V. S. Raxmanova


Til orqa «K», «G», «x» tovushlari



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
defektologiya asoslari

Til orqa «K», «G», «x» tovushlari 
talaffuzidagi kamchiliklar
«K» tovushining noto‘g‘ri talaffuz etilishi – kappatsizm 
va «k»ni boshqa tovush bilan almashtirilishi parakappatsizm 
deyiladi. «G» tovushi talaffuzidagi kamchilik gammatsizm va 
paragammatsizm, «x» tovushi talaffuzidagi kamchilik esa xitizm 
va paraxitizm deyiladi.
Ularni quyidagi turlari amalda ko‘proq uchraydi.
«K» – «T» (kino-tino, kitob-titob, kurka-turka, kalit-talit).
«G» – «D» (gilos-dilos, gilam-dilam, yigirma-yidirma).
«X» – «K» yoki «x» – «s» (xat-kat, xat-sat). Til orqa tovush-
larida lablar holati keyin so‘zda qanday unli tovush kelishiga 
bog‘liq. Til uchi odatda pastki tishlar orqasida bo‘ladi. Tilni 
o‘rta qismi baland ko‘tarilib, «g», «k» tovushlarida qattiq 
tanglayga tegib turadi. «X» tovushida esa tor oraliq hosil qiladi. 
«G», «k» tovushida kuchli havo oqimi tilning o‘rta qismi va 
tanglay orasidan portlab, «x» tovushida esa sirg‘alib chiqadi. Til 
orqa tovushlari talaffuzida yumshoq tanglay ko‘tarilib turadi. 
«K» – «X» tovushlarida ovoz boylamlari jipslashmay, tebranmay 
turadi. «G» tovushida esa ovoz boylamlari jipslashib tebranadi. 
«K» tovushini to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish uchun: bolaga ta 
bo‘g‘inini ketma-ket ayttiriladi (ta-ta-ta). Shu zahoti til o‘rtasini 
shpatel bilan bosib, orqa surilsa, kya-kya-kya kabi tovushlar, til 
o‘rtasi yanada orqaroqqa surilganida esa ka-ka-ka kabi tovushlar 


98
hosil bo‘ladi. Bola «k» tovushini oldin shpatel yordamida, keyin 
esa mustaqil ravishda talaffuz etishga asta-sekin o‘rganadi. 
Shundan keyin «k» tovushi talaffuzini avval bo‘g‘inlarda, so‘ngra 
so‘z va gaplarda mustahkamlash mumkin.
«G» – «X» tovushlari talaffuzini ham xuddi shu usul bilan 
o‘rgatish mumkin. Ammo «g» tovushini «d» – dan, ya’ni da-da-
da, «x» – tovushini esa «s» tovushidan, ya’ni sa-sa kabilardan 
o‘rgatiladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin