Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149
1.14-

Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 
ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etadi
. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni 
yanada mustahkamalash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari ni saqlab qolish, 
qtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish
mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo‘yilgan. 
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar 
hosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali jahon 
bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutilgan. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokni kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya 
qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka 
erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni 
rag‘batlantirish mo‘ljallangan. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-
geografik imkoniyatlari, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan 


209 
holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtayi nazaridan iqtisodiy rivojlantirish 
choralarini ko‘rish belgilangan. 
To‘rtinchi yo‘nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan
. Bunda aholi bandligi va uning real 
daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun
yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish 
nazarda tutilgan edi. Aholining ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali 
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida 
ahamiyat berilgan. Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot 
sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va 
munosib turmush darajasini ta’minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga 
erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muhim vazifa qilib belgilanganligi e’tiborga 
sazovordir. 
Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, 
yetuk inson – yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. 
Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun chorlar bilan takomillashtirishni 
taqozo etadi. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin