d) BMT Rivojlanish dasturining Inson rivojlanishi indeksi.
1990- yildan
buyon belgilanadi (
2013- yilgacha – Inson salohiyati rivojlanishi indeksi
). Uning
doirasida uchta asosiy ijtimoiy omil: kutilayotgan yashash davomiyligi, ta’lim va
yalpi milliy daromad bo‘yicha ko‘rsatkichlar baholanadi.
So‘nggi e’lon qilingan tadqiqotlarga ko‘ra (United Nations Development
Programme: Human Development Index 2016) MDH mamlakatlari quyidagi
ko‘rsatkichlarga ega:
Davlat
Reytingdagi pozitsiyasi
IRI
Belarus
50
0.798
Rossiya
50
0.798
Qozog‘iston
56
0.788
Ozarbayjon
78
0.751
Ukraina
81
0.747
Armaniston
85
0.733
Moldaviya
107
0.693
Turkmaniston
109
0.688
O‘zbekiston
114
0.675
Qirg‘iziston
120
0.655
Tojikiston
129
0.624
IRIni oshirish bo‘yicha ish rejasida – aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik
(
avvalgisi 1989- yilda o‘tkazilgan
) va multi-indikator klaster tadqiqoti o‘tkazish
bor.
Ijobiy o‘zgarishlar o‘zini namoyon etmoqda. Amaldorlar so‘zlarini real
xatti-harakatlar bilan tasdiqlab qolmay, balki ishlar miqyosini ham ancha
kengaytirmoqdalar. Misol uchun, avvalgi loyihalardan birida ham faqatgina bitta
xalqaro reyting doirasida ancha katta maqsadlar belgilangan edi. Hozir esa ularning
soni to‘qqiztaga yetdi!
Biroq taqdim etilgan «yo‘l xaritasi» loyihasi biroz qo‘shimcha ishlov
berishni taqozo etadi. Muallifning fikricha, mamlakatimiz har bir xalqaro
reyting/indeks bo‘yicha qanday maqsadlarga erishmoqchi ekanligini aniq
228
raqamlarda ko‘rsatgan ma’qul. Shunda ayrim xatti-harakatlarning amalda
bajarilishi bilan emas, balki ayni prognoz parametrlari bilan bog‘langan
muddatlarni ham ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Masalan: «dastlabki bosqichda
O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinligi indeksini 8,5 bandga oshirib, 2018–2019 yillar
davomida o‘rtacha erkin iqtisodiyotga ega mamlakatlar guruhiga kirish» va h.k.
Bu, birinchidan, vazifalar va ularni ijro etish muddatlari haqida aniq
tasavvurga ega bo‘lish, ikkinchidan esa, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan
ishni monitoring qilish samaradorligini yanada oshirish imkonini berar edi.
Jumladan, so‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining
«Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika
samaradorligi» indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga
ko‘tarildi.
O‘zbekiston
Iqtisodiy
hamkorlik
va
taraqqiyot
tashkilotining
«Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari
qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor
qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda
aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va
indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini
mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar
bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 - 2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish
maqsadida qabul qilingan 2020- yil 2- iyunda «O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va
tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish
to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida turli nufuzli
xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarga ma’sul bo‘lgan mutassadi vazirlik va
idoralarga aniq topshiriqlar belgilab berilgan edi. Berilgan topshiriqlar natijasi
ko‘p kuttirmadi va Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi va
boshqa vazirlik hamda idoralar veb saytlarida barcha asosiy moliyaviy, ijtimoiy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlar e’lon qilib borila boshlandi. Bugungi kunda qo‘mita veb-
saytida 20 ta bo‘limda 279 ta jadval ko‘rinishida 2 milliondan ziyod statistik
ko‘rsatkichlar to‘plami joylashtirilgan.
2018-yildan boshlab Xalqaro valyuta jamg‘armasining kengaytirilgan
Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizmidagi 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 422
turdagi O‘zbekiston respublikasining makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy
statistik ko‘rsatkichlar to‘plamlari e’lon qilinib bormoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi
bo‘yicha mavjud bo‘lmagan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, ichki
va tashqi qarzlar hamda boshqa qator statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish yo‘lga
qo‘yildi.
Onalar va bolalar turmush tarziga oid dolzarb sotsial statistik ma’lumotlarni
shakllantirish hamda e’lon qilish maqsadida YUNISEF tashkiloti bilan
229
hamkorlikda 2020-2021-yillarda «Multi indikator klaster kuzatuvlari»ni
o‘tkazish, ushbu maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi
«2020-2021-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasida
multiindikator
klaster
kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda mazkur
tadbirga tayyorgarlik jarayonlari amalga oshirilmoqda, asosiy tadbir shu yilning
birinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirigan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan
2015 - yilda qabul qilingan 2030 - yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish
maqsadlariga qo‘shilgan. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 20-
oktyabrdagi qarori bilan 16 maqsad, 125 ta vazifa tasdiqlanib, ularning ijrosi
doirasida 206 ta indikatorning shakllanishi va e’lon qilib borilishi belgilangan.
Davlat statistika qo‘mitasi, vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab
chiqilib tasdiqlangan, 206 ta indikator to‘liq xatlovdan o‘tkazildi, 110 ta indikator
bo‘yicha metama’lumotlar ishlab chiqildi va tegishli veb-saytga joylashtirildi.
Tasdiqlangan 206 ta indikatordan bugungi kunda mavjud bo‘lgan 117 tasi
bo‘yicha statistik ma’lumotlar shakllantirilib, veb-saytda e’lon qilindi. Milliy
barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha yillik to‘plam o‘zbek, rus va
ingliz tillarida chop etildi hamda BMT taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon
bankining mamlakatimizdagi vakolatxonalariga, BMTning Yevropa iqtisodiy
komissiyasi, Yevropa Ittifoqi vakolatxonalariga taqdim etildi. Mazkur to‘plam
BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi veb-saytida Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib e’lon qilindi.
Prezidentimizning 2019-yil 5-fevralda qabul qilingan Farmoni bilan
mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilandi. Ayni
paytda bu boradagi huquqiy asoslar yaratilib o‘tgan yilning 6 martidan «Aholini
ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi.
Bundan tashqari, xalqaro darajadagi ochiqlikning asosiy mezonlaridan biri–ochiq
ma’lumotlar milliy portali faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ham tadbirlar
amalga oshirib kelinmoqda.
Natijada 60 dan ortiq davlat organlarining takliflari asosida 1473 ta
ma’lumotni o‘z ichiga olgan «Ochiq ma’lumotlar to‘plami ro‘yxati» yangilanib,
tasdiqlandi va shu ro‘yxat asosida ma’lumotlar muntazam yangilanib borilayotir.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida jami
10 mingdan ortiq ma’lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida)
joylashtirilgan.
Bunday natijalar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham munosib baholanayotir.
Masalan, «Open data Inception» tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 70
ta ochiq ma’lumot manbalari bilan ularning soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari
orasida 6-o‘rinni egallab turibdi. Yoki Londondagi Ochiq ma’lumotlar instituti
(ODI) baholash tizimi bo‘yicha «Kumush» (SILVER), Davlat statistika
qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) eng yuqori - «Platina» (PLATINUM)
darajaga erishgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Elektron hukumat kuzatuvi 2020»da
Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High
OGDI) ko‘rsatkichga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy olgan.
230
Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori
ball to‘plagan.
Shuningdek, Ochiq ma’lumotlar reytingida (Open Data Inventory-ODIN)
O‘zbekiston Respublikasi 63 ball to‘pladi va reytingda 125 ta pozitsiyaga
ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.
Yuqorida e’tirof etilgan tadbirlar samarasi Jahon bankining «Statistika
salohiyati indeksi»da o‘z aksini topdi va bugungi kunda mazkur indeks doirasida
3 ta yo‘nalishdagi 25 ta indikatorning 20 tasi bo‘yicha milliy axborot makonida
va xalqaro tashkilotlarning axborot resurslarida statistik ma’lumotlar va ularning
metodologik asoslari e’lon qilinishiga erishildi.
2020-yilning 3-avgustida «O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika
tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Prezident qarori qabul qilinishi bilan milliy statistika tizimini taraqqiy toptirishning
yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Negaki, mazkur qaror bilan mamlakatimiz
tarixida ilk bor statistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar uchun
dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi 2020-2025-yillarda statistikani
rivojlantirishning milliy strategiyasi tasdiqlandi. Strategiyada 6 ta yo‘nalish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, uni
amaliyotga joriy etish maqsadida 200 dan ziyod tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi
«Yo‘l xaritasi» qabul qilindi. Shuningdek, qaror bilan strategiyani amalga oshirish
barobarida, Jahon bankining «Statistika salohiyati indeksi»da mamlakat
pozitsiyalarini yaxshilab borish borasida aniq tadbirlar belgilangan va
erishiladigan natijalar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlangan.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi uch yil davomida amalga oshirilgan ishlar o‘z
samarasini ko‘rsatdi-2020- yil yakuni bo‘yicha mamlakatimiz jahon bankining
«Statistika salohiyati indeksi”da maksimall 100 balldan 67,8 ballni (reja ijrosi
231
ta’minlandi) qo‘lga kiritib, reytingda 61 o‘rinni egalladi. Natijada reytingda
2016-yil hisobotiga nisbatan 62 pog‘onaga, 2019- yil hisobotiga nisbatan esa 16
pog‘onaga ko‘tarilishga erishildi. Umuman 2021-2025-yillar davomida strategiya
doirasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali, O‘zbekiston Jahon
bankining «Statistika salohiyati indeksi»dagi ko‘rsatkichlari bosqichma-bosqich
yaxshilanib boriladi va 2025-yilga borib 94 ballni qo‘lga kiritgan holda reytingda
birinchi 10 talikda joy olishga erishildi.
Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun kelgusida quyidagi muhim
yo‘nalishlarda tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
-
2021-yilda xalqaro tashkilotlar shu jumladan, BMT va Yevropa iqtisodiy
komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan «Rasmiy statistika to‘g‘risida»gi model
qonuni talablari asosida «Rasmiy statistika to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunini qabul qilish;
-
Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqqan
holda tizim faoliyatiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini (GSIM, GSBPM,
GAMSO va NQAF) joriy etish;
-
2021-yil oxirigacha Multiindikator klaster kuzatuvlari (MIKS) natijalarini
qo‘mitaning rasmiy sayti va YUNISEFning axborot bazasida e’lon qilish;
-
MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning
2021-yil ma’lumotlari bo‘yicha xalqaro taqqoslashlar dasturida ishtirokini
ta’minlash natijalari asosida milliy valyutaning xarid qobiliyati paritetini
aniqlash va e’lon qilish;
-
iste’mol narxlari kuzatuvida qo‘llaniladigan tovar va xizmatlar
tasniflagichini xalqaro standartlarga to‘liq muvofiqlashtirish maqsadida HVJ
tomonidan tavsiya etilgan «Maqsadlar bo‘yicha shaxsiy iste’mol tasniflagichi»
talablarini joriy etish;
-
2022-yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasining kengaytirilgan Ma’lumotlarni
tarqatishning umumiy tizimidan (k-MTUT) Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus
standartiga (MTMS) o‘tish;
-
ro‘yxatga olish tadbiri (aholi, qishloq xo‘jaligi va biznesni ro‘yxatga olish)
natijalarini qo‘mitaning rasmiy saytida e’lon qilish;
-
xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan maxsus kuzatuvlarni
(YUNISEF-Multiindikator klaster kuzatuvlari, Xalqaro mehnat tashkiloti - ishchi
kuchi kuzatuvlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti-Demografiya va sog‘liqni
saqlash kuzatuvlari) muntazam ravishda o‘tkazish va natijalarini tegishli idoralar
rasmiy saytlarida joylashtirib borish;
-
veb-texnologiyalarga asoslangan holda hisobotlarni elektron shaklda
onlayn tarzda qabul qilishning zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimi (e
Stat-4,0)ni barcha turdagi statistik xisobotlar bo‘yicha to‘liq ishga tushirish;
-
barcha turdagi tanlanma statistik kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonlariga CAPI,
ya’ni maxsus qurilmalar-planshetlarni to‘liq joriy etish;
-
o‘zgarishlar va erishilayotgan natijalar xususida, Jahon banki
mutasaddilarini xabardor qilib borish.
Yuqoridagi
rejalashtirilgan
tadbirlar
ijrosi,
shak-shubhasiz,
mamlakatimizda zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga to‘liq javob
232
beradigan, taraqqiy etgan ilg‘or milliy statistika tizimini shakllantirishga va o‘z
navbatida, Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”dagi ko‘rsatkichlarimiz
va shu asosda tuziladigan reytingdagi pozitsiyamiz yaxshilanib borishga xizmat
qiladi.
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda «O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va
tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish»
borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur
yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf
etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar keng ko‘lamli bo‘lib, birinchi
navbatda respublikada olib borilayotgan islohotlarning natijasini jahon miqyosida
e’tirof etishga qaratilgan bo‘lsa, eng asosiysi bu harakatlar xalqning farovonligi va
turmush tarzinining yaxshilanishi hamda haq-huquqlarining himoya qilinishi
tizimining yanada yuqori saviyaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar
nafaqat ichki tartib-qoidalar, ya’ni tegishli hukumat organlari va nodavlat notijorat
tashkilotlar tomonidan, balki jahonda tan olingan xalqaro reyting va indekslarning
(mustaqil) identifikatorlaridagi reytinglari asosida baholanib boriladi.
Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuv jarayonini tezlashtirishga, dunyo miqyosida respublikadagi
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amaldagi
natijalarini yaqqol ko‘rsatishga xizmat qilib, rivojlangan davlatlarning
respublikaga turli ko‘rinishdagi investitsiyalar kiritish imkonini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |