93
4. Soliq tizimidagi islohotlar
Mamlakatimiz
iqtisodiyotini
barqarorlashtirishda
soliq
siyosatini
takomillashtirishga qaratilgan choralar ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki soliqlar
xazinani to‘ldiruvchi asosiy manbadir. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida
mamlakatda mavjud soliq tizimini takomillashtirishga katta e’tibor berildi.
Mustaqillik davrida soliq tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.Vazirlar
Mahkamasining 1991-yil 12-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida Soliq
organlari haqida»gi Qarori O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining 1994 yil 18
yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Soliq Bosh Boshqarmasini
O‘zbekiston Respublikasining Soliq Qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmoni
imzolanishi soliq tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda turtki bo‘ldi.
1997-yilga kelib faoliyati kengaygan O‘zbeksiton Respublikasi Soliq
Qo‘mitasi Davlat Soliq qo‘mitasi deb o‘zgartirildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida barcha sohalar qatori soliq tizimiga
bo‘lgan munosabatlar ham tubdan o‘zgardi. U ikkinchi darajali tizimdan bozor
iqtisodiyotini amalda tartibga soluvchi muhim vosita va davlat daromadlarini
vujudga keltiruvchi bosh manba darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasining hozirgi soliq siyosatining muhim xususiyati
shundaki, unda strategiyaning aniq belgilanishi, unga erishishning taktik
yo‘nalishlarining ifodasi sifatida ilmiy asoslangan konsepsiyaning ishlab chiqilib,
izchil amalga oshirilib borilayotganligidir. O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning soliq siyosatining
strategiyasi sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish
siyosatini
davom
ettirish?
soliq
ma’muriyatchiligini
takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim
masalalar belgilab olingan bo‘lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda
mamlakatning
investitsiyaviy
jozibadorligini yaxshilashning muhim
shartlari sifatida belgilab olindi.
Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlab
o‘tganidek, soliq siyosatining avvalgi
yillaridagi holatining tanqidiy tahlili
mazkur sohada bir maromda iqtisodiy
o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy
faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat
muhitini shakllantirishga, shuningdek,
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
yig‘iluvchanligi
zaruriy
darajasini
ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarning mavjudligini
ko‘rsatdi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017–2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish
tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini
amalga oshirish maqsadida keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda
94
Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalariga
asoslanib ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Ushbu
konsepsiyada belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy
byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi
byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash
bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so‘zsiz
ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib
borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida mahalliy byudjetlar darajasida soliq-
byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilandi.Ta’kidlash joizki, bu
jarayonda mustaqil byudjet tizimimizga ega bo‘lgan davrdan buyon eng yuqori
ko‘rsatkich 2018-yilga tegishli bo‘lmoqda, ya’ni davlat byudjetiga soliq
tushumlarini prognozi 2018 yilda 62229,5 mlrd so‘m qilib belgilangan bo‘lsa,
dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra davlat byudjetining ijrosi 74500 mlrd
so‘mdan ortiq bo‘lgan, bu esa qariyb 20 % ga ortig‘i bilan bajarildi. Oxirgi ikki
yildagi prognoz ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishining asosiy sabablari sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi «Mahalliy
byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlarini
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, 2017-yil 18-iyuldagi «Soliq
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, farmoni,
2018-yil
29-iyundagi
«O‘zbekiston
Respublikasining
soliq
siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Harakatlar strategiyasining soliq
tizimini isloh qilish borasidagi vazifalarning amalga oshirilishi natijalari va keng
qamrovli iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsadlarga erishish yo‘lidagi
farmoni, 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son «Davlat soliq xizmati organlari
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarida
belgilab berilgan vazifalarning izchillik bilan amalga oshirilishi bo‘yicha soliq
ma’murchiligining
yanada
takomillashtirilishi
va
soliqlarni
undirish
mexanizmlarining soddalashganligini keltirish mumkin.
Xususan, mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga
nisbatan 6 barobar ko‘p mablag‘ qoldi, holbuki, 2017-yilda 960,2 mlrd. so‘m,
2016-yilda esa,atigi 176,8 mlrd. so‘m hududlar ixtiyorida qolgan bo‘lsa, agar buni
viloyatlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Andijon viloyatida 2017-yilda 61,2 mlrd.
so‘m viloyat mahalliy byudjetida qoldirilgan bo‘lsa, 2018-yil yakunlariga binoan
bu ko‘rsatkich 2796 mlrd.so‘mga yetdi. Sirdaryo viloyatida 30,0 mlrd. so‘mdan
171,0 mlrd. so‘mgacha, Xorazm viloyatida 41,3 mlrd. so‘mdan 195,4 mlrd. so‘mga
oshdi, 2017-yilda tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq tushumlari
respublika bo‘yicha 1 042,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda soliq
stavkalari o‘rtacha 30 foizga kamayganligiga qaramasdan, 1 127,6 mlrd. so‘mga va
o‘sish 108,1 foizga teng bo‘ldi. Bu konsepsiya doirasida 2019-yil 1-yanvardan
boshlab soliq siyosatida mutlaqo yangi tizim joriy etildi.
– 2019-yil 1-yanvardan soliq tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida
to‘xtaladigan bo‘lsak, soliq islohotlari konsepsiyasiga muvofiq Jismoniy shaxslar
95
daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12 foiz
miqdorida joriy etildi.
Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir
tadbirlaridan biri, bu – yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining 25 foizdan 12
foizgacha kamaytirilishi bo‘ldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50
foizdan yuqori tashkilotlar uchun tatbiq qilinmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar
ixtiyorida qoladigan mablag‘lar 2,9 trillion so‘mni tashkil qiladi.
Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan fuqarolarning
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (stavkasi 8 foiz)
bekor qilindi.
Foyda solig‘i to‘lovchilarga soliq yukini kamaytirish, investitsiyalar
miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
– tijorat banklari uchun foyda solig‘i stavkasi 22 foizdan 20 foizgacha;
– korxona va tashkilotlar uchun 14 foizdan 12 foizgacha;
– dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar uchun 10 foizdan 5 foizgacha
kamaytirildi.
Yuridik shaxslarning aylanmasidan (tushumi) undiriladigan davlat maqsadli
jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bekor qilindi. Bu ajratma 15 foiz rentabellik
bilan ishlaydigan korxona uchun 21,3 foizlik foyda solig‘i bilan tengdir. Demak,
foyda solig‘i stavkasi bilan birga umumiy soliq yukining kamayishi qariyb 23,5
foizni tashkil qiladi. Buning hisobiga respublika bo‘yicha soliq to‘lovchilarning
ko‘radigan foydasi 5 trillion so‘mdan ortiqni tashkil qiladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq to‘lovchilarga soliq
siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 2 foizgacha
pasaytirildi. Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirildi.
Yillik aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari 13-40 foizga kamaytirildi.
Yillik aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori va 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan
yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan 4 foizlik stavkada soliq to‘lashga
o‘tkazish yo‘li bilan qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi.
2019-yil 1-yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi
(tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy
miqdorga etgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazildi.
Sirasini aytganda, soliq tizimidagi bu kabi o‘zgarishlar aholi daromadlarini
oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini
shakllantirishga xizmat qiladi. Soliq siyosatidagi bu o‘zgarishlar tadbirkorlarni
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 26- sentyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, soliq siyosatida ayrim o‘zgarishlar
amalga oshirildi.
96
– Prezidentimiz farmoniga binoan, 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i
stavkasi amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi.
– O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tushumning uchdan birini
qo‘shilgan qiymat solig‘i tashkil etadi. Bu mamlakat oldida turgan ko‘plab
xarajatlar uchun muhim manba hisoblanadi.
Bugun byudjet tashkilotlarida 1,7 million aholi doimiy ish bilan band, 3
milliondan ortiq pensiya yoshidagi fuqarolar bor. Davlat tomonidan ularga har oy
maosh va nafaqalar beriladi. Davlat o‘z oldida turgan ana shunday majburiyatlarni
to‘la bajarishi uchun o‘tgan vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘ini 20 foizda
ushlab turishga to‘g‘ri keldi.
O‘tgan yilgi soliq konsepsiyasida 2019-yil 1-yanvardan ish haqi fondiga
bo‘lgan soliq yukini kamaytirish ko‘zda tutilgandi. Natijada ushbu sanadan
boshlab jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 22 foizdan yagona 12 foizga
tushirildi. Sakkiz foizlik ish haqidan sug‘urta badali olish umuman bekor qilindi.
Ammo Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlab ish tutishi
natijasida tadbirkorlar yaratilgan soliq imtiyozlaridan oqilona foydalanib, o‘z
faoliyatini yanada jonlantirdi. Buning natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘ining davlat byudjetiga tushumi ikki baravarga ortishi kuzatildi.
Yilning birinchi yarmida qo‘shimcha 571 ming soliq to‘lovchi aniqlandi. Daromad
solig‘i davlat byudjetini shakllantiruvchi uchinchi soliq turi ekani qayd etildi.
Ayni shu natijalar qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini pasaytirish qarorini
qabul qilishga turtki bo‘ldi. 15 foizlik stavkani 2020 yil 1 yanvardan joriy etish
taklifi ilgari surilgan edi. Ammo davlatimiz rahbari bu amaliyotni 1 oktyabrdan
joriy qilish va iqtisodiyotda biznes uchun engilliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar
berdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining tushirilishi natijasida respublika
miqyosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida 10 trillion so‘mdan ortiq
aylanma mablag‘ tejab qolinadi.
– 2020-yildan boshlab yagona ijtimoiy to‘lov O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadini
shakllantiruvchi asosiy to‘lov manbai hisoblanadi. Shu bois yil boshidan mehnat
haqiga soliq yukini kamaytirish jarayonida yagona ijtimoiy to‘lovni saqlab qolish
va ulardan tushadigan tushumlarni keskin xavf ostiga qoldirmaslik maqsadida
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun avvalgi 25 foizlik stavka
saqlab qolingan edi. Qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun ushbu raqamlar
12 foizgacha kamaytirildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat ulushi bo‘lgan 4
ming 609 korxona mavjud. Ularda qariyb 665 mingga yaqin kishi ish bilan band.
Yangi amaliyot sabab ular hisobida 2,7 trillion so‘m mablag‘ jamg‘arib qolinadi.
Shu tariqa korxona o‘z faoliyatini rivojlantirish, xodimlarga qo‘shimcha maosh
to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.
– Ushbu farmon bilan tadbirkorlar hisob raqamlarini to‘xtatib qo‘yishning
amaldagi tartibi bekor qilindi.
– Shu kunga qadar, tadbirkor topgan daromadi haqidagi ma’lumotlarni soliq
idoralariga taqdim etmagan taqdirda, soliq kodeksiga ko‘ra, ular mablag‘larining
97
bankda aylanishiga chek qo‘yilardi. Bunday vaziyatda tadbirkor soliq idoralariga
murojaat qilmasa, taqiq belgilanmagan muddatgacha davom etardi.
Hozirgi kunda 18 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning bankdagi
amaliyotlari to‘xtatilgan. Bu iqtisodiyotda pul mablag‘larining harakatlanishiga
chek qo‘yish demakdir.
Prezidentimiz farmoni bilan endilikda soliq idoralari va tadbirkor o‘zaro
hamkorlikda ishlashi belgilandi. Shunda ham tadbirkor daromadlarini yashirishda
davom etsa, oxirgi chora sifatida cheklov belgilanadi va bu muddat 30 kundan
ortiqni tashkil qilmaydi.
– Axborot texnologiyalari davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida
keng qo‘llanilmoqda, jumladan, soliq siyosati va uning tuShumini nazorat qilish
sohasida ham. Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan soliq nazorati
mexanizmlari joriy qilinmas ekan, bu islohotlarning to‘la samara bermasligi, davlat
byudjeti daromadlarini shakllantirishda kamchiliklarning yuzaga kelishiga olib
kelishi mumkin.
Shu bois soliq organlari faoliyati bugun tubdan o‘zgartirilmoqda. Yetti xil
yangi turdagi soliq nazorati mexanizmlari joriy qilinmoqda. Bu qo‘shilgan qiymat
solig‘i guvohnomasini olish, bojxona deklaratsiyasi asosida kirib kelgan
yuklarning elektron hisob-fakturasini joriy qilish, butun mamlakat tadbirkorlik
faoliyati hisobini elektron ko‘rinishga o‘tkazish, elektron transport yuk xati joriy
qilib, yo‘ldagi yuklar harakatini nazorat qilish va mahsulot tayyor bo‘lganidan
so‘ng ular savdosida onlayn nazorat-kassa apparatlarini joriy qilishda namoyon.
Soliq tizimiga bu kabi amaliyotlarni joriy etishda Xitoy, Rossiya, Birlashgan
Arab Amirliklari kabi davlatlar tajribalari o‘rganildi. Bu, o‘z navbatida, soliq
to‘lovida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda soliq siyosati, u bilan bog‘liq
o‘zgarishlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir13.
Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan qonunlarga
o‘zgartirishlar kiritildi.
2020-yil 7-yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi» qabul
qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z
kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi (
O‘RQ-601
-son
Qonun).
Yangi tahrirdagi
Soliq kodeksi
quyidagilarni nazarda tutadi:
-kodeksdan muayyan to‘lovlar va yig‘imlarni chiqarib tashlash va ularni
alohida qonunlarga o‘tkazish (davlat boji, bonuslar, yig‘imlar);
-ayrim soliqlarning (ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq) nomi va
tuzilmasini o‘zgartirish;
-ayrim soliq to‘lovchilar (qishloq xo‘jaligi korxonalari, oilaviy korxonalar)
uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish.
Shundan kelib chiqib qator qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi:
13
2019 йилда Ўзбекистон солиқ сиёсатида тарихий ўзгаришлар даври бўлади.Mening fikrim. uz./ news/ view /
225.6.11.2018.
98
1) yangi tahrirdagi Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun
bonuslar kabi to‘lovlar mavjud emas. Bonuslar «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi
Qonunga o‘tkazildi (2018–XII-son Qonun). Bonuslarga soliq solish tartibi saqlab
qolingan holda (ham imzoli bonus, ham tijoratbop topilma bonusi) imzoli
bonusning eng kam miqdorining miqdorlari o‘zgardi. Endi foydali qazilmalarni
qidirish va razvedka qilish huquqi uchun ular: -uglevodorodlar – 5 000 BHM; -
oltin – 1 000 BHM; -qimmatbaho (oltindan tashqari), noyob va asl metallar – 500
BHM; -rudali foydali qazilmalar (bundan oltin, qimmatbaho, noyob va asl metallar
konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi mustasno) – 250 BHM; -noruda
foydali qazilmalar – 50 BHMni tashkil etadi;
2) yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ekinzorlarning maydoniga bog‘liq holda
aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘lashi
kerakligi nazarda tutilgan. Shu bilan birga umumbelgilangan tartibda soliqlar
(QQS va boshqalar) to‘lovchi korxonalar uchun foyda solig‘i bo‘yicha nol darajali
stavka belgilanadi. Shu munosabat bilan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga
(602–I-son Qonun) o‘zgartirishlar kiritildi;
3) amaldagi «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq (O‘RQ–
327-son Qonun) oilaviy korxonalar YAST to‘laydi. Bunda uy sharoitida ishlab
chiqarilgan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini
realizatsiya qilishdan olingan tushum bo‘yicha ham ular YAST to‘lashdan ozod
qilingan. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq «Oilaviy tadbirkorlik
to‘g‘risida»gi Qonunga oilaviy korxonalar barcha boshqa korxonalar kabi tushum
hajmiga bog‘liq holda: aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan
tartibda soliqlar to‘lashini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi;
4) «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga
(69–II-son Qonun) tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida mahalliy
davlat hokimiyati organlari vakolatlari qismida o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan,
kodeksning yangi tahririga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining
mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyoz belgilash huquqi bekor qilinadi;
5) yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan boshqa
qonunlarga
ham
(O‘RQ-313, O‘RQ-379, O‘RQ-417, O‘RQ-436, O‘RQ-
454, O‘RQ-456, O‘RQ-476, O‘RQ-497, O‘RQ-508-son) o‘zgartirishlar kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi
tubdan o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi
yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy
tanazzul davridan o’tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi,
iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy
mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish
natijasida ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning
tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Turmush darajasi,
oilasining farovonligi o‘ziga bog‘liq ekanligini tushunib yetayotgan odamlar
tobora ko‘payib bormoqda
Dostları ilə paylaş: |