Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Prezident  imzolagan hujjatda 1991-yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149
1.14-

Prezident 
imzolagan hujjatda 1991-yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda 
tutib, tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar yer ajratish ko‘rsatilgan. 
1991-yil 14-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi 
sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada mamlakat O‘zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. Mazkur nutq matbuotda «Murakkab vaziyatda 
oqilona siyosat yuritaylik» degan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida 
O‘zbekiston rahbari Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirib
O‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etib o‘tdi. 
1991-yil Navro‘z 
bayrami 
arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu 
Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, 
amnistiyani o‘sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi. 
1991-yil 18-20 avgust voqealari, «Favqulodda holat davlat komiteti - 
GKCHP», 
markaziy hokimiyat tangligi, KPSS faoliyatining to‘xtatilishi, 
SSSRning tanazzulga yuz tutishi, Unda bir guruh avantyuristlar tomonidan 
mustaqillik 
sari 
intilayotgan 
milliy 
respublikalarga 
nisbatan 
tazyiq 
va 
ta’qiblarni kuchaytirish, tobora zaiflashib 
borayotgan sovet imperiyasini saqlab 
qolish maqsadida amaldagi prezident M.S. 
Gorbachyevni rahbarlikdan chetlashtirib, 
1991-
yil 18-avgust kuni Moskva shahrida 
tuzilgan Favqulodda holat davlat komiteti 
– GKCHP va bu noqonuniy tuzilmaga 
O‘zbekiston rahbariyatining munosabati
hech bir insonni befarq qoldirmaydi. 
O‘zbekiston 
SSR 
Prezidentining 
respublika aholisiga murojaatida, jumladan, shunday so‘zlar alohida ta’kidlanadi: 


28 
«…har birimiz og‘ir va vazmin bo‘lishimiz kerak. Boshimizga tushgan bu sinovlar, 
noaniq davr va sharoitdan avvalambor aql va idrokimizni bir joyga yig‘ib, insof va 
vijdonni yo‘qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishimiz kerak... O‘zbekiston 
jumhuriyati, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning 
gapiga kirib ish tutgan emas. GKCHP masalasida Islom Karimov rahbarligidagi 
O‘zbekistonning o‘z qat’iy fikrida turgani mamlakat va o‘zbek xalqining 
mustaqillikka erishishida hal qiluvchi o‘rin tutdi. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin