V. S. Raxmanova



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
defektologiya asoslari

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
Dislaliya nuqsonini ta’riflab bering.
1. 
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar nimadan kelib chiqadi?
2. 
Dislaliyaning qaysi turlari, ko‘rinishlari mavjud?
3. 
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar qaysi yo‘llar bilan bartaraf eti ladi?
4. 
Sirg‘aluvchi tovushlar talaffuzida kuzatiladigan kamchiliklar va ular ni 
5. 
bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib, aytib bering.
Rotatsizm va pararotatsizmni ta’riflab bering.
6. 
«L» tovushining noto‘g‘ri talaffuz etilishi va bu nuqsonni bartaraf etish 
7. 
usullari.
Til orqa tovushlarini noto‘g‘ri talaffuzi va uni bartaraf etish usullari.
8. 
Rotatsizm va uni bartaraf etish yo‘llari.
9. 
fonematik eshitish va uni shakllanish yo‘llari.
10. 
6.3. Bola nutqida kuzatiladigan murakkab nutq nuqsonlari
Rinolaliya nuqsonining ta’rifi
Rinolaliya, ya’ni dimoqdan, dimoq bilan gapirish, tovushlar 
talaffuzi va ovoz tembrining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik 
kamchiliklari, o‘zgarishlari natijasida buzilib aytilishidir. Rino-
laliya og‘iz va burun bo‘shliqlari o‘rtasida to‘siq yo‘qligidan yoki 
shu bo‘shliqlar bitib qolganidan kelib chiqadi.
Artikulatsion apparatning tuzilishidagi kamchiliklarga oid 
ma’lumotlar dastlab XIX asr shifokorlarining ilmiy asarlarida 
paydo bo‘la boshladi.


100
V. I. Oltushevskiy nutq kamchiliklarini o‘rganib, adabiyotda 
o‘rgatilgan ma’lumotlarni umumlashtirib nutq kamchiliklarini ta s- 
niflagan va talaffuz kamchiliklarini tegishli guruhlarga ajratgan. 
U artikulatsion apparat tuzilishining buzilishi natija sida kelib 
chiqqan tug‘ma yoki hayot davomida orttirilgan kamchiliklarni 
mexanik dislaliya deb atagan. Rinolaliyaga esa dislaliyaning bir 
turi deb qaralgan.
Rinolaliya nuqsoni olimlar tomonidan ayniqsa keng o‘rganil-
gan. Ularning fikricha, rinolaliyaning oldini olish choralarini ko‘-
rish, korreksion-tarbiyaviy logopediya ish tizimini to‘g‘ri tash kil 
etish, ota-onalarning o‘z bolalarini vaqtida mutaxassis-shifokor, 
logopedga ko‘rsatib davolatishi muhim aha miyatga egadir.
Boladagi kamchilikning turini aniqlash va unga tegishli yor-
dam ko‘rsatish hozirgi logopediya fanining muhim muammo-
laridan bo‘lib hisoblanadi va bola hayotida muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki, nutq jarayonida yumshoq tanglay muhim vazifani 
bajaradi. Burunli tovushlardan tashqari hamma tovushlarning 
talaffuzida burun va burun-halqum bo‘shliqlari orasida tirqish 
hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqlarni bir-biridan ajratib turuvchi 
tirqish tanglay-halqum tirqishi deb ataladi va u ikkita mushak 
guruhining bir vaqtda harakatlanishidan yuzaga keladi. Pardaning 
oldingi qismini yumshoq tanglay va halqumni orqa devorlarning 
mushaklari tashkil etadi. Yumshoq tanglayning ko‘tarilishi 
yumshoq tanglay va halqum yon devorlari mushagining to‘g‘ri 
ishlashiga bog‘liqdir.
Yumshoq tanglay ovoz hosil bo‘lishida ko‘tarilib, bo‘rtib 
chiqadi. Bu bo‘rtiq, ya’ni do‘nglik halqumning orqa devorlari bilan 
birlashadi. Ayni vaqtda, ovoz hosil bo‘lishida yumshoq tanglay 
harakati bilan halqum orqali devorlari o‘z holatini o‘zgartiradi.
Mushaklarning qisqarishi natijasida halqum shilliq qavatining 
yuqori qismi ko‘tariladi va burun-halqumiga ochilish yo‘lida 
ko‘ndalang to‘siq yoki do‘mboqcha hosil bo‘ladi.


101
Buning anatomik asosini halqumning yuqori mushaklari 
tashkil etadi. Yuqoridagi mushaklarning harakati natijasida 
tanglay-halqum tirqishi hosil bo‘ladi.
Talaffuzdagi tovushlarning xususiyatiga qarab, yumshoq 
tanglay turlicha ko‘tariladi va tirqish hajmi ham shunga yarasha 
o‘zgaradi.
Tirqishning hajmiga qarab ovoz kuchi har xil bo‘ladi. 
I.I. Yermakova tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, unlilarni talaffuz 
qilish vaqtida tirqish hajmi katta bo‘lar ekan.
Undosh tovushlar talaffuzida bu tirqish tor bo‘ladi. faqat 
«m» va «n» tovushlari talaffuzida esa bu tirqish umuman hosil 
bo‘lmaydi va havo bemalol burunga o‘tadi. Agarda shu organlarda 
kamchilik bo‘lsa, u yoriq hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi yoki 
umuman burun-halqum yo‘li to‘silib qolishi mumkin. Natijada 
tovushlar talaffuzi o‘zgarib, bu narsa nutq kamchiliklarini hosil 
qiladi. Rinolaliya deb ana shunday nutq kamchiliklariga aytiladi. 
Bunda burun bo‘shlig‘ining rezonatorlik faoliyati yo‘qolib qolishi 
natijasida ovoz, tovushlar talaffuzi noaniq, jonsiz xarakterda 
bo‘ladi, odam manqalanib gapiradi.
Chet el adabiyotidagi ma’lumotlarga qaraganda, tanglay-
lab tuzilishidagi nuqsonlar irsiy sabablarga ham bog‘liq bo‘lishi 
mumkin.
Bolada umuman rinolaliya borligini aniqlash qiyin emas. 
Avvalo, talaffuzning noaniq bo‘lib, bolaning manqalanib gapirishi 
unda rinolaliya borligini ko‘rsatadi. Biroq, rinolaliya ochiq yoki 
yopiq, ikkalasi birga qo‘shilgan aralash holda bo‘lishi mumkin. 
Uning xilini aniqlash uchun og‘zini ochib, artikulatsion nutq 
apparati ko‘zdan kechiriladi. Ochiq rinolaliya tanglayda yoriq 
borligi darhol ko‘zga tashlanadi. Agar bolada yopiq rinolaliya 
alomatlari birga qo‘shilgan bo‘lsa, aralash rinolaliyadir.
Rinolaliya xillarini aniq bilib olish uni bartaraf etishning 
yo‘llarini to‘g‘ri belgilab olishga imkon beradi. Uning xillarini 


102
aniq ajratmay turib chora ko‘riladigan bo‘lsa, bu bolaga foyda 
berishi o‘rniga zarar keltirishi mumkin.
Rinolaliya qaysi holda bo‘lishidan qat’i nazar, u tabiatdan 
organik va funksional bo‘ladi. Bu holatlarni biz quyida alohida-
alohida ko‘rib chiqamiz:

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin