mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga mo‘ljaldagidan 4,3 foiz yoki 850,4 million so‘m kam milliy daromad olindi.1989 yilda
O‘zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi .
Shu davrga kelib respublika qishloq xo‘jaligida ko‘plab muammolar to‘planib
qoldi. Sovet tuzumining navbatdagi islohoti ham yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli
barbod bo‘ldi.
Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim
respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989 yilda
Toshkent, Farg‘ona, Andijonda ro‘y bergan millatlararo mojarolar,
Kavkazdagi qurolli
to‘qnashuvlar, quvg‘in qilingan xalqlarning noroziliklaridan razilona manfaat
yo‘lida, respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda paydo bo‘layotgan hurlik
ovozini bo‘g‘ish uchun foydalandilar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan
deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida
mesxeti turklari ham bo‘lib, ular asosan aholi
zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent
viloyatlariga joylashtirilgan bo‘lib, buning oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va
millatlararo munosabatlarda qo‘shimcha muammolarni yuzaga keltirgan edi. Bu
muammoga sovet davlati o‘z vaqtida e’tibor bermadi. 1989- yil 24-mayda Quvasoy
shahrida yoshlar o‘rtasida (R. Nishonov ta’rificha, «bir banka qulupnoy uchun»)
bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida)
to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi.
Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri
baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo
to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.
Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi
borishlariga «ko‘nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga
qarshi harbiy qism tashladi. 1989-yil