolg‘onchi kishi bilan muomala
qilmaslik; bahil bilan suhbatda bo‘lmaslik; g‘ayr, dushman kishi bilan
sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o‘tirmaslik; kishilarga sir
aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakat
qilish; biror kishini ortiqcha maqtash
yoki ortiqcha yomonlamaslik,
muxtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorninig
gunohini avf etish kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga
buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida
har bir daqiqada bunday xatti-harakatlarga duch keladi.
Dostları ilə paylaş: