Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149
1.14-


partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 
saylovchi 4,17 foiz saylovchi ovoz berdi. 
«
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida
»gi Qonunning 
35-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 
Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Amaldagi Konstitutsiyada Prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyatning 
boshlig‘i qilib belgilanishi ijro etuvchi hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 
tadbir deb aytish mumkin. Mamlakatimizning ijro etuvchi hokimiyatining tarkibi 
Prezident tomonidan tayinlanib, Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. 
O‘zbekistonda prezidentlik instituti o‘rnatilgan dastlabki davrda Vazirlar 
kengashi hukumat sifatidagi huquqiy maqomini va vakolatlarini saqlab qolgan edi. 
Uning 1990-yil 30-martida Oliy Kengash tasdiqlagan yangi tarkibi 41 kishi, ya’ni 
Rais, Bosh Vazir, uning ikki birinchi o‘rinbosari, to‘rt o‘rinbosar, 19 vazir, 14 


54 
davlat qo‘mitasi raisidan iborat edi. Respublikada demokratik jamiyat qurish 
borasida boshqaruv idoralari faoliyati takomillashtirilib borildi. 1995 yil 5 mayda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II sessiyasi bo‘lib, unda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi to‘g‘risidagi Prezidentning Farmonini 
tasdiqlash masalasi ko‘rildi va sessiyada Vazirlar Mahkamasining 35 kishidan 
iborat yangi tarkibi tasdiqlandi. 
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasi 
ikkinchi yig‘ilishida (2000-y. 11-fevral) mamlakatimiz Birinchi Prezidenti 
tomonidan Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi. 
Boshqaruv 
tizimining 
boshqa 
bo‘g‘inlari ham bozor iqtisodining 
O‘zbekistonga xos yo‘liga moslashtirildi. 
2007-yil 23-dekabrda muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, 
I.A.Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2015-yil 29- 
mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi Prezident saylovida ham I.A.Karimov 5 yil 
muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1991-yil dekabrdan to 
2016-yilning sentyabrga qadar respublikamizda prezidentlik vazifasi va 
vakolatlarini sidqidildan, o‘z kuchi va g‘ayratini ayamasdan bajarib keldi. 2016- 
yil 8 - sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
va Senatining qo‘shma majlisi parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin