141
tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini
oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat
boshqaruvi organi hisoblanadi
38
.
2017-2019- yillar davomida innovatsion rivojlanish va novatorlik
g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan hozirgi kunga qadar 21
nafar yosh olimlarning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari
tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va
mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming AQSH dollari
hamda 70 mln. so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi. Fanlar akademiyasining
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga 117 turdagi
jami 158,1 mln. so‘mlik (20,1 ming AQSH dollari) noyob qo‘lyozma va tarixiy
manbalar mazkur qo‘lyozma egalari – jismoniy shaxslardan xarid qilindi.
2018- yil 20-avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga
yuborish maqsadida tanlov e’lon qilindi, 8 nafar yosh olim tanlovdan
muvafaqqiyatli o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 19- apreldagi PQ-
3674-son qaroriga muvofiq «Yuqori texnologiyalar o‘quv-eksperimental
markazi» davlat korxonasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi davlat
ilmiy muassasasi shaklidagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga aylantirildi. Ilmiy
va innovatsion loyihalarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Ilg‘or texnologiyalar markazi bazasida innovatsion start-ap akseleratori va
inkubator tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda 25 startap
jamoalar o‘z faoliyatini boshlash uchun uchun maxsus o‘quv treninglaridan
o‘tmoqdalar. Hozirgi vaqtda markazda jami 2,7 mlrd. so‘mlik 18 ta loyiha
(fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlar) amalga oshirilmoqda
39
.
Mamlakat uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab
olish, har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirishdir. Ayniqsa,
joriy yilda
Dostları ilə paylaş: