92
Normada «r» tovushining hosil bo‘lishida artikulatsion apparat
faol ishtirok etadi. Bu tovush talaffuzida lablarning qanday shaklga
kelishi «r» dan keyingi unli tovushga bog‘liq. Agarda «r» dan keyin
«i» tovushi keladigan bo‘lsa, lablar «kulib» turadi.
Tishlar o‘rtasida ma’lum oraliq bo‘lishi lozim. Til qoshiqcha
shaklini oladi. Til yonlari yuqori jag‘ tishlariga tegib turadi.
Oldingi qism esa alveolalarga tegib turadi va kuchli havo
oqimi ta’sirida tebranadi. Yumshoq tanglay ko‘tariladi-da, ovoz
boylamlari jipslashib ovoz hosil qiladi.
Logopedik amaliyotda rotatsizmning quyidagi turlari uchrab
turadi:
1. «R» tovushini umuman talaffuz etolmaslik – taroq-taoq,
Dostları ilə paylaş: