253
mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham
ko‘chsa, bizning pedagogikamiz olga qarab dadil qadam bosgan bo‘lar
edi.
Bu borada Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan taklif
qilingan ta’lim tizimining innovatsion klasteri e’tiborga molik.
Albatta, ta’limga
har qanday yangilik, o‘zgartirish jiddiy tahlillar,
tajribalar asosida kirib keladi. “Zo‘rlab tiqishtirish”
bizning uslubiyot
emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo‘l
qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli ham, har bir pedagog, har bir tadqiqotchi
maorifimiz uchun jon kuydiradigan,
elim deb, yurtim deb kuyib
yonadigan bo‘lmog‘i, “o‘z shaxsiy manfaatlarim
uchun davlat menga
nima berdi emas, balki men davlat ravnaqi uchun nima qildim” degan
mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz kerak.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va
maorif taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini sharhlab bering.
2. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi “ta’limni
tabaqalashtirish” usullarini izohlab bering.
3. AQSH da ta’lim tizimi qanday tuzilishga ega ?
4. AQSH ta’lim tizimi qanday xususiyatlari bilan O‘zbekiston
ta’lim tizimidan farq qiladi ?
5. Yaponiya ta’limining shakllanishi va uning o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘rsating.
6. Yaponiyada ta’lim tizimi va uning
tarkibiy qismlarini izohlab
bering.
7. Yaponiyada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izohlang.
8. Fransiya ta’lim tizimini ilg‘or jihatlari nimalarda namoyon
bo‘ladi ?
9. Germaniya ta’lim tizimini izohlab bering.
10. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizmidagi o‘zaro uyg‘unlik jarayonini izohlang.