Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Jahon  moliyaviy iqtisodiy inqirozi O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149
1.14-

Jahon 
moliyaviy iqtisodiy inqirozi O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari 
va choralari
» deb nomlangan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan kitobi ayni ana 
shu masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy nazariy hamda amaliy tahlili 
natijasida O‘zbekistonda 2009-2012-yillarda Jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini 
bartaraf etish mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta’minlash va ijtimoiy iqtisodiy 
taraqqiyotida aniq maqsadlarni ko‘zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur 
ishlab chiqildi.
Inqirozga qarshi dastur quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi. 
Birinchidan-zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish 
orqali korxonalarni modernizatsiya qilishm, texnik va texnolgik qayta jihozlashni 
yanada jadallashtirish. 
Ikkinchidan-joriy konyuktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi 
sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda 
raqobat bo‘lishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlarni amalga 
oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimchalar omillar yaratildi. 
Uchinchidan-qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish ishlab chiqarish 
xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan 
korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga keng e’tibor qaratildi. 
To‘rtinchidan-elektorenergetika tizimini modernizatsiya qilish energiya 
iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini mamlakatda keng 
joriy etildi.
Beshinchidan-jahon bozorida talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab 
chiqaruuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli mahalliylashtirish 
Dasturi qabul qilindi. 
Mazkur dasturda iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari 
korxonalarini qo‘llab–quvvatlash ularning barqaror ishlashni ta’minlash va eksport 
salohiyatini yanada oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini soliqlar 
vositasida rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan oziq-ovqat va 
boshqa istemol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha 
qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng 
ko‘lamli rag‘batlantirish tizimi nazarda tutilib, ular uchun 2012- yilining 1 
yanvarigacha qator soliq va bojxona imtiyozlari berildi. 
Jahon bozorida mamlakatimiz eksport qiladigan ayrim mahsulotlarga talab 
pasaygan sharoitda ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab 
qolishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu nuqtayi nazardan ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko‘paytirish 
belgilab olindi. 
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edilar: 
«Bugungi kunda o‘tgan yillarda to‘plangan tajribalarga tayanib shuni aytish 
mumkinki, bozor iqtisodiyotining samarali faoliyatini zamonaviy keng tarmoqli 


91 
texnik jihatdan mukammal bank-moliya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. 
Men bu tizimni bozor infratuzilmasining asosi bosh tayanchi degan bo‘lur edim. 
Bugungi kunda bank tizimini isloh qilish, ularga yanada ko‘proq mustaqillik 
berish, banklarning o‘z aktivlarini va ustav fondini ko‘paytirish, sarmoyalash 
imkoniyatlarini oshirish muammolariga katta e’tibor berayotganimiz bejiz emas 
albatta. 
Nega deganda bank kapitali orqasida o‘z aktivlarining ko‘payishidan 
banklarning samarali ishlashidan, foyda ko‘rishidan manfaatdor bo‘lgan haqiqiy 
mulkdorlar turishi ayniqsa ulkan ahamiyatga ega». 
O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha eng asosiy tadbir – 
1991-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonuni qabul qilinishi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida respublikada ikki 
pog‘onali bank tizimining yaxlit qoidalarini shakllantirish, shuningdek bank 
tizimida sog‘lom raqobat munosabatlarini faollashtirishning qonunchilik 
poydevorini yaratishga asos bo‘ldi. SSSR Davlat bankining tarkibiy bo‘linmasi 
hisoblangan, ayni vaqtda kredit va hisob-kitob operatsiya muassasasi vazifasini 
bajarib kelgan sobiq respublika Davlat banki tugatildi. Markaziy bank zimmasiga 
federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Davlat shu bilan bir 
qatorda tijorat banklarining rivojlanishiga ham yordam berdi. Sobiq tarmoq 
doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatildi. Agrosanoat banki va Sanoat-
qurilish banki ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Tashqi 
iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi. 
O‘zjamg‘armabankka (hozir – Xalq banki) kredit-moliya muassasasi maqomi 
hamda kredit resurslaridan jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish uchun 
foydalanish, shuningdek, kredit resurslarini banklararo pul bozorida kim oshdi 
savdosi orqali sotish huquqi berildi.
Ixtisoslashtirilgan 
aksiyadorlik-tijorat 
banklari-«G‘allabank», 
«Mevasabzavotbank», «Tadbirkorbank», «Savdogar» va boshqa banklar tuzildi. 
Bu banklar tadbirkorlik ishlariga xizmat qiladi, kichik va o‘rta biznesni 
rivojlantirish, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan boyitish manfaatlarini 
ko‘zlab investitsiyalar uchun mablag‘ beradi. 
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimini tashkil qilishga 1988-yildan 
boshlab kirishilgan bo‘lsada, bu maqsadning to‘liq amalga oshirilishiga 1994- 
yildan boshlab sharoit yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy 
tarkibiy asosi, faoliyat olib borish uslubi o‘zgardi, tijorat banklarning soni va ular 
bajaradigan operatsiyalar salmog‘i oshib bordi. Bu bosqichda kreditdan 
foydalanish masalasida keskin o‘zgarishlar yasaldi, tarmoqlar, birlashmalar, 
korxonalar, avvalo o‘z kuchiga ishonishlari iqtisodiy barqarorlik omillaridan biri 
etib belgilandi. 
Mazkur Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilib, 
uning zimmasiga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari 
tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Bu 
vazifalarni bajarish uchun Markaziy bankda pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirishga, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat 


92 
qilishga, hisob-kitoblar va to‘lov tizimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi 
bo‘linmalar tuzildi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish esa yangidan tuzilgan 
ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga yuklatildi. Shunga muvofiq ravishda, tijorat 
banklari ham o‘zlarining ichki tarkibiy bo‘linmalarini qayta tuzish va rivojlanish 
strategiyalarini ishlab chiqishga kirishdilar. 
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar tajribalarini 
inobatga olib, hamda mustaqil mamlakat pul-kredit siyosatini butunlay yangitdan 
izga solish maqsadida Markaziy Bank to‘g‘risida banklar va banklar faoliyati 
to‘g‘risida alohida Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi. 
Mamlakatimizda 
keyingi 
yillarda 
iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga 
qaratilgan muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mustahkamlash, valyuta 
munosabatlarini tartibga solish bo‘ldi. Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy 
shartlaridan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1993-yil 7-mayda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan «

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin