38
Ikkinchidan
, respublikadagi o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy vaziyatdan kelib
chiqib ish tutildi. Chunki O‘zbekiston aholisi va mehnat
resurslari yildan yilga
o‘sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga e’tibor berar
ekan, Prezident shunday dedi: «Xalqimizning 60 va hatto, undan ko‘proq
foizi
qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida
ishlaydi. O‘zbek zoti borki, o‘tirgan joyini sovitgisi kelmaydi. Bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chib yurishga xushi yo‘q. Mehnat resurslari va ishlab chiqarish
korxonalarini joylashtirishda xuddi shu vaziyatni ham e’tiborda tutish kerak.
Xulosa shuki, qishloq joyda va tuman markazlarida mavjud bo‘lgan
ortiqcha
ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, ixcham,
zamonaviy
korxonalarni qishloq joylariga, tuman markazlariga olib borib qurishimiz zarur.
Sodda qilib aytganda,
odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga
yaqinlashtirish lozim».
Uchinchidan,
O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda respublikaning
qulay jug‘rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi.
Darhaqiqat, tarixan O‘zbekistonning hozirgi hududi juda ko‘hna savdo yo‘li -
Buyuk ipak yo‘li
tutashgan, mag‘rib-u mashriqni bir- biriga bog‘lab turgan, turli
qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirgan, jo‘shqin
tashqi aloqalar va turli
madaniyatlarning bir-birini o‘zaro boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana shu
boy, tarix sinovlaridan o‘tgan tajribalarni davom ettirish,
undan samarali
foydalanish yo‘li tutildi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani
yo‘lga qo‘yishga kirishildi.
Dostları ilə paylaş: