188
ma’naviy-estetik tarbiyalash jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli
hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ajdodlar badiiy merosi asosida
ma’naviy-estetik
tarbiyalash shakllari, usullari, vositalari, o‘qitish
usullari va uslublari turlicha bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar uchun ma’ruza
materiallari bo‘yicha topshiriqlar, ma’naviy-estetik tarbiya tarkibdagi
nazariy-pedagogik, amaliy-uslubiy ishlar aloqador-ligi va uyg‘unligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Ajdodlarimizning badiiy merosidan
“abadiy qadriyatlar” sifatida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik
tarbiyalashda “ijtimoiy maydon”, milliy san’at
qadriyatlari sifatida
foydalanishni taqozo qiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash metodologiyasi,
tushunchasi va etakchi g‘oyasi. Ajdodlarimizning milliy-badiiy merosi
asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda uslubiy
va pedagogik asoslar quyidagilardan iborat: davlat ta’lim siyosatida
ta’lim oluvchilarni ma’naviy trabiyalash to‘g‘risidagi metodologik
qarorlar, Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlaridagi talabalarni
ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha uslubiy qoidalar; xalq pedagogikasida
ta’lim
konsepsiyasi; Sharqning buyuk mutafakkirlari, zamonaviy
olim-pedagoglarning tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari; ta’lim nazariyasi
- oliy ta’limda tarbiya, shaxs nazariyasi,
motivatsiya asosda shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya; pedagogika metodologiyasi - emotsional-
hissiy darajadagi materialistik dialektika va anglash nazariyasi; tarbiya,
psixologiya, pedagogika, estetika, san’atning zarur materiallariga
kompleks yondashishga oid tegishli qoidalar, uslubiy va didaktik
tamoyillar; bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik
tarbiyalash
nazariyasining ushbu tarbiyaning kasbiy-shaxsiy amalga oshirish bilan
bog‘liqligi hamda anglash va o‘zini o‘zi tarbiyalash empirik metodlarning
o‘zaro bog‘liqligi; talabalarni kelgusi kasbiy-shaxsiy tarbiyaviy ishlarga
– ma’naviy-esttetik tarbiyalash.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash konsepsiyasi
quyidagi asosiy qoidalardan iborat: bo‘lajak pedagogik kadrlarni
ma’naviy-estetik tarbiyalash oliy ta’lim tizimi uchun, shu jumladan,
pedagogik ta’lim uchun juda muhim va dolzarb muammo; bo‘lajak
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash muhim ijtimoiy-pedagogik
xarakterga ega, sababi dalat ta’lim
siyosatida, Sh.M. Mirziyoyevning
nutq va ma’ruzalarida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim
oluvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy etuk
189
shaxs qilib tarbiyalashga ustuvor o‘rin berib kelinmoqda. Bo‘lajak
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash pedagogik fanlarni
o‘rganish jarayonida (tizimida) (o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik va bir-
birini to‘ldirish) amalga oshiriladi va bunda ajdodlarning milliy badiiy
merosi - ma’naviy-estetik qadriyatlariga asoslanadi hamda shaxsga
yo‘naltirilgan pedagogika, nazariy-pedagogik asoslar, ta’limdagi yangi
yo‘nalishlar va innovatsiyalardan mo‘ljal olib, o‘zbek xalqining tarixiy-
madaniy
merosidan foydalanib, sifatli pedagogik kadrlar tayyorlash
takomillashtiriladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning etakchi
g‘oyasi. Tarbiyaning asosiy qonunini “keksa avlodlarining ijtimoiy
tajribasini majburiy va zaruriy ravishda o‘rganishni taqozo qiladi,
chunki u yosh avlodni jamiyat hayotiga qo‘shishni va avlodlar
o‘rtasidagi davomiylikni,
jamiyatni, shaxsni qo‘llab-quvvatlashni va
har bir insonning muhim kuchlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi”
[141, 93]. Ushbu qonun asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-
estetik tarbiyalash tartibi, xususiyatlari va mazmuni, uning ijtimoiy
yo‘nalishi, shaxsiy yondashuvi, pedagogika OTM talabalarini
ma’naviy-estetik tarbiyalashga oid etakchi g‘oyasi shakllantirildi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy-badiiy qadriyatlar
asosida tegishli
kasbiy va shaxsiy ma’naviy-estetik tarbiyalash omili sifatida bo‘lajak
mutaxassislarning pedagogik tayyorgarligi takomillash-tiriladi.
Kerakli glossariy (lug‘at) - bu aniq “konseptual makon”dir. Quyidagi
tushunchalar ko‘rib chiqiladi va integratsiyalashtiriladi: “ma’naviyat:
vazi falari, mohiyati”, “ma’naviyatning tuzilishi, uning tarkibiy qism-
lari”, “ma’naviy hayot”, “ma’naviy rivojlanish”, “ma’naviy tarbiya”,
“ma’naviy-estetik tarbiya”, “bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-
estetik tarbiyasi”, “estetika”, “estetik qadriyat”, “estetik madaniyat”,
“badiiy qadriyat”, “badiiy meros”, “abadiy qadriyatlar”, “milliy-badiiy
meros”.
Talabalar - bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning
maqsadi, vazifalari, motivi, rag‘batlari, mazmuni, manbalari.
Dostları ilə paylaş: