236
madaniyatlari va qadriyatlari janubliklar tomonidan o‘zlashtirib olinmoqda, biroq
bir vaqtning o‘zida etnik farqlar va tengsizliklar kuchaymoqda.
Globallashuv
g‘oyasiga ko‘ra yer sayyorasi alohida qit’alar yoki materiklar emas, balki yaxlit
hisoblanadi va umumiy uyimiz deb qaraladi, Shunga ko‘ra insoniyat ta’sirining
ba’zi turlari manbadan uzoqdagi odamlar va muhitga salbiy ta’sir etish yoki butun
sayyora uchun salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin; 4)
jahon iqtisodiyotining
integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynalmillashuv jarayonlari.
DAVLAT
-Hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlar tizimiga ega bo‘lgan
mamlakat. Jamiyatning siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalari, ulardagi
jarayonlarni
shakllantiradigan, rivojlantiradigan, boshqaradigan va millatni
taraqqiyotning yuqori bosqichiga o‘sib o‘tishini ta’minlaydigan
siyosiy
tashkilotidir.
DAVLATCHILIK
– bosh siyosiy hokimiyat va unga bo‘ysinuvchi boshqaruv
tizimi bo‘lib, bu tizim jamiyatning barcha, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy sohalarini o‘z ichiga oladi. Davlatchilik azaliy va abadiy mavjudlik emas.
Dostları ilə paylaş: