69
Qilich Sipohsolorbekning nomiga atab yozilganligi manbalarda
keltiriladi. Uning yozilgan vaqti taxminan XII asr boshlariga to‘g‘ri
kelishi ta’kidlanadi.
“Qutadlg‘u bilig” kabi Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”
asari ham Qoraxoniylar hukmronligi davrida mamlakatning ma’naviy
hayot darajasini ko‘tarishga xizmat kilish maqsadida yozilgan. Uning
mazmuni ham didaktik xarakterga ega. “Hibbat ul-haqoyiq”
asari
mundarijasining o‘ziyoq buni ko‘rsatib turadi. Asar o‘n to‘rt bobdan
iborat. Dostonning dastlabki to‘rt bobi an’anaga ko‘ra muqaddima
bo‘lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlangan. Bu boblarda, asosan,
bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi,
sahovat va bahillik, kamtarlik hamda
axloqlilikning eng muhim
xususiyatlari tarannum etiladi.
Axmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ham markaziy
o‘rinda inson, uning har tomonlama etuk qilib tarbiyalash masalasi
turadi. Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barka-
mol etishning asosiy belgisi
bu uning xushhulqligidir, deyiladi. Shu-
ning uchun adib asarda axloqiy tarkibiy qismi sanalgan tilni tiyish,
mol dunyoga muhabbat qo‘yishning oqibatlari, sahovat va bahillik,
kamtarlik, jinoyat yo‘lidan
saqlanish haqida, harom va halollikning
farzlari, ularni bir-biridan farqlay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muhim
masalalar ustida fikr yuritadi.
Ahmad Yugnakiy inson axloqliligini ko‘rsatuvchi muxim belgilardan
birinchisi til odobi deb biladi. Insonda ikki narsa bo‘lsa unga muruvvat
yo‘li yopiladi, deydi adib: biri behuda so‘zlarni ko‘p gapirsa, ikkinchisi,
uning so‘zlari yolg‘on bo‘lsa. Shunga ko‘ra adib yolgon va ko‘p
so‘zlashning oldini olish yo‘llarini bayon etadi:
Yolg‘onchi kishidan o‘zingni uzoq tut, sen umringni to‘g‘rilik bilan
kechir, og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri so‘zla,
dilingni beza, deb to‘g‘ri so‘zni asalga, insonni davolovchi shifoga
o‘xshatadi. Adib to‘g‘ri so‘zlash bilan birga,
sir saqlash haqida ham
foydali maslahatlar beradi. Inson sir saqlay olishi kerakligi, hatto
do‘stta ham sir aytsa, siri oshkor bo‘lishi mumkinligi, chunki kishining
o‘zida saqlanmagan sir boshqada ham saqlanishi mumkin emasligini
ishonarli misollar bilan tushuntiradi.
Asarning to‘rtinchi bo‘limi sahovat va bahillik oqibatlariga bag‘ish-
langan. Ahmad Yugnakiy ham boshqa mutafakkirlar
kabi sahovatni
70
eng ezgu insoniy hislartlardan deb biladi. Sahiylar hamma tomondan
ulug‘lanishi, dunyoda inson faqat yaxshi va nuqsonsiz nom qoldirishi
mumkinligini ta’kidlar ekan, qo‘llar ichida in’om beruvchisi baxtli
(qo‘l)dir, o‘zi olib, boshqalarga bermagan (qo‘l) qo‘llarning qutsizdir,
deydi. Baxillikni adib davolab bo‘lmaydigan kasallikka o‘xshatadi.
Ahmad Yugnakiy sahiylikni kamolat belgisi deb tushuntiradi. Sa-
hiylikka bahillik, ochko‘zlik qarama-qarshi qo‘yiladi, boylik to‘plab,
emay-ichmay, boshqalarga bermay yashagan kishilarning mol-dunyosi
oxiri do‘stga emas, dushmanga buyurishini quyidagicha yoritadi:
Taturmas oshin-da tuz do‘stina, o‘lur qolur axir sir dushmani. Ahmad
Yugnakiy kamtarlik ham inson etukligini ko‘rsatuvchi hislatlardan
bo‘lib, kibrlilik va xarislik
insonni tubanlashtiradi, deydi. Kim o‘zini
manman deb, o‘zini baland tutsa, uni hech kim hurmat qilmaydi,
tavoze’-kamtarlik, muloyimlik insonning xusni deb biladi.
U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon illatlardan soqit bo‘lish
yo‘llarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to‘plashga mukkasidan
ketgan kishilarga mo‘‘tabar, mo‘‘tadil hayot kechirishni maslahat beradi
va kishilarni sabr-toqat, qanoat, tinch-totuvlikka undaydi:
Balo keyasa sabr et, farraodka kutub,
Kutub tur farrakka balo-ranj yutuk.
O‘char mahnat o‘ti, kechar navbati,
Qolur sabr idish savobin tutub.
Ahmad Yugnakiy
kishi gunoh qilsa kechirish, g‘azab o‘tini iloji
boricha o‘chirish zarur, deydi. Shoir boshqalar bilan ehtiyot bo‘lib
muomalada bo‘lish, foydasiz tortishuvlar ulug‘larning g‘azabini keltirsa,
kichiklarning hulqini buzadi, deydi. U kishilarni, ayniqsa, amaldorlarni
martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo‘lishga chaqiradi. Mavqeyni
suiiste’mol qilmaslikni nasihat qiladi.:
Ulug‘lukka tegsang enshlma o‘zing.
Qorli keysang atlas unutma bo‘zung. (Ulug‘likka
etishsang yang-
lishma, agar atlas kiysang, bo‘z kiyganingni unutma).
Adib do‘st-dushmanning farqiga etish, yaxshi kishilarni do‘st tutish,
do‘st tanlashda xato qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi. Shuningdek, doim
yaxshi kishilar bilan hamkor bo‘lishni, kishining o‘zi ham ezgu, yaxshi
ishlar qilib yashasa, yaxshi natijaga erishishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Ayo ed gu umgon esizlik qilip.
Tikan eylagan er uzum bichmas ul. (Ey, yomon qilib yaxshilikdan
71
umidvor bo‘luvchi, tikan izlagan (qidirgan) kishi hech uzum uzmaydi),
deydi.
Shuning uchun ham Axmad Yugnakiy kishilarga yaramas ishlar
qilmaslik, tinch va farog‘atda yashash, halol bo‘lish, ochko‘z-suq
bo‘lmaslik, haromdan saqlanish kabi hayotiy pand-nasihatlarni beradi.
Dostları ilə paylaş: