Shukurullo mardonov umida zokirova


Oliy ta’limdan keyingi ta’lim



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
(12-modda). Oliy ta’limdan keyingi 
ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. Oliy ta’limdan 
keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish 
maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar 
olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va 
mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. 
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophe (PhD) 
ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajral-
gan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar 
ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’liman keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Sciyence (DSc) ilmiy darajasiga 
da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil 
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi 
bo‘yicha oliy ta’liman keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy 
unvonlar berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim 
tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonun 
hujjatlarida belgilangan. Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish 
muddati qonun hujjatlarida belgilanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


144
(13-modda). Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va 
kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga 
oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning 
zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar-
ning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadr-
larning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari 
va muddatlari tegishli davlat ta’lim talabalari bilan belgilanadi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin