Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

Zohiriy ruknlar
:
1. G’iybat, yolg‘on, bo‘hton, behuda so‘zdan tilni tiyish.
2. Nojo‘ya, nomaqbul so‘zlardan qulokni berkitish.
3. Ko‘rish nojoiz narsalardan ko‘zni yumish.
4. Harom narsalardan qo‘lni tortish.
5. Borish man qilingan joylardan oyoqni tortish, gunohga sabab 
bo‘ladigan tannozlik, gap tashish, ziyon-zahmat ishlarga qadam 
qo‘ymaslik.
6. Harom ovqatdan og‘izni, zinodan a’zoni berkitish. 
Botiniy ruknlar
:
1. Sahovat.
2. Kamtarlik (tavoze’).
3 .Qanoat.
4. Avf va marhamat.
5. Kibr va g‘ururni tark etish.
6. Kibr (ko‘ngil) dunyo tashvishlaridan tozalanib, do‘st (xudo) mu-
habbatining makoniga, ishq sultoni o‘tiradigan taxtga aylanishi.
Asarda keltirilishicha futuvvat sharti 71 ta bo‘lib, uning 48 tasi 
vujudiy, 23 tasi azaliydir.
Vujudiyga:
islom, imon, aql, ilm, halm (halimlik), vara’ (parxez), 
sidq, karam, muruvvat, shafqat, ehson, vafo, hayo, tavakkul, shijoat, 
g‘ayrat, sabr, istiqomat, nasihat, nafs, tahorat, oliyhimmatlilik, sirni 
yashirish, rahmdillik, shariat rioyasi, amri ma’rufni bajarish, ota-ona 
hurmatini bajo keltirish, ustoz xizmatida bo‘lish, hamsoya haqqini 
ado etish, tilga faqat savobga qaratilgan kalomni keltirish, ko‘p 
bilib, oz gapirish, ya’ni bilim mo‘lligidan sukut saqlash, halollikning 
talab etilishi, salom odobini bajo keltirish, yaxshilar va poklar bilan 
suhbatlashish, oqillar bilan suhbatlashish, shukr qilish, mazlumlarga 
yordam, etim-esirlar, yolg‘iz kishilar holini so‘rab turish, fikrat (o‘y-
fikr, andisha) va ibrat ko‘rsatish, ixlos bilan amal qilish, omonatga 
hiyonat qilmaslik, shaytoniy nafsga qarshi dushmanlik ko‘rsatish, insof 


101
chizig‘idan chiqmaslik, rizo-rozilik hissini yo‘qotmaslik, kasallarni 
ko‘rishga borish, nokaslardan uzoqda turish, doimiy zikr bilan band 
bo‘lish (xudoning nomini tilga olib turish) kabilardir.
Futuvvatning barcha qoida-nizomlari ustoz yordamida sinovdan 
o‘tgan va bel bog‘lash shartlari, shogird tushish shartlari bajarilgach, 
jamoaga qabul etilgan. Asarda eng muhimi, tariqat ahlining odobi 
haqidagi fasllardir. Unda tariqat ahlining ko‘nglini asrash, ko‘z, quloq, 
til, og‘iz, qo‘l va farq (tanosil a’zosi)ni saqlash odobi, tariqat ardobi 
va ularning toifalari odobi, taqyadorlar (xonaqo) odobi, o‘tirish odobi, 
suhbat odobi, mehmon kutish, yo‘lda yurish, salom berish odobi, kasal 
ko‘rishga borish, janoza, ta’ziyaga borish odoblari, kasb-kor, savdo-
tijorat odoblari, ma’rakaga borish odoblari bayon etilib, turmush odobiga 
oid har bir xatti-harakatning uslubi ham o‘z ichida bayon etilgan. 
So‘ng turli kasb egalarining odobi, faoliyati ta’riflangan. Yuqoridagi 
javonmardlar qoida, talablaridan, umuman, tajribalardan hozirgi davrda 
qanday foydalanish mumkin, degan fikr tug‘iladi. Ta’lim-tarbiyada 
o‘rin-o‘rni bilan bu talablarni singdirib borish, ularning hozirgi davrga 
moslaridan tanlab olish juda muhim. Zero, Koshifiyning bu asari o‘z-
o‘zicha paydo bo‘lmagan, albatta. Javonmardlik haqida ko‘p ta’limiy-
axloqiy asarlarda bayon etilgan. Xususan, Kaykovusning “Qobusnoma” 
asarining oxirgi 44-bobi ham javonmardlikka bag‘ishlangan.
Xusayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy” asarini tojik 
olimi Qurbon Vose’ tojik tiliga va o‘zbek olimi N.Komilov uning 12 
bobidan 7 bobini o‘zbekchaga tarjima qildilar.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin