32
rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu nomutanosibliklarni yanada
kuchaytirdi.
Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil sanoatning
ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30
foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o‘sib, 16
foizni tashkil etgan.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator
nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Jumladan:
- respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun
mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-ro‘zg‘or texnikasi, yo‘l
qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq
va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab
chiqarilmadi;
- kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga
afzallik berilishi
respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;
- yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta
ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham
asosan respublikadan tashqariga chiqarishga mo‘ljallandi.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bu boradagi
strategiyaga quyidagi
yondashuvlar asos qilib olinishini belgilab berdi:
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e’tiborga
olinmay, ma’muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning
hammasiga barham berilishi kerak;
- mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika aholisining
manfaati nuqtayi nazaridan qaramoq kerak.
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo‘liga olib chiqish, uni inqiroz girdobidan
chiqarish vazifalarini hal etishda O‘zbekiston resurslari va imkoniyatlariga baho
berishga mutlaqo yangicha yondashish zarur edi.
Bunday og‘ir ahvolning vujudga kelish sabablari
sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
- 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-
buyruqbozlik usullariga zo‘r berilib, O‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi
kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlarning tobora kuchayib borishi;
- respublikaga asosan xomashyo bazasi, sobiq Markazdagi sanoat vazirliklari
va idoralarining mo‘may xomashyo manbai sifatida qarab kelinishi;
- o‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha,
ba’zan mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu
xususiyatlarning pisand ham
qilinmagani;
- iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq
mehnat taqsimotida O‘zbekistonning mavqei va o‘rnini o‘zgartirishning muqobil
yo‘llari e’tiborga olinmagani.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish
imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish
layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
33
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1)
uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda
sekinlik bilan moslashib borishi;
2) xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» oqibatida
samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish,
chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z
ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-
tadbirlarining amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining
o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini
anglatar ekan, bunday turdagi o‘zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: