V. S. Raxmanova


O‘xshash tovushni talaffuz ettirib turib, mexanik usuldan



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
defektologiya asoslari

O‘xshash tovushni talaffuz ettirib turib, mexanik usuldan 
ham foydalanish.
Logoped bola to‘g‘ri talaffuz qila oladigan 
o‘xshash tovushni nutq apparati organlarining holatini tegishli as-
bob (shpatel, logopedik zondlar) yordamida o‘zgartiradi. Agar bo-
laga masalan, «k» tovushini to‘g‘ri talaffuz etishini o‘rgatmoqchi 
bo‘lsak, biz unga ta – ta – ta kabi bo‘g‘inlarni takrorlash vazi-
fasini beramiz. Bunda til uchi pastki tishlarga tegib turishi ke-
rak. Bola shu bo‘g‘inlarni talaffuz etayotgan vaqtda logoped 
shpatel yoki zond yordamida til uchini asta bosib, tilni og‘iz 
ichkarirog‘iga itaradi. Bunda asta-sekin ta – tya – kya – ka – ka 
kabi tovushlar chiqadi. Shuningdek, «d» tovushining talaffuzidan 
foydalanib «g» tovushini, «s» tovushidan foydalanib «x» tovushi 
talaffuzini yo‘lga qo‘yish mumkin. 
Aralash usul.
Bu usul taqlid mexanik usulni va tushunti-
rish ishlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, «s» tovush talaffuzi 
o‘rgatilayotganda logoped til, tish, lablar qanday holatda bo‘lishi 
kerakligini bolaga tushuntiradi. Bola bunga tushunsa ham, lekin 
ixtiyoriy harakat malakasi yaxshi rivojlanmaganligi tufayli tilni 
kerakli holatga keltira olmaydi, «tili kelishmaydi». Bunda biz 
shpatel bilan yordam beramiz.
Tovushlar avtomatizatsiyasini o‘tkazishda dastlabki bosqich-
larda sodda yopiq bo‘g‘inlar, so‘ng ochiq, keyin esa murakkabroq 
bo‘g‘in bo‘lishi mumkin. Lekin bolaning yoshiga, talaffuzidagi 
kamchiligining xarakteriga qarab, mashq muddati har xil bo‘lishi 
mumkin.
Logopedik mashg‘ulotlar bir haftada kamida uch marta 
o‘tkazilishi kerak. Logopedik mashg‘ulotlar uchun material tan-


85
lashda oddiydan murakkabga o‘tish prinsipiga asoslanish zarur. 
Bunda logoped fonetik talablarni doimo hisobga olib borishi ke-
rak. Eng oldin talaffuzi fonetik jihatdan oson tovush o‘rganiladi. 
Differensiatsiya bosqichida, eng avval, artikulatsiya jihatidan bir-
biridan uzoq tovushlar, so‘ngra yaqin, o‘xshash tovushlar ustida 
ish olib boriladi.
Tovushlar avtomatizatsiyasi o‘tkazishda dastlabki bosqichlar-
da sodda yopiq bo‘g‘inlar, so‘ng ochiq, keyin esa murakkabroq 
bo‘g‘inlar beriladi. Ularning talaffuzi o‘zlashtirilgandan so‘ng 
sodda so‘zlar, gaplar talaffuziga o‘tiladi va hokazo. Masalan, lo – 
la, ol – ma, gi – los, ix – los va hokazo. Agar bolada polimorf 
talaffuz defekti bo‘lsa, bunday bolalar bilan bir nechta tovush 
talaffuzini bir vaqtning o‘zida bartaraf etish ustida ish olib bo-
rish mumkin. Eng avval o‘zining artikulatsiyasi bilan bir-biridan 
uzoq turadigan keskin farq qiladigan tovushlar ustida ish olib bo-
riladi. Masalan, «r», «s», «y» tovushlar bir-biridan talaffuz jihat-
dan keskin farq qiladi. Shuning uchun bu uch tovushni bir vaqtda 
o‘rgatish mumkin.
Lekin bola «s», «sh», «l», «r» tovushlarini noto‘g‘ri talaffuz 
qiladigan bo‘lsa, «s» va «sh» yoki «l» va «r» tovushlari talaffuzi-
ni bir vaqtda tuzatish mumkin emas, chunki o‘xshash tovushlarni 
bola bir-biri bilan almashtirib yuboradi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin