V. S. Raxmanova


«L» tovushi talaffuzini yo‘lga qo‘yish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
defektologiya asoslari

«L» tovushi talaffuzini yo‘lga qo‘yish
Logopad oynaga qarab turib logopedning ko‘rsatganini taqlid 
yo‘li bilan bajaradi. Bunda logoped tilni keng yoyib tishlar orasiga 
qo‘yadi. Shu holatda bolaga «a» yoki rus tilidagi «o‘» unlilari ayt-
tiriladi. Bunda logoped harakatlarni yaxshilab tushuntirib beradi.


96
Shu holatda aytilgan «a» yoki «o‘» tovushi «e» tovushiga 
o‘xshab ketadi. Lekin logoped buni bolaga aytishi kerak emas, 
chunki bola oldin noto‘g‘ri talaffuz etib yurgan «l» tovushiga 
o‘tib ketadi.
Agar bola yuqorida aytib o‘tilganlarni bajara olmasa shu 
mashqlarda qiynalsa, havo oqimini tilning yon tomonlaridan 
chiqara olmasa, og‘iz bo‘shlig‘ini kerakli shaklga keltira olmasa, 
bola bilan quyidagi tayyorlov mashqlari o‘tkaziladi.
Logoped keng yoyilgan tilini tishlab, lunjlarini bo‘rttirib 
turib puflashi kerak. Bola puflashni o‘rgangandan so‘ng xuddi 
shu mashqni ovoz chiqarib turib bajaradi. Natijada shovqin ar-
alash «e» tovushi hosil bo‘ladi. So‘ngra «l» tovushi bo‘g‘in va 
so‘zlardagi talaffuzi avtomatlashtiriladi. Avtomatizatsiyalashtirish 
davomida shovqinsiz «L» tovushi hosil bo‘lishiga asta-sekin eri-
shiladi. Bu ishni «al» kabi yopiq bo‘g‘inlar talaffuzini mashq 
qilishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunday bo‘g‘inlar ta
-
laffuzi o‘zlashtirilgandan so‘ng «al-a» so‘ngra «la» bo‘g‘inlari 
ustida ish olib boriladi. Keyingi bosqichlarda (Ali) so‘zidagi «i» 
tovushi, «o» va «o‘»lardan tuzilgan bo‘g‘inlar ustida ish olib bo-
riladi. Masalan, «ala», «ali», «alo, «alu», «la», «lu», «li» vujudga 
keltiriladi.
«L» tovushini to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatishda bolani havo 
oqimini yon tomonlardan chiqara bilishiga o‘rgatish juda qiyin 
bo‘ladi. Ayniqsa «l» tovushini «n» tovushi bilan almashtirilishini 
yengish qiyin. Logoped maxsus zond yoki shpatel bilan til ning 
yon qismlarini bosib turib, til uchini yuqori tishlarga tekkazib 
turadi. Bu holda havo oqimi tilning yon qismi bilan yuqori jag‘ 
tishlari o‘rtasida hosil bo‘ladigan yo‘ldan o‘tadi. Zond o‘rniga 
qalam yoki plastmassadan tay yorlangan tayoqchani qo‘llash 
mumkin. Agar «l» tovushi «v» bilan almashtirilsa, logoped past-
ki labni zond, shpatel yoki barmog‘i bilan tushiradi. Shunday 
usul bilan paralambdatsizm tuzatiladi. «L» tovushi o‘zbek tilidagi 


97
«v» tovushining tusini qo‘shib turib talaffuz etilishi ham mum-
kin, masalan: lampa-vampa.
Bu kamchilikni ham lablarning cho‘chchayishiga yo‘l 
qo‘ymasdan, ularni kerakli holatga keltirish yo‘li bilan tuzatish 
mumkin.
Burun lambdatsizmida havo oqimini og‘iz bo‘shlig‘idan, til-
ning yon tomonlaridan chiqarishga o‘rgatish kerak.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin