Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanidagi



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
1.14-

Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanidagi
«
Manas»
qishlog‘idan boshlandi. Bu qishloqda olib borilgan keng ko‘lamli 
21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 27 июндаги
«
Обод маҳалла
»
дастури тўғрисида
»
ги 
ПФ- 5467-сонли Фармони. 
«
Халқ сўзи
»
г азетасидан 2018 йил 28 июн. 


110 
obodonlashtirish ishlari natijasida atigi 1,5 oyda qishloq qiyofasi
zamonaviy 
ko‘rinish kasb etib, aholining turmush darajasi, kayfiyati va dunyoqarashi 
o‘zgardi, odamlarda ertangi kunga mustahkam ishonch paydo bo‘ldi. «Obod 
qishloq dasturi» doirasida 2018-yilning 1-«aprelidan boshlab mamlakatimizning 
har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir 
hududlarda 2 tadan, jami 416 qishloqda aholining yashash va turmush 
sharoitlarini 
tubdan 
yaxshilash, 
mazkur 
qishloqlarning 
qiyofasini 
zamonaviylashtirish va ularda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini 
yaratishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi hamda bu maqsadlar uchun 3 
trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirildi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Obod qishloq dasturi» mamlakatimizning 174 tumanida 
amalga oshirilgan bo‘lib, unga 368 ta qishloq va ovul fuqarolar yig‘iniga qarashli 
333 740 ta xonadon va 1 719 978 aholi qamrab olindi
Respublika hayotida aholining ijtimoiy himoyasi, bozor munosabatiga o‘tish 
davrida ijtimoiy soha, ilm-fan, madaniyat va san’at va boshqa masalalarni hal 
qilishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar tashkil etildi. Bulardan Ulug‘bek 
nomidagi respublika iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi, «Navro‘z» 
hayriya jamg‘armasi, Respublika «Mahalla» hayriya jamg‘armasi, «Mehr-shafqat 
va salomatlik», «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro
hayriya jamg‘armasi, «Umid», «Ustoz», «Oltin meros», O‘zbekiston faxriylarini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyat ko‘rsata boshladi.
Bozor iqtisodiyotining o‘tish davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar tufayli og‘ir 
sharoitda bo‘lgan aholi qatlamlarini vaqtincha bo‘lsa-da ijtimoiy himoyalash 
maqsadida «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasi tashkil etilgan edi. 
Jamg‘arma 1996 - yili ijtimoiy yordam sifatida aholiga 332.501 so‘m yordam 
puli, 1472 kishiga 108460 so‘mlik oziq-ovqat yordami, 86200 moddiy yordam, 
865 nafar fuqaroga 110.776 so‘mlik kiyim – kechak yordami berilgan. 
Shuningdek, «Mahalla» jamg‘armasi tomonidan ham aholini ijtimoiy 
himoyalash masalasiga e’tibor qaratilgan. Birgina 2014-yilgacha jamg‘arma 
tomonidan aholining ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-siyosiy faollligini oshirish, 
yoshlarni milliy qadriyatlar ruxida tarbiyalash bo‘yicha 280 mingdan ortiq 
tadbirlar o‘tkazilgan. Kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, boquvchisini 
yo‘qotgan hamda yakka-yolg‘iz keksalarni qo‘llab-quvvatlash uchun jamg‘arma 
hisobidan 2014-yilda 7 millard so‘m mablag‘ sarflangan. 
Hozirda respublika aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, ya’ni 30 gacha 
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu asnoda mustaqillik yillarida yoshlarning ta’lim 
olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi va sog‘lig‘ini 
muhofaza qilishi, oila qurish, yashash joylariga ega bo‘lish kabi o‘nlab hayotiy 
talablarni davlat tomonidan kafolatlash va qondirishga qaratilgan keng qamrovli 
tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. 
Adliya tomonidan ro‘yxatga olingan yoshlar nodavlat notijorat tashkilotlari 
bilan bir qatorda 71 ta elektron, 133 ta bosma yoshlar ommaviy axborot vositalari 
hamda 495 ta nodavlat ta’lim muassasalari kabi fuqarolik jamiyati institutlari 
faoliyat yuritib kelmoqda. 


111 
Respublikada nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tarixiy madaniy 
qadriyatlarni tiklash va saqlash borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. 
Hozirga kelib 4 ming 308 arxeologik, 2 ming 79 me’morchilik obidalari, 694 
san’at asari, 395 diqqatga sazovor joylar, jami 7 ming 476 moddiy-madaniy meros 
obyektlari davlat himoyasiga olingan. 
«Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi sa’yi-harakatlari tufayli amalga 
oshirilgan ishlar natijasida boy va ko‘hna tarix, nodir va betakror hunarmandchilik, 
gullab yashnagan shaharlar, noyob qo‘lyozma asarlar haqida ko‘plab ma’lumotlar 
qo‘lga kiritildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda 
jamg‘armaning bo‘limlari tashkil etildi. O‘tgan yillar mobaynida jamg‘arma 
muzeyi 400 ga yaqin qadimiy qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar, 40 dan ortiq
kartinalar, arxeologik va hunarmandchilik ashyolari bilan boyidi. 100 dan ziyod 
qadamjo, ziyoratgoh va obidalar obodonlashtirildi va qayta tiklandi. 
Mustaqillik yillarida xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasi va ularni 
qo‘llab–quvvatlashga ham alohida e’tibor berilgan. 1991-yil 25-fevral Respublika
Xotin-qizlar kengashining ikkinchi plenumida ayollarning ijtimoiy, fuqarolik, 
madaniy va iqtisodiy huquqlarini himoya qiluvchi ilk jamoat tashkiloti 
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etildi. 1991-yil 21-iyunda O‘zbekiston 
ishbilarmon ayollari «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi ro‘yxatga olindi. Shundan 
so‘ng uchinchi yirik nodavlat notijorat tashkilotlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston 
olima ayollari «“Olima » uyushmasi davlat ro‘yxatidan o‘tdi. 
O‘zbekistonda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor tufayli ayollar nodavlat 
notijorat tashkilotlari faoliyatining kuchayishi va ularning sonini ko‘payishiga 
sabab bo‘ldi. 1998-yilda 9 ta xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari tuzilib, 7 
tasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, 1999- yilga kelib 25 ta shunday tashkilot 
tuzilib, ulardan 19 tasi adliya idoralarida ro‘yxatga olingan. 
2000-yilga kelib respublikada, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 
ro‘yxatga olingan 91 ayollar nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatlarini olib 
bordilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach 
nogdavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratildi. Davlat 
tomonidan bunday tashkilotlar faoliyatining ham huquqiy, ham iqtisodiy asoslari 
kafolatlab berildi. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlar sonining ortishi va jamiyat 
hayotidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga o‘z hissasini qo‘shishga 
imkoniyat yaratdi. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin